So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  52 01:41Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:35Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  6 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  4 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  16 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  3 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  5 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  3 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  39 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida

2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublarga to'xtalib o'tishni boshlaymiz.

Dastlab 11-bor O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan "Paxtakor" haqida so'z yuritamiz.

Mavsum
"Paxtakor" klubi 2015 yilgi mavsumni bir tekisda o'tkaza oldi. To'g'ri ilk turda "Olmaliq" bilan o'yinda ochko yo'qotildi, keyinroq "Lokomotiv"ga imkoniyat boy berildi. Lekin 10-turda peshqadamga aylanib olgan "sherlar" mavsum oxiriga qadar bu o'rindan pastga tushishmadi. "Paxtakor" mavsum davomida faqat uch bor yutqazdi. Dastlabki davrada "Lokomotiv"ga, ikkinchi davrada "Neftchi" va "Bunyodkor"ga imkoniyat boy berildi.


Murabbiylar
Jamoani bu yil ikkita murabbiy boshqardi. Birinchi davrada Samvel Babayan jamoa menejeri sifatida faoliyat olib bordi. Yozda O'zbekiston milliy terma jamoasini qabul qilib olgach "Paxtakor"ga No'mon Hasanov bosh murabbiy etib tayinlandi. CHempionlik aynan Hasanov qo'l ostida qo'lga kiritildi.



Etakchi
Kaxi Maxaradze. Gruziyalik yarim himoyachi bejizga jamoa sardori emas. Kaxi maydon markazida "Paxtakor"ning hujumlarini tashkil qilishda haqiqiy etakchi hisoblanadi. Futbolchi jarohatlar tufayli mavsumda bir nechta o'yinlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Lekin u o'ynaganida "sherlar" boshqacha, maydonga tushmaganida butunlay boshqacha o'ynashdi.



Kashfiyot
Javohir Sohibov. 1995 yilda tug'ilgan yarim himoyachi o'tgan mavsum umuman maydonga tushmagandi. Bu yil Sohibov "sherlar"ning asosiy futbolchisiga aylanib oldi. 23ta o'yinda ishtirok etib 2ta gol urgan Javohir O'zbekiston milliy terma jamoasiga ham chaqiruv oldi va bir nechta o'yin o'tkazdi.



Eng yaxshi o'yin
"Paxtakor" - "Lokomotiv" 2:1.
Oliy liganing 21-turida "sherlar" "Lokomotiv"ni qabul qilishdi. Ko'pchilik aynan shu bahsni chempionlik o'yini deb atadi. Uchrashuvning birinchi bo'limida Mamur Ikromovning xatosidan so'ng SHerzod Karimov deyarli maydon markazida gol urib hisobni ochdi. Bahs tugashiga 8 daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushgan Jaloliddin masharipov ikkinchi bor "temiryo'lchilar" darvozasini ishg'ol qildi. 90-daqiqada Lutfulla To'raev tomonidan urilgan gol hisobni qisqartirdi xolos - 2:1.  



Eng yaxshi futbolchi
Igor Sergeev. 22 yoshli hujumchi uchun 2015 yil juda ham omadli keldi. Oliy ligada barcha 30ta uchrashuvda ishtirok etib raqiblar darvozasiga 23ta gol urdi va chempionat to'purariga aylandi. 


Kim qancha o'ynadi?

Futbolchi Amp       
Tug'.sana O'yin    
Daqiqa   
Gol    
SK    
QK   
Aleksandr Lobanov Dar 04.01.1986    
30 2653 0 0 0
Igor Sergeev Huj 30.04.1993 30 2598 23 3 0
Vladimir Kozak Yahm 06.06.1993 30 2200 3 1 0
Stanislav Andreev Yahm 06.05.1988 29 2155 8 1 0
Davron Hoshimov Him 24.11.1992 28 2506 0 6 1
Egor Krimec Him 27.01.1992 28 2497 3 8 0
SHerzod Karimov Yahm 26.01.1989 28 1902 4 4 0
Adnan Oraxovac Him 05.02.1991 27 2304 3 6 0
Aleksandr Merzlyakov Him 30.10.1986 26 2062 1 1 0
Akbar Ismatullaev Him 10.01.1991 24 1648 0 2 0
Javoxir Sohibov Him 01.03.1995 23 1849 2 8 0
Kaxi Maxaradze Yahm 20.10.1987 23 1819 6 2 1
Bahodir Pardaev Huj 26.04.1987 23 887 4 0 0
Jaloliddin Masharipov      Yahm 01.09.1993 22 1184 4 2 0
Anvar Soliev Huj 05.02.1978 14 175 2 1 0
Jamshid Iskandarov Yahm 16.10.1993 11 571 0 1 0
Kamoliddin Tojiev Him 03.05.1983 9 548 2 0 0
Murod Xolmuhammedov Him 23.12.1990 5 39 0 0 0
Navro'z Alimov Huj 21.03.1992 2 15 0 1 1
Nikita Ribkin Dar 20.01.1992 1 47 0 0 0


"Paxtakor-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar 30
Gollar 66
Uydagi gollar 43 (65,15%)
Mehmondagi gollar 23 (34,85%)
O'tkazilgan gollar 23
Uyda o'tkazilgan gollar 10 (43,48%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar 13 (56,52%)
O'rtacha gol 2,2
O'rtacha o'tkazilgan gol 0,77
Uydagi ochkolar 43/45 (95,56 %)
Mehmondagi ochkolar 32/45 (71,11 %)
Eng yirik g'alaba 6:0 - "Dinamo", "Andijon"
Eng yirik mag'lubiyat 0:2 - "Bunyodkor"
"Quruq" o'yinlar 13 (43,33%)
Gol ura olmagan o'yinlar 1 (3,33%)
Irodagi g'alaba 2
Yirik g'alabalar 5
Yirik mag'lubiyatlar 0
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) 1/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha) 47 (1,57)
CHetlatishlar (o'rtacha) 3 (0,1)
Maydonga tushganlar (legioner)    
20 (2 - 10%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) 134928 / 4498


Narzulla Saydullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика