So’nggi yangiliklar

02:44Чемпионлар Лигаси финал. "Боруссия Д" - "Реал Мадрид" 0:2  1 02:23"Реал" қачон "Аталанта"га қарши Европа Суперкубоги учун курашади?  9 02:09"Реал Мадрид" 15-бор Чемпионлар Лигасида зафар қучди — бу мутлақ рекорд!  27 01:59"Реал Мадрид" — Чемпионлар Лигаси ғолиби!  180 00:54ПСЖ Хвича учун 120 млн евро таклиф қилишга тайёр  0 00:18Турсунов ва "Истиқлол" ўз мақсадига эришди  1 23:50Илёс Зейтуллаев: "Ҳозирги ҳолатимизни тўғри баҳолашимиз керак. "Бунёдкор"нинг жорий мавсумдаги асосий мақсади лигада жон сақлаб қолиш"  7 23:48Перес "Барса" билан 2010 йилда бўлгани каби "Олтин тўп" учун овоз беришда "Реал"нинг уч ўйинчиси подиумга кўтарилишини хоҳлайди  6 23:14Виталий Левченко: "Ҳужумчиларимиз кўп гол уришни бошлаб юборишди. Кубокдаги рақибимиз анча жиддий"  14 23:13"Боруссия" — "Реал". Таркиблар маълум  9 22:45"Персеполис" — Эрон чемпиони! Жамоа сўнгги ўйиннинг 85-дақиқасида гол уриб мусобақа ғолибига айланди  5 22:24"Нефтчи" жорий мавсум бу кўрсаткични илк бор қайд этди  4 22:05Эшитдик-да! "Ланс"нинг янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  2 21:33Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Бунёдкор" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади  45 20:45Флик Феликснинг "Барселона"даги келажагини ҳал қилди  3

OKMK - Futbol maktabidan futbol akademiyasi sari Yangiliklar

OKMK - Futbol maktabidan futbol akademiyasi sari

Teglar :  AkademiyaOKMK
Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning futbolni rivojlantirishga oid imzolagan bir qancha qarorlariga muvofiq Respublikamiz hududlarida futbol akademiyalarni tashkil etish belgilab qo'yilgan.

SHu munosabat bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ham futbolga katta etibor qaratilmoqda. Ayni damda OKMK PFKda futbol maktabidan futbol akademiyasiga bosqichma-bosqich o'tish ishlari jadal olib borilmoqda. Buning yaqqol namunasi sifatida suniy qoplamali va tabiiy maydonchalarni yosh futbolchilarga foydalanish maqsadida tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda OKMK PFK prezidenti Abdullo Xursanov, OKMK PFK bosh direktori Bahodir Mirzaev, o'zbek futboli afsonasi va OKMK futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov hamda futbol akademiyasiga Ukrainadan olib kelingan mutaxassis, yani, bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish dasturi rahbari Denis Xomutov, nuroniy va futbol faxriylari ishtirok etib, boshlanayotgan xayrli ishga tamal toshini qo'yishdi.



Malumot uchun: Ushbu suniy maydon o'lchamlari 52x32 metrni tashkil etadi. Bu kichik arenada 6-10 yoshli bolalar mashg'ulotlar olib borishadi. OKMK PFK bolalar-o'smirlar futbol maktabida shu kungacha 500 nafardan ziyod yosh bolalar shug'ullanib kelishayotgandi. 2024 yilning sentyabr oyiga kelib bu ko'rsatgich 1000 nafarga etkazilishi rejalashtirilgan. Boisi shu kunlarda 105x68 o'lshamli bitta suniy va yana bitta tabiiy chimli maydon foydalanishga topshiriladi va qo'shimcha tarbiyalanuvchilar qabul qilish imkoniyati yuzaga keladi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyatining hayrixohligi natijasida, Olmaliqdagi “Bahor” mehmonxonasi akademiya tarbiyalanuvchilari uchun ajratildi. Yaqin ikki oy ichida “Bahor” mehmonxonasi qayta rekonstrukciya qilinib, qayta jihozlangan holda 120 nafar akademiya tarbiyalanuvchilari uchun sharoitlar yaratiladi. SHuningdek, 6-12 yoshli bolalar uchun kichik hajmdagi qo'shimcha yana ikkita mashg'ulot maydonini foydalanishga topshirishi rejalashtirilgan.



Qolaversa, mamlakatimizda har yili ananaviy tarzda may oyining uchinchi yakshanbasi “O'zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanadi. Quvonarlisi, aynan ushbu bayram arafasi oldidan nafaqat kombinat mehnatkashlari, balki, butun Olmaliq ahli uchun bu bolalar maydonchalari yosh sportchilarga ajoyib tuhfa bo'ldi.

SHuni alohida takidlash joizki, Olmaliq shahrining qo'shni hududlari bo'lmish Ohangaron shahri va tumani, Bo'ka, Piskent tumanlari va Angren va Nurafshon shaharlarida hamda Qiziltog'da ham akademiyaning filiallari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Bu borada Toshkent viloyati hokimligining Sport boshqarmasi bilan kelishuvga erishilgan.


1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan OKMK Professional futbol klubi akademiyasi o'zining birinchi musobaqasini o'tkazadi. Ushbu musobaqada Toshkent viloyatining barcha bolalar futbol jamoalari ishtirok etadi. Aynan ushbu turning akademiyaning dastlabki yangi tarbiyalanuvchilari uchun selekciya vazifasini bajaradi.

Akademiya maqomiga o'tgani munosabati bilan endilikda OKMK futbol klubi tarbiyalanuvchilari Xalqaro musobaqalarda, O'zbekistonning har bir hududida o'tkaziladigan turnirlarda muntazam ishtirok etishadi.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
19 may 00:10:06
Davronbek Abduvaliev
Хар бир вилоят ва туманларда қатор, қатор беш, олтиталаб футбол машғулот майдонлари кўпаяверсин.
+1   
19 may 00:09:35
Davronbek Abduvaliev
Хар бир вилоят ва туманларда қатор, қатор беш, олтиталаб футбол машғулот майдонлари кўпаяверсин.
+1   
18 may 15:19:31
Zohid Urayimovich
Омадларини берсин
   
18 may 18:40:02
Abdusalom Mirzayev
Нимагадир шу ака укаларга ишонмийман.
championat.asia
Яндекс.Метрика