So’nggi yangiliklar

17:27Сурия ва Россия терма жамоалари ўртоқлик ўйини ўтказиши мумкин  0 17:05Денис Глушаков ва Одил Аҳмедов иштирокидаги мастер-класс қандай ўтди?  0 16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  0 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  2 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  1 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  3 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   3 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  7 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5

Nodirbek Bobomurodov: "APL yoki CHempionship darajasiga eta olaman deb hisoblayman" Yangiliklar

Nodirbek Bobomurodov: "APL yoki CHempionship darajasiga eta olaman deb hisoblayman"

Bugungi kunda o'zbekistonlik futbolchilarga talab kuchayganidan xabaringiz bor.

Hozirgi paytda yurtdoshimiz Eldor SHomurodov Evropaning etakchi ligalardan birida faoliyat olib bormoqda. Ammo, Angliyada faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz haqida bilarmidingiz? Nodirbek Bobomurodov Angliyaning oltinchi ligasida ishtrok etuvchi "Uorsing FK" jamoasi azosi hisoblanadi. Bu futbolchi bilan yaqindan tanishish uchun saytimiz muxbiri Uchqun Azimov u bilan bog'landi.


- Avvaliga o'zingiz haqingizda qisqacha aytib bersangiz...

- Mening ismim Nodirbek Bobomurodov, yoshim 23da va Buxoro shahrida tug'ilganman. Buyuk Britaniyaga 8 yoshimda kelganman. Menga ko'proq chap vinger va hujumkor yarim himoyachi bo'lib o'ynash yoqadi. Hozirgi kunda men Angliya oltinchi ligasida ishtrok etuvchi "Uorsing FK" jamoasi futbolchisiman.

- Futbolchilik faoliyatingizni qanday boshlagansiz?

- Oldinlari men ko'chada do'stlarim bilan futbol o'ynar edim va keyinchalik 11 yoshimda mahalliy jamoaga qo'shildim. O'sha klubdan boshlab o'sishni boshladim. 2015/2016 yillari menga "Brentford" klubi qiziqib qoldi va men bu klub ko'rigida bo'lib qaytim, bu men uchun juda katta tajriba bo'la oldi. 

- Qaysi klub akademiyasi tarbiyalanuvchisisiz?

- "Kristal Pelas" kolleji akademiyasida 2 yil tahsil olganman. So'nggi mavsumda 21ta gol va 13ta assist qayd etdim va shu bilan birga "Pleymut", "Oksford Yunayted" va "Portsmut" jamoalari nazariga tushdim. Katta futbolga qadam quyganimdan so'ng men "Korintian Kejual", "CHeshant" va "Xangerford Tavn" klublarida faoliyat olib borganman.

- Klubingizdagi qulayliklar qanday?

- Klubimdagi sharoitlar shunchaki ajoyib. Bizni statistikalarimiz bilan taminlab turishadi, bundan tashqari bizga dieta rejasi berishadi va barcha kerak bo'lgan jihozlar bilan taminlashadi. Biz mashg'ulotlarimiz va o'yinlarimizni yuqori sifatli 4G chimlarda olib boramiz. Jamoadagi muhit shunchaki professional.

- Ligadagi stadionlar qay darajada?

- Ligadagi deyarli barcha jamoalar stadionlari yuqori darajadagi maydonga ega.

- Nima deb o'ylaysiz, qanchalik uzoqqa bora olasiz? APL, CHempionship, Liga 1 yoki Liga 2?

- O'ylashimcha, APL yoki CHempionship darajasiga eta olaman.

- O'zbekistonga kelib turasizmi?

- Har yili bir ikki marta boraman. Birinchi bor bu erga kelganimda yurtimga ancha muddat bora olmadim, hozir esa xudoga shukur, hammasi yaxshi va oilamning katta qismi O'zbekistonda yashashadi.

- O'zbek futbolini ko'rib turasizmi?

- Albatta, imkon bo'lganda terma jamoa o'yinlarini ko'rib turaman.

- O'zbek futbolchilaridan kimlarni taniysiz?

- Eldor SHomurodov va Odil Ahmedov haqida eshitganman.

- Bizning Superligada o'ynashga imkon bo'lganda, rozi bo'larmidingiz?

- Agar imkon bo'lganda, albatta.

- Tasavvur qiling, sizga O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynashni taklif qilishdi va sizning javobingiz qanday bular edi?

- Yurtimning terma jamoasida o'ynash men uchun sharaf va orzu bo'lib kelgan, agar bu voqea ro'y bersa mening va oilamning boshi ko'kka etadi.

- Siz bilan birga va qarshi o'ynagan eng mashhur futbolchilar?

- Vilfred Zaa va Kallum Xadson-Odoiga qarshi o'ynaganman.

- Kelajakdagi rejalaringiz?

- Angliyada o'ynagan birinchi o'zbek futbolchisi bo'lish niyatidaman.


Uchqun Azimov suhbatlashdi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика