So’nggi yangiliklar

15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   1 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  5 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  3 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  7 11:30Бенземага Франциядан харидор чиқди  0 11:05Хаби Алонсо мавсумдаги илк мағлубиятдан кейин: "Бу оғриқли"  5 10:53"Реал" Крооснинг ўрнига кимни олиб келмоқчи?   11

Nima uchun "Nasaf"ni tanlamadim? "Buxoro"ning kutilmagan taklifi yoxud "Qizilqum"da faqat bir narsadan afsusdamiz" - Aleksandar Stanislavlevich Yangiliklar

Nima uchun "Nasaf"ni tanlamadim? "Buxoro"ning kutilmagan taklifi yoxud "Qizilqum"da faqat bir narsadan afsusdamiz" - Aleksandar Stanislavlevich

"Buxoro" jamoasi hozirda yangi mavsumga taraddudni Turkiyada olib bormoqda.

Klub Superligaga qaytganiga qaramay maqsadni yuqori qo'ygan va shu yo'lda tarkibni kuchaytirish ishlarini jadallik bilan davom ettiryapti. Xususan "Buxoro" yaqinda o'z safiga Superliganing o'tgan yilgi eng yaxshi assistenti Aleksandar Stanislavlevichni qo'shib olganini elon qildi. Serbiyalik yarim himoyachi yurtimizdagi debyut mavsumidayoq ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. 

- Siz uchun qaysi biri muhimroq edi, "Qizilqum" bilan yuqori o'rinni egallash yoki individual natija?

- Birinchi navbatda ajoyib yil uchun "Qizilqum"ga rahmat aytaman. Ishonch bildirishgani uchun tashakkurimni izhor qilaman. Natija xursand qiladi. Jamoamiz 5 o'rinni egalladi, bu etarli emasdi

- Jamoadan ketganlardan "Qizilqum" haqida iliq fikrlar ko'p yangramayapti. Aslida u erda qanday jamoa yig'ilgandi? Ichki muhit bilan bog'liq kelishmovchiliklar yuz bermadimi?

- Biz faqat bunday tarkib bilan sovrinli o'rinlarni egallay olmaganimizdan afsuslandik. O'zimda ham shunday kechinma o'tdi. Sifatli ijrochilarga ega edik

- "Nasaf" bosh murabbiyi sizni o'z jamoasida ko'rishni istab aloqaga chiqqanligi haqida eshitdik. Xo'sh, Qarshi jamoasiga o'tishingiz nima uchun amalga oshmadi?

- Ha, aloqa bo'ldi. Lekin o'zaro tilimizni topa olmadik. "Buxoro"ga kelganimdan xursandman. Endi kelajakda nima bo'lishi faqat xudoga ayon. 


- Menimcha "Buxoro" varianti kutilmaganda bo'ldi? CHunki sizga qiziqish bildirgan jamoalar orasida bu klub yo'q edi...

- "Buxoro"dan taklif kutilmaganda keldi. Murabbiy bilan birinchi suhbatdan so'ng u erga borishimni tushunib etdim. Murabbiy sizning kelajagingiz bilan shaxsan o'zi shug'ullansa, futbolchi uchun bundan yaxshi narsa yo'q. Uning ishonchini oqlashga harakat qilaman. 

- Hakim Fuzaylov bilan ilk suhbat haqida...

- Murabbiy o'z jamoasida ko'rishni qanchalik istayotganini ko'rdim. SHu omil ham meni "Buxoro" sari etakladi. 

- "Buxoro" Superligada kutilmagan natija ko'rsatishi mumkinmi?

- Bizda yaxshi jamoa bor. Hammasini maydonda isbotlashimiz kerak. Ko'p narsaga erisha olishimizga ishonaman. "Buxoro"ga kelgan ilk kunimdanoq kuchli jamoa borligini sezdim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика