So’nggi yangiliklar

20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  2 19:54Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон – Эрон 2:1 (матнли трансляция)  21 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  4 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  4 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  1 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 19:00U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон ярим финал йўлланмаси учун Саудия Арабистони билан курашмоқда (матнли трансляция)  214 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  35 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  9 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  11 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  6 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  7

Neymar hammadan zo'r…mi?! Yangiliklar

Neymar hammadan zo'r…mi?!

Teglar :  NeymarBarselonaPele
Yillar o'tadi va biz Rio-2016 Olimpiadasi avvalo, bokschilarimizning tarixiy g'alabalari bilan yodga olamiz - bunga shubha yo'q.

Musobaqa mezbonlari uchun esa, Braziliya futbol terma jamoasining nihoyat, Olimp cho'qqisini ham zabt etgani unutilmas voqea bo'lgani aniq. Ha, mamlakat milliy jamoasining jahon chempionatida naq 5 marta g'olib chiqqanini aytib maqtanadigan braziliyaliklar har 4 yillikning eng yirik sport anjumanida qo'lga kiritilajak futbolcha oltin medalni uzoq kutishdi. Mana, bu yil ularning orzulari ushaldi va katta muvaffaqiyatning asosiy ijodkorlaridan biri - Neymarni daholar dahosi darajasiga chiqarib qo'yishdi. Xususan, statistika bilimdonlari 24 yoshli hujumchining shu paytgacha qayd etgan natijalarini asos sifatida olib, uni alohida etirof eta boshlashdi. To'g'rirog'i, Neymar va boshqa daholarning 24 yoshgacha bo'lgan davrda mamlakat milliy jamoasi bilan erishgan muvaffaqiyatlarini o'zaro solishtirishdan charchamayaptilar. Xo'sh, kimning ko'rsatkichlari salmoqliroq, tarozi pallasi kim tomonga og'moqda? Javob - quyidagi maqolada.

NEYMAR 24 yoshida

Braziliya terma jamoasi tarkibida 72ta o'yin, 48ta gol

O'rtacha mahsuldorlik: 1ta o'yinda 0,67ta gol

Yutug'i: Konfederaciyalar kubogi-2013 g'olibi

Ayni payt ko'pchilik bir gapni ishonch bilan takidlayapti: Neymar Rossiya mundiali-2018da eng yorqin yulduzlardan biriga aylanadi. Mana, navbatdagi  JCH saralash bosqichini o'ta sust boshlashgan pentakampeonlar Olimpiadadagi zafardan so'ng mutlaqo uyg'onib, Janubiy Amerika guruhida o'zlariga munosib pog'onaga ko'tarilib oldilar. Neymar esa terma jamoada tobora mahsuldorlik darajasini oshirmoqda. Hujumchi hozirning o'zida gollari soni bo'yicha buyuk Zikoga etib oldi. Vaholanki, afsonaviy yarim himoyachi butun faoliyati davomida 48ta gol urgan, to'g'ri, u bunday natijaga xuddi Neymar kabi aynan 72ta o'yinda erishgan. Xullas, bugungi yulduzning yaqin orada o'tmish yulduzidan o'zib ketishiga shubha yo'q. Lekin Neymar va boshqa daholar o'rtasidagi g'oyibona raqobat natijalari qanday? Deylik, Messi, Ronaldo, Anri va Pele kabi afsonalar 24 yoshgacha o'z milliy jamoalari bilan nimalarga erishgandilar?

 

LIONEL MESSI 24 yoshida

Argentina terma jamoasi tarkibida 64ta o'yin, 19ta gol

O'rtacha mahsuldorlik: 1ta o'yinda 0,30ta gol

Yutug'i: yo'q

Messini xalqaro musobaqalarga o'ta ehtiyotkorlik bilan, bosqichma-bosqich qo'yishganiga yana bir isbot. SHunday bo'lsada, Leo yozda afsonaviy Bati- golning termadagi rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi. Vaholanki, uning albiselest safidagi ilk o'yinlari umuman qovushmagandi. Bu esa, Barselona Leo uchun o'z uyidan ham qadrdonroq ekanligiga yana bir dalolat.

Taqqoslash yakuni: terma jamoalar miqyosida olganda, Neymar buyuk argentinalikdan ustun. Harqalay, uchrashuvlar soni nisbatan teng bo'lsada, mahsuldorlik o'rtasidagi farq ancha katta. Yani Neymar bu borada Messidan 2 baravar yaxshiroq statistikaga ega.

 

KRISHTIANU RONALDU 24 yoshida


Portugaliya terma jamoasi tarkibida 68ta o'yin, 22ta gol

O'rtacha mahsuldorlik: 1ta o'yinda 0,32ta gol

Yutug'i: Evro-2004 kumush medali sohibi

Ronaldu ham xuddi Messidek klub futboli darajasida fantastik to'purarlik natijalariga ega, ammo terma jamoa tarkibida doim ham omadi chopmayapti. To'g'ri, u maydonga tushmagan payt Portugaliya termasi muvaffaqiyatliroq o'ynashini aytishga asos yo'q. Mana, Evropa chempioni JCH-2018 saralash bosqichini SHveycariya termasidan uchralgan mag'lubiyat (0:2) bilan boshladi.

Taqqoslash yakuni: Ronaldu ham xuddi Messi kabi Neymar qarshisida mag'lub. Yani 24 yoshgacha qayd etgan mahsuldorligi unikidan chamasi 2 baravar past.

 

ZLATAN IBRAGIMOVICH 24 yoshida

SHveciya terma jamoasi tarkibida 27ta o'yin, 18ta gol

O'rtacha mahsuldorlik: 1ta o'yinda 0,67ta gol

Yutug'i:
yo'q

CHapani Zlatan kechagi talabani osmondan erga tushirib qo'yishini aytadigan kishi qattiq yanglishadi. Harqalay, u ham 24 yoshgacha terma jamoada qayd etilgan natijalar bo'yicha Neymar oldida tiz cho'kishga majbur. To'g'ri, bunda SHveciya va Braziliya terma jamoalari saviyasi o'rtasidagi tafovut katta rol o'ynashi ham aniq. Lekin farq baribir, juda yuqori: Ibra 24 yoshigacha shved termasi uchun 18tagina gol urgandi, Neymar esa 50talik marrani zabt etishga yaqin keldi. Ha, yana bir tomoni bor - braziliyalik hujumchi milliy jamoada ancha barvaqt debyut qilgan. Demakki, o'yinlari sezilarli darajada ko'p.

Taqqoslash yakuni: ikki futbolchining 24 yoshgacha qayd qilgan o'rtacha mahsuldorligi teppa-teng. Ammo o'yinlar soni Neymarda ko'p ekan, uni Ibradan ham oldinga qo'yish kerak.

 

RONALDO 24 yoshida

Braziliya terma jamoasi tarkibida: 68ta o'yin, 36ta gol

O'rtacha mahsuldorlik: 1ta o'yinda 0,53ta gol

Yutuqlari: JCH-94, Amerika kubogi (1997, 1999) va Konfederaciyalar kubogi-97 g'olibi

Agarda jarohatlar xalal bermaganida, Pele rekordini aynan Ronaldo yangilagan bo'lardi. Axir u milliy jamoaga to'fondek yopirilib kirgan va  o'yinlar soni barobarida gollarini ham tinmay ko'paytirayotgandi. Biroq 24 yoshgacha qayd etilgan natijalar bobida mashhur so'yloq ham yosh vatandoshidan orqada. Har holda, umumiy statistika natijasi shunday. To'g'ri, u milliy jamoada qo'lga kiritilgan sovrinlar bo'yicha ustun.

Taqqoslash yakuni: Ronaldu, Messi va Ibragimovichdan yaxshiroq natijaga ega Ronaldo ham Neymardan engildi. Axir uchrashuvlar soni deyarli teng, ammo so'yloqda gollari nisbatan oz.

 

MIROSLAV KLOZE 24 yoshida


Germaniya terma jamoasi tarkibida: 24ta o'yin, 13ta gol

O'rtacha mahsuldorlik: 1ta o'yinda 0,54ta gol

Yutug'i: JCH-2002 kumush medali sohibi

Neymar va buyuk Gerd Myullerni o'zaro taqqoslashning iloji yo'q. CHunki  Ayiq milliy jamoada gollar hosilini 24 yoshidan keyin yig'ishtira boshlagan. Bundestim tarixidagi eng yaxshi goleador - Kloze esa 24 yoshli payti 13ta gol muallifi bo'lgandi.  U keyinchalik aniq zarbalari sonini 71taga etkazib qo'ydi. Lekin Neymar agar hozirgi mahsuldorlikni saqlab qolsa, gollari sonini 100dan ham oshirishi mumkin. Bunda Klozedan ibrat olsa, kifoya.

Taqqoslash yakuni: Klozening shiddati juda yuqori edi, ammo o'yinlari ham, gollari ham ancha oz. Xullas, qatorasiga beshinchi duel Neymar foydasiga.

 

RAUL GONSALES 24 yoshida

Ispaniya terma jamoasi tarkibida 49ta o'yin, 23ta gol

O'rtacha mahsuldorlik: 1ta o'yinda 0,47ta gol

Yutug'i: yo'q.

Qizil furiya tarixidagi eng yaxshi to'purar - David Vilya 24 yoshigacha bor-yo'g'i 4 marta maydonga tushib, bitta gol urgandi. SHu bois, taqqoslash uchun ispaniyalikdan buyuk hujumchi sifatida Raul tanlandi. U 24 bahorni qarshilaguncha ispanlar bosh jamoasida 49ta o'yin o'tkazib, 23ta gol urishga ulgurgandi. O'sha paytdagi Ispaniya futboli uchun yuksak natija, lekin Neymarnikidan ancha past.

Taqqoslash yakuni: Neymar gollar soni va mahsuldorlik bobida buyuk Rauldan ham zo'rroq!

 

TERRI ANRI 24 yoshida

Franciya terma jamoasi tarkibida: 19ta o'yin, 11ta gol

O'rtacha mahsuldorlik: 1ta o'yinda 0,58ta gol

Yutuqlari: JCH-98 va Evro-2000 g'olibi

Buni qarangki, taqqoslash davom etgani sari Neymar barcha afsonalarni kalaka qilayotgandek. Franciya terma jamoasi tarixidagi eng sermahsul to'purarlar ham braziliyalikning natijalariga qoyil qolishga majburlar. Boz ustiga, Mishel Platini va David Trezegedek allomalar u bilan raqobatlashishga ojizlar. Faqatgina  Jyust Fonten mahsuldorlik bobida Neymardan ustunroq - unda gollari soni o'yinlari miqdoridan ko'proq. Ammo atigi 30ta, Neymarda esa 48ta. Anriga kelsak, uning 24 yoshigacha qayd etgan statistikasi ancha past.

Taqqoslash yakuni: braziliyalik hujumchining 7-g'alabasi!

 

LUIS SUARES 24 yoshida

Urugvay terma jamoasi tarkibida: 49ta o'yin, 25ta gol

O'rtacha mahsuldorlik: 1ta o'yinda 0,58ta gol

Yutug'i: Amerika kubogi - 2011 g'olibi

Suares 24 yoshli payti ham qopag'on edi. Lekin mahsuldorligi ancha past bo'lgan. To'g'ri, u Neymarga nisbatan ozroq maydonga tushgan. Boisi, Urugvay termasi xalqaro musobaqalarda braziliyaliklarga nisbatan omadsizroq ishtirok etgan. Bundan tashqari, Luis termadagi faoliyatini 20 yoshida boshlagan.

Taqqoslash yakuni: Neymar yana ustun. Taajjubki, barcha buyuk terma jamoalar tarixidagi ilg'or hujumchilar 24 yoshgacha Barselona vakilidan pastroq natija ko'rsatishgan...

 

FERENC PUSHKASH 24 yoshida


Vengriya terma jamoasi tarkibida: 33ta o'yin, 45ta gol

O'rtacha mahsuldorlik: 1ta o'yinda 1,36ta gol

Yutug'i: Bolqon chempionlari kubogi sohibi

Neymar barcha zamondoshlari va yaqin o'tmish yulduzlaridan ustun keldi. Keling, endi uzoq o'tmish afsonalari natijalariga ham bir nazar tashlasak. Masalan, Vengriya va Ispaniya milliy jamoalari safida raqib jamoalar darvozabonlarini jami 84 marta ranjitgan Pushkash ko'rsatkichlariga. Uning 24 yoshigacha qayd etgan natijalari Neymarnikidan ham ko'proq hayratlantiradi - uchrashuvlari soni braziliyaliknikidan 2 marta kam bo'lgan holda, qariyb teng miqdorda gol hosil qilgang. To'g'ri, shunisi borki, Pushkash bu gollarini asosan Bolqon kubogi doirasida zaifgina terma jamoalar darvozasiga yo'llagan.

Taqqoslash yakuni: nima bo'lishidan qatiy nazar, qayd etilgan natija inobatga olinadi - Neymarning ilk mag'lubiyati. Axir o'rtacha mahsuldorlik bobida vengriyalik o'tmish yulduzi ancha ustun.

 

PELE 24 yoshida

Braziliya terma jamoasi tarkibida: 42ta o'yin, 43ta gol

O'rtacha mahsuldorlik: 1ta o'yinda 1,02ta gol

Yutuqlari: JCH-58 va JCH-62 g'olibi

Bundan rosa 60 yil muqaddam, yani 1956 yilning 7 sentyabrida Santosning 15 yoshli hujumchisi ilk marta professional darajadagi rasmiy uchrashuvda maydonga tushgandi. U o'sha o'yindayoq gollari hisobini ochgandi. Biroq 24 yoshigacha Braziliya milliy jamoasi safida Neymarchalik ko'p maydonga tushishining iloji bo'lmagan. Sababi, o'sha vaqt terma jamoalar o'rtasida bellashuvlar nisbatan kam kuzatilardi. Muhimi, bo'lajak futbol qiroli  doimo maydonga tushar va albatta, gol urardi. Deylik, Pele aynan  24 yoshli payti sayyoramizning eng kuchli futbolchisi sifatida etirof etilgandi. Keyinchalik uning milliy jamoadagi mahsuldorligi ancha pasayganini ham aytish o'rinli.

Taqqoslash yakuni: futbol qiroli Neymardan ustun kelgan ikkinchi yulduz! Neymar hozirgi mahsuldorlikni saqlab qolsa, terma jamoa libosidagi chamasi 115-o'yinida Pele o'rnatgan rekordni yangilashi mumkin. Aytaylik, afsonaviy Kafu Braziliya termasida jami 142 marta maydonga tushgan. Demak, Barselona hujumchisida hali imkoniyat bor.

 

Umumiy hisob:

Neymar - futbol afsonalari - 8:2

Neymarning termadagi ko'rsatkichlari chindan ham, hayratlanarli. Ha, u buyuk o'tmishdoshlaridan engildi. Lekin vaqti kelib, umumiy natija bo'yicha Pele va Pushkashdan ham o'zib ketishi mumkin. Harqalay, Ali Daining Eron terma jamoasidagi statistikasi haqida gap bormayapti-ku. Xulosa shuki, Olimpiada oltin medalini bo'yniga taqqan Neymar pentakampeonlar bilan yanada yorqinroq mo'jizalar ko'rsatishga qodir. Demakki, Rossiya mundiali sermahsul hujumchini kutmoqda!

S. RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика