So’nggi yangiliklar

17:50Фоден, Деклан Райс, Сака ва бошқалар — АПЛ мавсумнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 17:27"Тоттенхэм" таркибини тубдан ўзгартиради  0 17:12ПРО-Лига. "Дўстлик" - "Машъал": Асосий таркиблар маълум  0 16:55Моуриньо: "Ўша таклифни рад этиб, хато қилганман"  4 16:41ПРО-Лига. "Шўртан" – "Қўқон-1912": Асосий таркиблар маълум  0 16:23Ўзбекистон футзал МТЖ дунёнинг биринчи рақамли жамоаси билан ўртоқлик ўйинлари ўтказади  5 16:05"Манчестер Юнайтед" АПЛ юлдузи учун курашга қўшилди  1 15:44Холанд АПЛнинг "энг яхши ёш футболчиси" соврини қўлга киритиши мумкин   5 15:21Стефано Пиоли А Сериянинг бошқа бир грандида иш бошлаши мумкин  0 14:45"Реал Мадрид" Кроосга "Байер"дан ўринбосар топди  5 14:14Спортчилар ижтимоий тармоқларда  0 13:57"Астон Вилла" "Манчестер Юнайтед"га иккита гол урган футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  4 13:31Моуриньо: "Балки, баъзи мураббийлар мендан ақллироқдир, чунки..."  5 13:04Шлоттербек Чемпионлар Лигаси финали йўлланмаси қўлга киритилганини нишонлаш вақтида жароҳат олиши мумкин эди  3 12:32"Барселона" "Брюгге" ҳужумчисига қизиқмоқда  0

"Nasaf"da muhim o'yin oldidan jiddiy yo'qotishlar mavjud Yangiliklar

"Nasaf"da muhim o'yin oldidan jiddiy yo'qotishlar mavjud

Teglar :  NasafOCHL
Qarshining "Nasaf" jamoasi OCHL doirasidagi 1-turni mehmonda Saudiya Arabistonida "Al Ahli"ga qarshi o'tkazadi.


"Nasaf" jamoasi o'z safiga chernogoriyalik himoyachi Deyan Bolevichni qo'shib olganidan xabaringiz bor. Ushbu himoyachi 16 fevral kuni tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgandi va tomonlar shundan so'ng rasman shartnoma imzolashgan. "Nasaf" jamoasi rasmiy sayti bergan malumotga ko'ra, chap qanot himoyachisi Deyan Bolevich OCHL zayavkasidan o'rin olmagan. Malum bo'lishicha, "Nasaf" klubi legioner himoyachini OCHL zayavkasidan o'tkazishga ulgurmay qolgan.

Malumot o'rnida: OCHLga zayavka qilish muddati 17 fevral kech soat 21:00ga qadar davom etgan. (Deyan Bolevich esa 16 fevral kuni "ajdarlar" bilan shartnoma imzolagani aytilgandi).

"Nasaf" jamoasi rasmiy sayti bergan xabarga ko'ra, "Al Ahli" bilan bo'ladigan o'yinga ketgan futbolchilar ro'yxatidan chap qanot himoyachisi Saydullo Rahmatov o'rin olmagan. Malum bo'lishicha, futbolchining vizasi hal etilmagani bois Saydullo Rahmatov Jiddaga uchib ketolmagan.

Demak "Nasaf" jamoasining ikkita chap qanot himoyachisi o'z-o'zidan "Al Ahli" bilan bo'ladigan bahsda ishtirok eta olishmaydi. Deyan Bolevich esa kamida guruh bosqichi yakuniga qadar OCHLda "ajdarlar"ga ko'maklasha olmaydi.

"Nasaf"ning chap qanot himoyasida, chap qanot yarim himoyasida harakat qiladigan Farruh Sayfiev esa hali jarohatidan forig' bo'lmagan va futbolchi hozirda jamoa bilan birga emas.

Ro'ziqul Berdiev qo'l ostida ayni paytda chap qanot himoyasida o'ynay oladigan futbolchi yo'q. O'tgan yilgi OCHL musobaqasining guruh bosqichi so'nggi turida "Nasaf"ning aynan "Al Ahli"ga qarshi Qarshidagi uchrashuvida Bahrom Abduraximov qizil kartochka olgandi. Endilikda futbolchi bu yilgi OCHL 1-tur o'yinini ham o'tkazib yuborishga majbur. Superkubok o'yinida Ro'ziqul Berdiev chap qanot yarim himoya chizig'ini aynan shu futbolchi orqali berkita olgan edi.

Demak "Nasaf" jamoasi "Al Ahli" bilan bo'ladigan muhim o'yin oldidan juda jiddiy yo'qotishlarga ega.

Katta ehtimol bilan chap qanot himoyachi sifatida Maqsud Karimov, markaziy himoyada esa SHerzod Azamovga Ildar Mamatkazin ko'maklashishi mumkin. CHap qanot yarim himoyasida esa Aziz G'aniev yoki Ilhom SHomurodov harakatlanishi ehtimoli yuqori. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика