So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги ўриндаги "Металлург" билан дуранг ўйнади  65 20:30Суперлига. "Олимпик" – "Андижон" 0:0 (матнли трансляция)  15 20:25ПСЖ Хвича учун 100 млн евро таклиф қилди, бироқ...  1 19:58Про лига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" учрашуви нурсиз дуранг билан тугади  12 19:40VAR хатоларидан энг кўп жабр кўрган АПЛ клублари аниқланди  3 19:16"Реал" футболчиси ЕЧЛ финалини ўтказиб юборади  1 18:47"Ньюкасл" ҳужумчисини "Арсенал"га сотишни истамади  2 18:26Суперлига. "Олимпик" – "Андижон". Таркиблар маълум  6 18:20Суперлигада тоза ўйин вақти қанчани ташкил қилмоқда?  6 17:58Суперлига. "Металлург" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  14 17:35Расман: "Барселона" Хави бош мураббийликдан кетишини эълон қилди  16 17:05Бубанья, Юсупов, Исмоилов, Бабаян ва Бошкович жарима тўлайдиган бўлди  16 16:48Манба: "Барселона" Хавини ишдан бўшатади  14 16:23"Ювентус" Роналду билан судлашишда давом этади  5 15:55"Манчестер Сити" дарвозабони клуб билан шартномасини узайтирди  1

"Nasaf" va "So'g'diyona" xalqaro maydonda bitta vatan nomidan maydonga chiqadi" - SHohruz Norxonov Yangiliklar

"Nasaf" va "So'g'diyona" xalqaro maydonda bitta vatan nomidan maydonga chiqadi" - SHohruz Norxonov

Teglar :  So'g'diyonaNasaf
2021 yilgi Superligani ikkinchi o'rin bilan yakunlagan "So'g'diyona" jamoasi bu mavsumda OFK kubogida ishtirok etadi.

"Nasaf" OCHL pley-off uchrashuvida safarda "Baniyas"ni mag'lub etib bir o'q bilan ikki "quyon"ni urdi. Aniqrog'i "ajdarlar"ning o'zi OCHL guruh bosqichiga yo'llanma olgan bo'lsa, "So'g'diyona"ni OFK kubogiga olib chiqdi. Jizzax shahri jamoasi mazkur yangilikni qanday qabul qildi? Jamoaning hujumchisi SHohurz Norxonov championat.asia sayti muxbiri bilan suhbatda shu va boshqa savollarga javob berib o'tdi. 


"Nasaf" "Baniyas"ni mag'lub etib, o'zini OCHLga, "So'g'diyona"ni esa OFK kubogiga olib chiqdi


- "So'g'diyona" jamoasidagilar "Baniyas" - "Nasaf" uchrashuvini qanday ruhda kuzatdi va yakuniy natijani qanday qabul qildi? Boisi "ajdarlar"ning g'alabasi sizlarni OFK kubogi guruh bosqichida qatnashishingizni taminlardi...

- Fikringizga qo'shilaman. O'tgan mavsum bejiz ikkinchi o'rinni qo'lga kiritmadik. Endilikda OFK kubogida buni isbotlamoqchimiz. Maqsadimiz xalqaro maydonda to'p tepish edi. Bu bilan jizzaxlik muxlislarni tabriklayman. "Nasaf" kecha raqibiga qaraganda aqlli va kuchli o'ynadi. Ular o'zlari uchun OCHL, biz uchun OFK kubogi eshiklarini ochishdi. SHu bilan bir qatorda o'zbek klublarining kuchini ko'rsatishdi. "Nasaf"ga xalqaro musobaqalardagi har bir uchrashuvda omad tilayman. Superligada raqibmiz, ammo xalqaro miqyosda barchamiz bitta vatan - O'zbekiston nomidan qatnashamiz. 

- "Nasaf" qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarida OCHLda ishtirok etishini inobatga olgan holda ham tayyorlandi, tarkibini saqlab qolib kuchaytirishga erishdi. "So'g'diyona" ham ushbu jihatni hisobga olganmidi?

- Qishki yig'inlarda tayyorgarlik ajoyib o'tdi. Turkiyada kuchli raqiblar bilan o'yinlarda qatnashdik. Mazkur turnirda qatnashish nasib qilgan ekan, nima ham deymiz. Bor kuchimizni ishga solgan holda nimalarga qodirligimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. 

- Jamoa guruh bosqichida Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iziston klublari bilan to'qnash keladi. Raqiblarning darajasi oldindan erta xotirjamlikka berilishiga olib kelmaydimi?

- Musobaqaga o'z chempionatining kuchlilari keladi. Har bir raqibni hurmat qilish shart. Aks holda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Maydonga chiqamiz va g'alaba qozonamiz, tamom. 

- O'tgan mavsum OFK kubogida "Nasaf" finalga qadar etib borib muvaffaqiyatsizlikka uchradi. "So'g'diyona" joriy yilda bosh sovringa ega chiqishni maqsad qilganmi?

- Barchasiga o'yinlar boshlangach oydinlik kiritib olamiz. Hozir bu haqida o'ylashning mavridi emas. Hammasini vaqt ko'rsatadi, deb o'ylayman. 

- "So'g'diyona"ning Superliga startidagi o'yini maqtagulik darajada emas...

- Hali mavsum oldinda. Kuzda qilingan ishlarning samarasini ko'ramiz. Nasib qilsa, yana yaxshi o'rinlarni egallaymiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика