So’nggi yangiliklar

“Nasaf” “UzArena”da “Barselona”ni qo'llab-quvvatladi FOTO Yangiliklar

“Nasaf” “UzArena”da “Barselona”ni qo'llab-quvvatladi FOTO

Bundan bir necha kun oldin Qarshining “Nasaf” jamoasi OCHLning “pley-off” o'tish bosqichida Bahraynning “Al Xidd” klubiga qarshi “Bunyodkor” stadionida bahs olib bordi va yirik 4:0 hisobida g'alaba qozongandi.

UCFGA Associaciyasi prezidenti Azizbek Pattaxov boshchiligida “Real Madrid” va “Barselona” jamoasi ishqibozlari yani “Madridista Uzbekistan” va “Barcamania Tashkent” muxlislar klubi birgalikda “Nasaf”ning OCHLdagi “Al Xidd”ga qarshi “pley-off” uchrashuvida vakillarimizni qo'llab-quvvatlash uchun “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurishgandi. O'sha uchrashuvda “ajdarlar” raqiblarini yirik 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgandi.

Endi esa “Nasaf” jamoasini qo'llab-quvvatlagani uchun qarshiliklar ham “Barcamania Tashkent” muxlislar klubini qo'llash uchun UCFGA Assosiaciyasiga qarashli “UzArena”ga tashrif buyurdi. “UzArena”ga yig'ilgan mehmonlar Ispaniya kubogi yarim final bosqichi dastlabki uchrashuvidan o'rin olgan “Atletiko” va “Barselona” qarama-qarshiligi guvohi bo'lishdi. Ushbu bahsda “Barselona” klubi raqiblarini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.

Bunday loyihalar UCFGA Associaciyasi tomonidan o'zbek futboli rivoji uchun amalga oshirilmoqda. UCFGA Associaciyasi bilan birgalikda “Barcamania Tashkent” va “Madridista Uzbekistan” muxlislar klubi o'zbek klublari bilan hamkorlikda ularni qo'llab-quvvatlash niyatidalar.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика