So’nggi yangiliklar

13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  0 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  0 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  9 11:48Клоппнинг ассистенти "Аякс" бош мураббийига айланиши мумкин  0 11:24Ўзбекистон – Гонконг учрашувида майдонга югуриб тушган мухлислар маъмурий жавобгарликка тортилди, 2 нафар шахс 5 суткага қамалди  17 10:57Пеп Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги борасида бир қарорга келди  4 10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  1 10:00ЦСКА устози РПЛнинг энг кучли футболчиси кимлигини айтди  8 09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  2 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  1 08:47Златан рамзий термасини тузди ва ўзини қўшмади. Нега қўшмаганини эса Ибра супер тарзда тушунтириб берди  12 08:25Фабрицио Романо Хаби Алонсонинг келажагини очиқлади  4 07:49Про лига. Бугун учинчи тур якунланади  1 07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  3

“Nasaf” bu safar “Karpati”ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

“Nasaf” bu safar “Karpati”ni mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  NasafKarpati
Antaliyada qishki o'quv yig'in mashg'ulotlarini olib boryotgan jamoamiz bugun navbatdagi beshinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Bugun "Nasaf" Ukraina premer ligasi vakili Lvov shahrining “Karpati” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida tajribali hujumchi Dragan CHeran oradagi hisobni ochdi. Uchrashuvning birinchi bo'limi ana hisobda yakunlandi. SHuni alohida takidlash kerakki, bugungi uchrashuvda jamoa futbolchilari juda yaxshi o'yin namoyish etishdi.

Ikkinchi bo'lim, birinchi bo'limga qaraganda ancha qiziqarli va gollarga boy bo'ldi. Ikkinchi bo'limning 50-daqiqasida Dragan CHeran yana bir marta lvovliklar darvozasini ishg'ol qildi. Oradan ko'p vaqt o'tmay raqib hisobni qisqartirishga erishdi.

O'yinning so'nggi daqiqalarida Dilshod Xushbakov juda chiroyli tarzda, uzoq masofadan “Karpati” darvozasini ishg'ol qildi.



Uchrashuvdagi gollarga SHaxboz Erkinov, Farruh Sayfiev va Islom Kenjaboevlar asisentlik qilishdi.

O'yinchilarda hisobni yanada yiriklashtirishga imkoniyatlar bo'ldi, ammo bu vaziyatlarda ularda aniqlik etishmadi.

SHunday qilib, “Nasaf” navbatdagi nazorat uchrashuvida “Karpati” klubini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Bugungi uchrashuvda quyidagi o'yinchilar harakat qilishdi.



“Nasaf”: Umidjon Ergashev, Maqsud Karimov, Farruh Sayfiev, Igor Golban, Doniyor Narzullaev, Azizjon G'aniev, Dilshod Hamrobekov, SHaxboz Erkinov, SHarof Muhitdinov, Akmal SHorahmetov, Dragan CHeran.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sanjar Quvvatov, Bahrom Abdurahimov,  Najmiddin Normurodov,  Bobir Abduxoliqov, Islom Kenjaboev, Dilshod Xushbakov, Islom Rashidxonov, Navro'z Izatillaev.

Uchrashuvda ushbu  o'yinchilar ishtirok etishmadi, ular o'yinni zaxira o'rindig'ida tomosha qilishdi: Eldorbek Suyunov, SHerzod Azamov, Dilshod Rahmatullaev, G'olib G'aybullaev, Sirojiddin Qo'ziev.

“Nasaf” Antaliyadagi so'nggi nazorat uchrashuvini 20 yanvar kuni Qozog'istonning “SHaxtyor” jamoasi bilan o'tkazadi.


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика