MYU "Yuventus" futbolchisi uchun o'z vingerini berishga va qo'shimcha to'lov qilishga tayyor Yangiliklar

MYU "Yuventus" futbolchisi uchun o'z vingerini berishga va qo'shimcha to'lov qilishga tayyor

Mankunianlar haqiqatan ham "byankoneri" himoyachisiga muhtoj.

"Yuventus" himoyachisi Gleyson Bremer "Manchester Yunayted"ning yozgi transfer maqsadi bo'lib qolmoqda. Bu haqda "La Gazetta dello Sport" xabar bermoqda.

"Byankoneri" futbolchini 60-70 million evroga baholamoqda. "Manchester Yunayted" bu summaning bir qismini to'lashga va hozirda "Xetafe"da ijara asosida o'ynayotgan vinger Meyson Grinvudni Turinga yuborishga tayyor.

Avvalroq Grinvudga “Yuventus” qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
29 mar 17:17:11
Burhonbek Abdumo'minov
Grinvudni ustiga 30 mln€ bersa oʻylanmay bervorsa boʻladi
championat.asia
Яндекс.Метрика