So’nggi yangiliklar

19:13ПРО-Лига. "Дўстлик" мавсумдаги илк ғалабасини "Олимпик-MobiUz"га қарши баҳсда қўлга киритди  0 18:40"Тоттенхэм" Доминик Соланкени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 18:21Смирнов спорт юристи: "Сафонов трансфери деярли ҳал бўлган"  0 17:53Рамзан Қодировнинг 18 ёшли ўғли "Ахмат" президентига айланди  4 17:27Сурия ва Россия терма жамоалари ўртоқлик ўйини ўтказиши мумкин  1 17:05Денис Глушаков ва Одил Аҳмедов иштирокидаги мастер-класс қандай ўтди?  1 16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  3 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  5 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  2 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  4 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   3 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  7 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  9 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2

Murod Aliev - "Bunyodkor"ga qaytish, nima uchun aynan Krestinin, muxlislar, Irismetov va Mo'minjonov haqida Yangiliklar

Murod Aliev - "Bunyodkor"ga qaytish, nima uchun aynan Krestinin, muxlislar, Irismetov va Mo'minjonov haqida

Xabaringiz bor, iyun oyi o'rtasida "Bunyodkor" klubi rahbariyatida o'zgarish sodir bo'ldi.

OKMK klubida faoliyat olib borgan Murod Aliev "Bunyodkor" klubi bosh direktori etib tayinlangandi. Oradan deyarli bir oyga yaqin vaqt o'tdi. "Bunyodkor" klubi bu orada Superliga birinchi davrasini ikkita mag'lubiyat bilan yakunlab, tanaffusga chiqib ketdi. O'tgan haftada esa klubda murabbiylar shtabi yangilandi. Qirg'iz Respublikasi terma jamoasidagi faoliyati orqali o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Aleksandr Krestinin "qaldirg'ochlar" ustoziga aylandi. Mana shu o'zgarishlardan so'ng Biz Murod Aliev bilan suhbatlashishga qaror qildik.

Quyida intervyuni to'liq holda tomosha qilishingiz mumkin.





Eng muhim savollarga javoblar esa quyidagi yozma shaklda keltirildi. Takidlash lozimki, yozma variantda intervyu to'liq emas, to'lig'i faqat videoda.


- Siz "Bunyodkor" bosh direktori etib tayinlanganingizdan keyin ko'p o'tmay murabbiylar shtabida o'zgarishlar sodir bo'ldi. Murod Otajonov boshchiligidagi murabbiylar akademiyaga o'tkazildi va uning o'rniga rossiyalik Aleksandr Krestinin shtabi olib kelindi.

- CHunki hozirgi kunda "Bunyodkor" Superliga musobaqa jadvalida o'ziga yarashmaydigan 8-o'rinni egallab turibdi. SHu bois o'zgartirish zarur edi. Murod Otajonov, Hikmat Hoshimov va murabbiylar shtabiga birinchi davrada imkoniyat berilgandi. Natija qoniqarli bo'lmadi. Bilasiz "Bunyodkor"dagi sharoit uncha-muncha jamoada yo'q. Akademiyamiz, bir qator maydonlarimiz bor. SHulardan unumli foydalanib, natijani yaxshilashimiz kerak.

- Nega aynan Krestinin?

- Ko'p mutaxassislarni o'rganib chiqdik. Krestinin Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bilan yomon natijaga erishmagandi. Albatta terma jamoa boshqa daraja. U haqda kimdan so'rasak ham faqat yaxshi malumotlarga ega bo'ldik. SHaxsan u bilan tanish emasdim. Tanishganimdan juda xursandman. 3 kundan buyon mashg'ulot o'tkazmoqda, barchasi professional darajada olib borilmoqda. Maqsadimiz o'zimizning akademiyamizdagi yoshlarga etibor qaratish, bir-ikki legionerlarni qo'shgan holda sovrindorlar qatorida yuradigan jamoa tuzish. Bundan tashqari "Bunyodkor" akademiyamizdan chiqqan yigitlar turli terma jamoalar va milliy terma jamoada ko'proq bo'lishini xohlaymiz.

- Krestininning "Bunyodkor"da oladigan maoshi Superliga boshqa murabbiylari bilan solishtirganda qaysi o'rinda?

- Bosh murabbiy emas, Superligada yordamchi murabbiylar oladigan oylikka keldi deya olaman. Oldindagi yarim yil Krestinin uchun muhim yil hisoblanadi. Sababi u bilan yil oxirigacha shartnoma tuzildi, natija biz kutgandek bo'lsa yana uzaytiriladi.

- Klub sport direktori lavozimiga Jafar Irismetov, Ilhom Mo'minjonov kabi mutaxassislar kelishi mumkinligi haqida xabarlar chiqdi.

- Jafar Irismetov o'zi futbol o'ynagan, futbol ichidagi yaxshi bola. Ayrim sabablarga ko'ra, kelisha olmadik va boshqa nomzod ko'rib chiqilmoqda. Ilhom Mo'minjonovga keladigan bo'lsak, to'g'risini aytsam, bu gap qaerdan chiqqanini bilmayman, bu fikr mendan chiqmagan aniq. Ilhom Mo'minjonovga albatta omad tilayman. Ammo ayni paytda Mo'minjonovning yordamiga "Bunyodkor" muhtoj emas.

- "Bunyodkor" klubi fan-klubi bilan muammo paydo bo'lgandi. U ijobiy hal etildimi?

- Ha, fan-klub bilan kichik muammo chiqqandi. Muxlislar klubi bilan uchrashib, gaplashib oldim. Barchasi ortda qoldi va ishlashda davom etamiz. Muxlislarimizdan "Bunyodkor"ni har qanday holatda ham qo'llab turishlarini so'rab qolaman. CHunki klub meniki yoki boshqaniki emas, futbol muxlislar uchun o'ynaladi.

- SHunday muhtasham stadionda muxlislar soni juda ham kamayib ketmoqda...

- Jamoa yaxshi o'ynasa albatta muxlis ko'payadi deymiz. Lekin bitta misol aytaman: OKMK klubi Mirjalol Qosimov kelishidan oldin qaysi o'rinlarda yurardi? Undan keyin sovrindorlar qatoriga chiqib oldi. Lekin muxlislar soni o'sha-o'sha. SHaharda muxlislar borasida qiyinroq. O'zim havas qiladiganim Namanganga etadigani yo'q. Namanganlik barcha muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. O'zbekistonlik barcha futbol ishqibozlari qarshilik bo'ladimi, navoiylikmi yoki toshkentlikmi barchani stadionga chorlab qolaman. O'zimiz ham futbol o'ynaganmiz, to'lib-toshgan stadionda o'ynash futbolchilarga qo'shimcha kuch beradi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика