So’nggi yangiliklar

18:29АПЛ. "Арсенал" ВАР қарорлари туфайли ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди  1 18:15Суперлига. "Андижон" - "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  18 17:31Куртуа қайтди. "Реал" асосий таркиби эълон қилинди  3 17:06Рюдигер Роналдуни "Реал"нинг энг буюк футболчиси деб атади. Криштиану тезда "коммент" ёзди  10 16:45Мартино Ди Мариянинг "Интер Майами"га ўтиши ҳақидаги миш-мишларга фикр билдирди  0 15:53Финалдаги ҳиссиётлар. Япония - Ўзбекистон ўйинидаги суратлар жамланмаси  5 15:24Суперлиганинг 6-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:19АПЛда "Олтин қўлқоп" кимга насиб этиши маълум бўлди  6 14:43"Бавария" Эрик тен Хаг номзодини кўриб чиқяпти  9 14:14Кассано: "Аллегрини матбуотда 4-5 нафар дўсти бор, улар мураббий айтганини ёзади"  0 13:42Ҳеч нарса қилмаган одам хатога йўл қўймайди  25 13:21Ройсга МЛС клублари қизиқиш билдирмоқда, аммо...  3 13:13U-23 Осиё Кубоги. Финалдан кейинги кадрлар ва тақдирлаш маросими ГАЛЕРЕЯ  12 12:51"Реал" бугун чемпион бўлиши мумкин, агар...  0 12:02Тарихий натижага эришган Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Тошкентда тантанали тарзда кутиб олинди   25

“Muras Yunayted” bosh murabbiyi Valeriy Berezovskiy: "Andijon"ning juda yaxshi jamoa ekanligini ko'rdik" Yangiliklar

“Muras Yunayted” bosh murabbiyi Valeriy Berezovskiy: "Andijon"ning juda yaxshi jamoa ekanligini ko'rdik"

“Andijon” hamda Qirg'izistonning “Muras Yunayted” (2:2) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Valeriy Berezovskiy bir qator savollarga javob qaytardi.

-  Valeriy Yurevich, o'rtoqlik uchrashuvidan olgan taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

-  Avvalambor, rahbariyatimizga juda kerakli qarorni qabul qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bunday o'yinlar orqali do'stligimiz yanada mustahkamlanadi, bordi-keldimiz yaxshilanadi va do'stona munosabatlarimiz bundan-da yaxshilanadi. O'ylaymanki, ikkala davlat o'rtasidagi munosabatlarning yaxshilanib borayotgani ikki tomon uchun ham foydali. Mana, xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi orqali ham bu narsa namoyon bo'lmoqda. Biz ikki qardosh millat va ikki qardosh mamlakatmiz. Uzoq yillardan beri biz qo'shni sifatida birga yashaymiz. Mana bunday o'rtoqlik uchrashuvlari esa do'stligimizni yanada mustaxkamlaydi. Sportning qator turlari, xususan futbolda ham qo'shni davlatlar bilan hamkorlik qilish albatta uning taraqqiyotiga hissa qo'shadi. 

Oxirgi yillardagi o'zbek futbolining yutuqlari va yurtingiz bilan hamkorlik qilish bizga albatta foyda keltiradi. Ayniqsa, o'zbekistonlik yoshlar, U23, U20 terma jamoalarining yutuqlarini doimo kuzatib boramiz. O'zbekistonda futbol yanada rivojlanyapti. Azaldan o'zbek futboli o'zining jozibadorligi bilan barchamizni maftun etib kelgan. Bunday o'rtoqlik uchrashuvlaridan faqat xursand bo'lamiz. Bu erda bizni juda yaxshi kutib olishdi. Maydonning holati ham zo'r. “Andijon”ni juda yaxshi jamoa ekanligini maydonda ko'rdik. Ha, tushunaman, bu o'rtoqlik uchrashuvi. Agar rasmiy o'yin bo'lganida balki ikkala jamoa futbolchilari boshqacha o'yin ko'rsatishlari mumkin edi. O'ylaymanki, bugun har ikkala jamoa chiroyli o'yin namoyish qildi. Bellashuv haqida nima deyishim mumkin? Birinchi bo'limning dastlabki 30 daqiqasi bizning rejamiz asosida o'tdi. Iloji boricha raqib o'yinchilariga imkoniyat qoldirmaslikka harakat qildik. Ajoyib o'ynab gol urishga muvaffaq bo'ldik. Bizda tanaffus bo'lgani sababli hozir mashg'ulotlarimiz biroz kamaygan payt. O'z navbatida “Andijon” ham yaxshi harakat qilib, muvozanatni tenglashtirishga erishdi. Ikkinchi raqam ostida o'ynab raqibning bo'sh hududlarini poylab qarshi hujumlarga etibor qaratdik. Yaxshi o'ynadik, deya olaman. Baribir oz-moz kamchiliklar, individual xatoliklar ham ko'zga tashlandi. SHunday bo'lsa-da, o'yindan va natijadan qoniqdim.

-  Jamoalarning avvalgi birinchi uchrashuvidagi o'yinni ham ko'rgandim. Oldingi uchrashuvga nisbatan bu safar jamoangiz ancha yaxshi o'ynadi. Bu borada sizning fikringiz qanaqa?

-  Afsuski, bizni mamlakatimizda sizlarnikiga nisbatan sifatli maydonlar kam. Maydon sifati albatta o'yinga o'z tasirini ko'rsatadi. Hattoki, Jaloloboddagi o'z maydonimizda bo'ladigan uchrashuvlarda o'ynashga bazi holatlarda qiynalamiz. Bishkekdagi “Spartak” maydonini ancha sifatli deyishim mumkin. O'yinchilarim yaxshi maydon va etarli sharoitlar bo'lganida chiroyli o'yin ko'rsata oladilar. Ko'ngildagidek maydon bo'lsa, futbolchilarimiz ham yaxshi natijalarni qo'lga kiritishiga ishonaman. Taklif qilishgani uchun katta rahmat. Biz bu uchrashuvdan nihoyatda mamnun bo'ldik. Hamkorlik qilish orqali ko'plab natijalarga erishishimiz mumkin va bunday hamkorlikdan boshimiz osmonga etadi. 

-  Qirg'izistonda futbol asta-sekinlik bilan rivojlanyapti. 5-6 yil avvalgiga nisbatan ancha rivojlanish bor...

-  Albatta, bugungi kunda Qirg'iziston futboli rahbariyati tomonidan bu sport turini rivojlantirishga jiddiy etibor qaratilyapti. Bizda tajribali murabbiylar joriy qilinyapti va ularning malakasini oshirish bo'yicha ishlar amalga oshirilyapti. Xorijdan ham bir qator mutaxassislar jalb qilinyapti. Bu borada milliy terma jamoamiz ham asta-sekinlik bilan xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishmoqda. Gapingizga qo'shilaman, to'g'ri yutuqlarimiz katta emas, ammo kichik bo'lsa-da, o'sha yutuqlarga erishilyapti. 

-  Sizga “Andijon” futbolchilaridan ko'proq kimlarning o'yini yoqdi?

-  Taktik, o'yin tashkil qilish, jismoniy jihatdan o'yinchilaringiz biznikiga nisbatan kuchliroq bo'lishi mumkin. To'g'risi, asosan o'zimizning futbolchilarni ko'proq kuzatib bordim. CHunki ushbu uchrashuvda bizning o'z vazifamiz bor edi. Yana bir bor ko'rdimki, “Andijon” ajoyib jamoa ekan va bunga guvoh bo'ldim. Bu jamoaning o'yinlari hamda natijalarini kuzatib bordim. Jamoangizni hozirda turnir jadvalining 6-o'rinda borayotganini ham bilardim. “Andijon” klubining natijalari bilan tanishib chiqdim. Yaqinda “Paxtakor”ni mag'lub etdi. Oldingi yillarga nisbatan olib qaraganda, bu yil klubda o'sish bo'layotganini, jamoa quyida emas, balki peshqadamlarga asta-sekin yaqinlashib borayotganini ko'rish men uchun yoqimli bo'ldi. O'ylaymanki, shunday tarzda ishlashni davom ettirsa, keyingi yillarda yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика