So’nggi yangiliklar

13:52"Манчестер Юнайтед" ва "Барселона" франциялик ярим ҳимоячи учун курашади  0 13:22"Барселона" Луис Диасни "Ливерпуль"дан харид қилиш учун ўз ўйинчисини сотиши мумкин  1 12:41"Челси" италиялик мутахассисга уч йиллик шартнома таклиф қилди  2 12:17Де Брюйненинг "Манчестер Сити"даги келажаги маълум бўлди  2 11:50Тиагу Алькантара "Барселона"га қайтиши мумкин?  1 11:21"Ман Сити" ва МЮ Англия суперкубоги соврини учун қачон ўйнайди?  1 10:52ОКМКнинг "Нефтчи" билан ўйин учун қайдномаси маълум  0 10:04ОЧЛ. "Ал Айн" биринчи ва охирги чемпион  10 09:45"Пахтакор" ва "Қизилқум" муроса кўчасини танлаган учрашувдан галерея  2 09:09Футзал. Бугун Жаҳон чемпионатига қуръа ташланади   6 08:48"Нефтчи" Фарғонада 8 йилдан бери ОКМКни мағлуб эта олмаяпти. Левченко Қосимовни сўнгги бор қачон ютган?  7 08:10"Қизилқум" 14 йилдан сўнг "Пахтакор"дан Тошкентда очко олди   11 07:45Франция кубоги финал. "Лион" - ПСЖ 1:2   0 07:40Англия кубоги финал. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:2   2 07:32Суперлига. "Бунёдкор" "Сўғдиёна"га қарши. Фарғонада ёнадиган ўйин бор   11

Muhammadanas Hasanov: "Lokomotiv"ga o'tish - faoliyatimdagi burilish nuqtasi bo'ladi" Yangiliklar

Muhammadanas Hasanov: "Lokomotiv"ga o'tish - faoliyatimdagi burilish nuqtasi bo'ladi"

"Lokomotiv"ning yangi futbolchisi Muhammadanas Hasanov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Lokomotiv" haqida fikrlaringiz. Bizning klubga o'tish jarayoni qanday kechdi?

- Avvalambor, barchangizni kirib kelgan yangi yil bilan tabriklayman. Mavsum oldidan bir necha klublardan yaxshi takliflar bo'lgandi. Barchasini ko'rib chiqdim va "Lokomotiv"ning taklifini qabul qildim. Boshqa klublarning rahbarlariga ham minnatdorlik bildiraman.

- "Lokomotiv" siz uchun alohida chorlov bo'la oladimi?

- "Lokomotiv"ning o'yinlarini ancha vaqtdan buyon kuzatib boraman. So'nggi yillardagi sovrinlar barchasidan dalolat. Albatta, bu men uchun alohida chorlov bo'la oladi. Aytishim mumkinki, "Lokomotiv"ga o'tish - faoliyatimdagi burilish nuqtasi bo'lishini kutyapman.

- O'zbekistonning 3 karra chempioni tarkibida o'ynash qanchalik darajada bosim beradi?

- O'zbekiston chempionatida barcha jamoalarda bosim bor. Albatta, muxlislar "Lokomotiv"dan doimo yuqori natijalarni talab qiladi. SHu sababli bu erning ham bosimi bor. Buni tezroq engib o'tishga harakat qilaman.

- "Lokomotiv"dagi raqobat haqida nima deya olasiz?

- Har bir jamoada raqobat yuqori darajada bo'ladi. Barchamiz bilamizki - raqobat futbolchining o'sishiga sabab bo'ladi. Bu doimo futbolchining foydasiga xizmat qiladi.

- Ushbu mavsumda "Lokomotiv" tarkibida o'zingizga qanday maqsad qo'ygansiz?

- "Lokomotiv" bilan yuqori o'rinlarni qo'lga kiritishim kerak. Klub rahbariyati futbolchilarga qo'yilayotgan vazifalar o'zgartirmaydi. SHu sababli ushbu mavsumda yuqori tempda o'yin ko'rsatishni istayman.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика