So’nggi yangiliklar

12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   0 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  0 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  7 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  3 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  12 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  10 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  5 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  5 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  6 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  14 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  1 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  1

MTJ haqida yoxud asosiy darvozabon kim bo'ladi? Yangiliklar

MTJ haqida yoxud asosiy darvozabon kim bo'ladi?

Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 27 avgustdan boshlab Toshkentda o'z yig'inini boshlaganidan xabaringiz bor.


Terma jamoamizni Yaman va Filippinga qarshi o'yinlarga ko'rayotgan tayyorgarligi qizg'in davom etmoqda. Samvel Babayan 3 sentyabr kuni o'zining terma jamoadagi dastlabki rasmiy uchrashuvini o'tkazadi. Raqib Yaman terma jamoasi bo'ladi. Babayan debyut o'yinini chiroyli g'alaba bilan boshlashi va biz uch ochko ishlashimiz juda muhim.

Samvel Babayan bu yig'in oldidan mahalliy futbolchilar bilan ham bir muddat yig'in tashkil etgandi va ko'plab futbolchilarni sinab olishga ulgurgandi.

Bu galgi yig'inda esa Babayan o'zi istagan barcha futbolchilarni jalb etdi. Barcha legionerlar terma jamoa ixtiyoriga etib kelishdi. To'liq tarkib mavjud. Tayyorgarliklar yangicha uslubda, o'zgacha ruhda davom etmoqda. Umuman yangi terma jamoa barpo etilmoqda desak ham mubolag'a bo'lmaydi.



Hali aytganimdek, yig'inga Babayan xohlagan barcha futbolchilar kelishdi. Dastlabki 30talik ro'yxatdan o'rin olgan Farruh Sayfiev, Ilhom SHomurodov, SHuhrat Muhammadiev va SHerzod Azamov kabi futbolchilarga esa kecha uylariga javob berib yuborildi.
Bu futbolchilar Mustaqillik bayramimizni o'z uylarida bemalol nishonlash imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ammo ularni kayfiyatlari bayramga hamnafas ekanligiga ishonish qiyin. Har holda har bir futbolchi terma jamoa safidan qolib ketsa ranjishi tabiiy.

Bundan sal avval esa terma jamoaning kengaytirilgan tarkibidan o'rin olgan yana bir "Nasaf" azosi Odilbek Hamrobekov OTJ bilan Slovakiyaga yuborilgan edi. Aleksandr Merzlyakov esa terma jamoaning mashg'ulotlarida ko'rinish bergani yo'q. Merzlyakov jarohati tufayli yig'inda ishtirok eta olmayapti.

Kengaytirilgan tarkib malum qilinganidan so'ng, ushbu futbolchilarning etti nafar azosi yakuniy ro'yxatdan tushib qolishi aniq edi.

Hozircha jarohatlangan Aleksandr Merzlyakov va "Nasaf"ning hali sanab o'tilgan olti nafar futbolchilari ro'yxatdan tushib qolishdi. Demak yana bir futbolchi hali MTJ lagerini tark etishi aniq. Bu kim bo'lishini esa Babayan yaqin kunlar ichida hal etsa kerak.

Tarkibdan tushib qolgan futbolchilar rostan ham ayni paytda MTJga yordam bera olishmaydimi? Ularning poziciyasida ulardan kuchlirog'i bormi?
SHu joyda men Babayanning SHerzod Azamov va SHuhrat Muhammadiev borasidagi qaroriga qo'shilmagan bo'lardim. Bu endi o'zimning shaxsiy fikrim.
Tan olish kerak, hozirgi kunda SHuhrat Muhammadiev o'ng qanot himoyasida mamlakatimizdagi eng kuchli futbolchi. Unga bu borada raqobatlasha oladigan futbolchi kam. Akmal SHorahmedovni aytadigan bo'lsak, "qaldirg'ochlar" azosi terma jamoa yig'iniga umuman taklif etilmagan. Muhammadievning raqobatchisi Davron Hoshimovning esa ayni paytda Muhammadievdan ustunroq jihatlarini ko'rmayapman. Lekin Babayanning bu boradagi fikri boshqacha ekan. Biz esa uning qarorini hurmat qilishga majburmiz.
SHerzod Azamov xususiga keladigan bo'lsak, Azamov uzoq muddatli jarohatlar girdobidan chiqqanidan so'ng o'zining optimal formasiga kirib olgandi. Bu mavsumda Azamov chempionatimizdagi eng barqaror markaziy himoyachi deb bemalol aytsa bo'ladi.
Uning OCHLdagi ishonchli o'yinlari ham fikrimga isbot bo'la oladi. SHerzod Azamov shu kecha-kunduzda Krimec yoki Mullajonovdan kuchli bo'lsa kuchlidir, ammo kuchsiz emas. Bu ham meni shaxsiy fikrim. Kimdir bu fikrga qo'shilmas. Hozircha Babayanning bu boradagi fikri ham boshqacha.

Terma jamoamizning har kungi mashg'ulotlarini stadiondan kuzatib boryapman. To'g'risi, mashg'ulotlar jarayoni o'zgacha, qiziqarli tarzda o'tmoqda. Rang-baranglik shundoq sezilib turibdi. Ammo, asosiysi bu emas. Muhimi - Babayan o'zining g'oyalarini futbolchilar miyasiga singdira olishidadir. Ushbu mashg'ulotlardagi mehnatlar samarasini rasmiy o'yinlarda ko'rish kerak. Mashg'ulotlarda asosan taktik va jismoniy taraflama ishlanmoqda. Himoyadan tezlik bilan hujumga o'tish borasida ham ishlar jiddiy olib borilmoqda.


O'tgan kuni terma jamoa azolari ikkiga bo'lingan holda "Paxtakor" stadionida o'zaro nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.

"Ko'klar" va "Sariqlar" o'rtasida kechgan bahsda, "Sariqlar" yirik 3:0 hisobida g'alabani o'z hisoblariga yozib qo'yishdi. Aftidan o'sha bahsda "Ko'klar" sharafini himoya qilgan futbolchilar asosiy tarkib yig'indisi edi. Ammo uchrashuvda "Sariqlar"ning qo'li baland kelgani ham etiborga loyiq. Aleksandr Geynrix penaltidan, Sanjar SHoahmedov va ikkinchi bo'limda "ko'klar"dan "sariqlar" safiga o'tgan Stanislav Andreev Lobanov  qo'riqlagan darvozani ishg'ol etishdi.


Ushbu o'yinda va mashg'ulotlarda ko'zga tashlanayotgan etiborga molik jihat bu - Islom To'xtaxo'jaevning o'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynayotganidir. SHuhrat Muhammadievga javob berib yuborgan Babayan o'ning o'rniga markaziy himoyachi Islom To'xtaxo'jaevni sinab ko'rmoqda.
Katta ehtimol bilan To'xtaxo'jaev Yamanga qarshi bahsni o'ng qanot himoyachisi sifatida asosiy tarkibda boshlaydi. Bu menimcha Yaman uchun ham, biz uchun ham kichik "syurpriz" bo'ladi.

Yarim himoya chizig'ida raqobat juda kuchli. Markazni aytmay qo'ya qolay. Qanotlarda Sardor Rashidov, Sanjar Tursunov, Jasur Hasanov va o'zbek RoNOLdusi sifatida qaraladigan Stanislav Andreev kabi futbolchilarimiz bor. SHohruh Gadoevni qo'shib yozmoqchi edim. Lekin bu futbolchini na tarkibda, na mashg'ulotlarda ko'rdim. Demak Gadoev hozirda terma jamoa darajasida emas. Oliy ligada porlayotgan Gadoevning poziciyasida undan ham "kuchliroq" nomzodni ko'ryapmiz. Ko'pchilik nega Gadoev yo'q deb savol bilan murojaat qilmoqda. Bizga ham bu qiziq. Babayan o'yin oldi matbuot anjumaniga qadar jurnalistlar bilan muloqot qilishni maqul ko'rmadi. Yaxshisi ko'proq ishlab turaman, savollarga esa matbuot anjumanida javob beraman dedi. To'g'ri, hozir Babayanni chalg'itmay turganimiz maqul. Savollarga esa ertaga matbuot anjumanida javob olarmiz.

Hujum chizig'ida tanlovimiz u qadar ko'p emaski, bu haqida qattiq bosh qotirsak. Taklif etilgan hujumchilar tanlovi ideal darajada.


Buyog'iga hozirda hamma uchun ochiq qolayotgan savolga javob izlashga urinib ko'ramiz. Terma jamoamizning asosiy posboni kim bo'ladi?
Yamanga qarshi o'yin oldidan bu u qadar dolzarb mavzu bo'lmas. Ammo kelajak uchun bu juda muhim. Yaman kabi terma jamoalarni O'zbekiston o'zining istalgan tarkibi bilan yutishi kerak.

Hozirda yig'inda ishtirok etayotgan darvozabonlar - Aleksandr Lobanov, Eldor Suyunov va Ignatiy Nesterov.


Aleksandr Lobanov endi terma jamoamizning to'laqonli azosiga aylandi. Babayan MTJga endi bosh murabbiy bo'lib tayinlanganidan so'ng, "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida ushbu masala bo'yicha echim topishga harakat qilishini va Lobanovni hozirda O'zbekistondagi birinchi raqamli darvozabon deb hisoblashini takidlagandi.
Terma jamoa ustozi sifatida Babayanning ushbu gaplari balki ochiq qolayotgan savolimizga o'shandayoq javob berib ulgurgandir! Yana kim biladi deysiz?
Lobanov so'nggi ikki mavsumda "Paxtakor" safida yaxshigina o'sishga erishdi. Babayan uning imkoniyatlarini yaxshi bilgani bois uni MTJga jalb etdi.


Ignatiy Nesterov ushbu mavsum startini jarohati bois o'tkazib yubordi. "Lokomotiv" safida Mamur Ikromov bilan asosiy tarkib uchun kurash olib borayotgan tajribali Nesterov doimgidek terma jamoamizning yig'iniga taklif oldi. To'g'risini aytish kerak, Nesterovning hozirgi formasi avvalgidek emas. Ignatiy ushbu mavsumda (JCH saralash bosqichi, chempionat va OCHL) jami 11 marotaba maydonga tushdi. Bu uning o'yin amaliyoti juda kamligidan darak beradi.
Ignatiy Nesterov ushbu saralash bosqichining  1-tur o'yinida KXDRga qarshi maydonga tushganini va o'tkazib yuborilgan gollarda uning ham "hissa"lari bo'lganini takidlab o'tishimiz lozim. Nesterovning Suyunov va Lobanovdan ustun jihati bu - tajribasi. Lekin Nesterovning tajribasi deb, qolgan  etishib chiqayotgan kiperlarimizning kelajagiga befarq bo'la olmaymiz. Suyunov yoki Lobanov shu kabi o'yinlarda maydonga tushib tajriba to'plashmaydimi axir?!


Eldor Suyunov uch yildan buyon "Nasaf"ning asosiy darvozaboni hisoblanadi. Suyunov oxirgi ikki mavsumda katta o'sishga erishdi va jamoaning haqiqiy etakchisiga aylanib ulgurdi. "Nasaf" ko'plab o'yinlarda Eldor Suyunovning ishonchli harakatlari evaziga ochkolarni rasmiylashtirib olgani ham etiborga molik.Ushbu mavsumda "Nasaf"ning qaysi o'yinini tomosha qilgan bo'lsam shuni aytishim mumkinki, Suyunov har bir o'yinda chinakamiga mahorat ko'rsatib, ajoyib "seyv"larni amalga oshirmoqda. Hozirgi kunda Suyunov Lobanov va Nesterovdan ham yaxshi formada.
OCHLda Eldor Suyunov darvozabonlarimiz ichida eng kam gol o'tkazib yubordi. Ikki marta "quruq" o'yin o'tkazdi. O'sha o'yinlarda Eldor Suyunov rasman uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etildi. Ushbu natijani OCHLda boshqa hech bir kiperimiz qayd eta olmadi.
Bu ko'rsatkichlar ham Suyunovning qanday salohiyatga ega ekanligini ko'rsatib turibdi.

Yaxshisi ushbu uchala darvozabonimizning 2015 yilgi mavsumdagi statistikasini sizlarga havola etaman. Yaxshisi o'zingiz solishtiring va baho bering.

Statistika:

Aleksandr Lobanov - O'tkazgan o'yinlari: 27, O'tkazib yuborgan gollari: 25, Quruq o'yin: 9

Ignatiy Nesterov - O'tkazgan o'yinlari: 11, O'tkazib yuborgan gollari: 9, Quruq o'yin: 4

Eldor Suyunov - O'tkazgan o'yinlari: 21, O'tkazib yuborgan gollari: 14, Quruq o'yin: 11

(O'zbekiston chempionati, O'zbekiston superkubogi, JCH-saralash bosqichi, OCHL)


Kim maydonga tushishini bosh murabbiy hal etadi. O'ylaymizki, bu borada Babayan nomzodlar ichidan eng munosibini tanlaydi. Kimning maydonga tushishi muhim emas, to'g'ri. Asosiysi, ko'zlangan maqsadga erishish kerak. Bu borada terma jamoamizga va debyut o'yini ostonasida turgan Samvel Babayanga omad tilab qolamiz!

Umid qilamizki, terma jamoamiz Samvel Babayan bosh murabbiyligi ostida ko'zlangan marrani zabt etib, o'zbek futboli muxlislariga quvonchli onlarni taqdim etishadi.


Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin, aziz yurtdoshlar!

Xudo xohlasa Mustaqilligimizning 26 yilligini nishonlayotganimizda, "cho'ntagimizda" JCH-2018 chiptasi turgan bo'lsin!


SHahboz Beg'amov

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика