So’nggi yangiliklar

20:15"Локомотив" "SWM Motors" билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  0 20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  0 19:55Суперлига. "Динамо" – "Металлург" 0:1 (матнли трансляция)  8 19:50Улуғбек Бақоев: "Футболда шунақаси ҳам бўлиб туради"  5 19:33Кварацхелия "Наполи"дан кетмоқчи эмас  2 19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  6 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  14 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  1 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  14 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  12 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  3

Mirabror Usmonov O'zPFL klublari rahbarlari va murabbiylari bilan uchrashdi Yangiliklar

Mirabror Usmonov O'zPFL klublari rahbarlari va murabbiylari bilan uchrashdi

Bugun O'zbekiston Futbol Federaciyasining anjumanlar zalida bo'lib o'tgan yig'ilishni Mirabror Usmonov mana shu mazmundagi gaplar bilan boshladi.

O'zbekistonda sportni rivojlantirish bo'yicha oxirgi yillarda qilinayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar shuni ko'rsatmoqdaki, bugungi kunda sportni, shu qatorida futbolni rivojlantirishning o'zbekcha modeli paydo bo'ldi. SHu sababli ham dunyo mutasaddilari o'z nutqlarida futboli jadal rivojlanayotgan mamlakatlar orasida O'zbekiston nomi albatta tilga olib o'tmoqdalar.

Bu etiroflar o'z-o'zidan bo'lib qolayotgani yo'q. CHunki, mustaqillik yillarida o'zbek futbolini rivojlantirishga asos bo'lib xizmat qiladigan poydevor yaratildi. SHu bilan birga, futbolimizning ertangi kunini yanada yuksaltirishga, boshlangan buyuk ishlarni davom ettirishga qurbi-qudrati etadigan, futbolimizning yangi davriga kirib kelayotgan etuk va barkamol, mustaqil fikrlaydigan mutaxassislarning yangi avlodni kamol toptirish ishlari ham ishga qo'yildi.

Bugun O'zbekiston Futbol Federaciyasining anjumanlar zalida bo'lib o'tgan yig'ilishni Mirabror Usmonov mana shu mazmundagi gaplar bilan boshladi. Majlisda O'zbekiston terma jamoalari murabbiylari, oliy liga klublarining murabbiylari va rahbarlari, Federaciya va Professional futbol ligasining mutasaddilari ishtirok etdi. Unda 28 sentyabr kuni elon qilingan O'zbekiston Futbol Federaciyasi Ijroiya Qo'mitasining “Paxtakor”-“Metallurg” uchrashuvi bo'yicha qabul qilgan qarori va uning futbol jamoatchiligi ichida bergan aks-sadosi muhokama qilindi.

Mirabror Usmonov futbolning yanada rivojlanishi yo'lida tinimsiz mehnat qilib uning taraqqiyotiga o'zining kamtarona hissasini qo'shayotgan mutaxassislarga minnatdorchilik bildirar ekan, muxlislarga halol kurashlarga boy bo'lgan futbol musobaqalarini tashkil etishda qing'irliklar ham borligini afsus bilan tilgan oldi.

“Biz kelishilgan o'yinlar qarshi kurashadigan ekspertlar kengashini tashkil etayotganimizda futbolning tabiiy yaxlitligini saqlash, uni musobaqa doirasidan tashqaridagi kuchlardan himoya qilish va yakunda ishqibozlar maza qilib tomosha qiladigan o'yinni tashkil etishni asosiy maqsadimiz qilib belgilab olgandik”, - deya so'z boshladi Mirabror Usmonov.

Darhaqiqat, 2014 yilda O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan “Kelishilgan o'yinlarga qarshi bo'yicha ekspertlar kengashi” tashkil etilib, taniqli futbol faxriysi Ahrol Inoyatov unga rais etib tayinlangan edi. Kengash futbol qoidalariga tegishli amaldagi barcha meyoriy xujjatlar bilan tanishib chiqdi, futbol klublarining tuzilmasi o'rgandi. Yakunda esa futbolda halol kurashni taminlash bo'yicha klublar rahbariyati va bosh murabbiylariga javobgarlik yuklaydigan bir qator xujjatlar ishlab chiqildi. Joriy mavsum oldidan O'zbekiston Professionda Futbol Ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etayotgan klublar vakillari “Futbolning yaxlitligi haqida deklaraciya”ni to'ldirishdi.

Qo'mita, shuningdek, O'zbekiston chempionatining bu mavsumdagi barcha o'yinlarining video tasvirlari sinchkovlik bilan ko'rib, jamoalarni kuzatib bormoqda, matbuot monitoring qilinmoqda. Qo'mita ish boshlashi bilanoq O'zbekiston Futbol Federaciyasida sport principlariga mos bo'lmagan o'yinlar haqidagi malumotlar bazasi tashkil qilindi. Tegishli mutasaddilar har bir jamoa, murabbiy, futbolchi yoki hakamning bunday o'yinlardagi ishtiroki bilan bog'liq shubhali vaziyatlarni ko'rib chiqdi.

Federaciya prezidenti kun tartibidagi masala bo'yicha mavzuni ochar ekan, Rustam Mirsodiqov haqida alohida gapirib o'tdi.

“Masalan, kengash tomonidan taqdim etilgan bizdagi malumotlarga ko'ra, mavsum oxirigacha licenziyasi olib qo'yilgan Rustam Mirsodiqovning harakatlari avvallari ham shubhali ko'ringan bo'lsa-da, oxirgi vaqtlarda yaxshi tomonga o'zgargan edi. U o'zbek futboli uchun juda katta ishlarni qilgan va qilgan mehnatlarini biz qadrlaymiz. Aytsam ishonmaysiz, murabbiylar kengashining qaysidir majlisida, 2 oycha ilgari, terma jamoalardan biriga uning nomzodini ham ko'rib chiqqan edik. Ming afsuski, Rustam Mirsodiqov qing'ir ishlarning qurboni bo'ldi. Bu ishning ustida turganlar esa uning bugungi ahvolini jimgina kuzatishdi”.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi Ijroiya Qo'mitasining qarori futbol jamoatchiligi orasida turlicha aks-sado berdi, ammo muhokama qilganlarning aksariyati, “Paxtakor” jamoasining jazodan qutulib qolganligini juda tushunarsiz qabul qildi. Mirabror Usmonov mana shu masalaga ham etiborini qaratdi.

“Paxtakor”-“Metallurg” uchrashuvida yuz bergan voqea, bu katta sharmandalikdir”, - deydi u. To'g'ri, biz hozircha, Rustam Mirsodiqovning murabbiylik licenziyani mavsum oxirigacha qaytarib oldik. Lekin, bu bilan ushbu masalaga nuqta qo'yilmadi. Bu masalaga Ijroiya Qo'mitasi azolari hali qaytishadi va mavsum oxiriga qadar mojaroga dahldor boshqa jihatlar ham o'rganilib, tegishli choralar qo'llaniladi. Biz “Paxtakor” masalasini atroflicha o'rganib, jamoatchilik uchun jumboqligicha qolayotgan jazo chorasini belgilaymiz. Bunga vaqt kerak”, - deydi Usmonov.

Bu orada Federaciya rahbari O'zbekiston klublari o'rtasidagi musobaqalar reglamentiga kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish bo'yicha alohida band kiritish va umuman uni 2016 yildan boshlab qaytadan tuzib chiqish tashabbusi bilan chiqib, bu borada O'FF Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev va PFL direktori Farhod Magametovga topshiriq berdi.

“Reglamentda ayrim masalar ochiq qolib ketgan va biz yuzaga kelgan shu vaziyatlarni inobatga olib, bugun biz gapirayotgan mavzuga aloqadorligi aniqlangan shaxslarga qo'llaniladigan jazo choralarini kuchaytirishimiz kerak. Kerak bo'lsa, klubni quyi ligaga tushirib yuborish, ochkolarini olib tashlash, unvonlardan mahrum etish masalasini ham kiritishimiz kerak”, - deydi Usmonov.

“Men jamoatchilik fikrini o'rganib chiqar ekanman, muxlis va jurnalistlarning o'rinli savollariga duch kelyapman: nega faqat bir tomon jazoga tortildi? Gap shundaki, ushbu masalani o'rganish asnosida kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish bo'yicha ekspertlar kengashi raisi Axrol Inoyatov “Paxtakor” klubi bo'yicha hech qanday xujjat yoki isbot topa olmadi. Bu faqat hozircha”.

“Bilamiz, “Paxtakor” xalq jamoasi, lekin mavsum yakunlari bo'yicha “Paxtakor”, chempion bo'ladimi, kumush yoki bronza medallarini oladimi, qanday o'rinni olishidan qatiy nazar, bo'lib o'tgan voqealardan keyin jamoa azolari bu medallarni qanday taqib yurisharkin? Va biz “Paxtakor”ni mana shu tomonlari uchun yoshlarimizga o'rnak qilib ko'rsatishimiz kerakmidi? SHumi xalq jamoasi?” deya kuyinib gapirdi Federaciya rahbari.

Usmonov masalaga yanada chuqurroq yondashar ekan, bu mashmashalarda kimlarning qo'li bor bo'lishi mumkinligiga ham to'xtalib o'tdi.

“Bu ishlarning boshida kim turibdi? Umuman, “Paxtakor” jamoasi rahbarlari ham ko'chaga chiqishga uyalarmikin? Men bunday sharmandalikni ko'tarolmagan bo'lardim. Bilmadim, qanday bosh ko'tarib yurishibdi. Ularning o'rnida bo'lganimda o'z ixtiyorimga ko'ra, yaxshilikcha futboldan ketardim”, - deydi Usmonov.

Mirabror Usmonov butun futbol jamoatchiligi kutayotgan savolga nihoyat javob berdi.

“Endi “Paxtakor” nega jazolanmadi?” degan savollarga javob berib o'tsam: yil yakunlariga ko'ra “Paxtakor” shunday jazolanadiki, futbol ishqibozlarini qing'ir o'yinlar bilan aldash uyoqda tursin, bu haqda hayoliga ham keltirganlar ham tavba qiladi”.

“Umuman kim deb o'ylayapti o'zini bu “Paxtakor” rahbarlari? “Metallurg” bilan mojaro sovib ulgurmay, bosh murabbiy No'mon Hasanovning Farg'onada “Neftchi”ga qarshi o'yinda o'zini qanday tutganini nima bilan izohlash mumkin?” – deydi Mirabror Usmonov.

Mirabror Usmonovning takidlashicha kelishilgan o'yinlarni tashkil qilishdagi asosiy gumondorlar bu klublarning katta rahbarlaridir. Hatto, klubda rasman ishlamaydigan katta-katta rahbarlar borki, futbolning bugungi ob-havosiga tasir ko'rsatishga urinadi. Ular klublar, murabbiylar qolib, maydondagi futbolchilarni yo'ldan urishga harakat qilishadi va bunday rahbarlar allaqachon kuzatuv ostiga olingan.

“Men sizga vada beramanki, bunday rahbarlar yanvar oyigacha futboldan ketadi. Meni gapimni yaxshilab etkazinglar, o'zlari yaxshilikcha ketishmasa, sharmandalik bilan ketadilar”, deya so'zini tugatdi Mirabror Usmonov.

O'FF matbuot xizmati

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика