So’nggi yangiliklar

19:35"Ноттингем Форест" — "Манчестер Сити". Де Брюйне асосий таркибда, Холанд эса захирада  0 19:25Ўзбекистон кубоги. "Динамо" - "Навбаҳор" 1:1 (Матнли трансляция)  39 19:00Ўзбекистон кубоги. Бугун 6та ўйин бўлиб ўтади  16 18:38Кунде АПЛ клубига ўтиши мумкин  2 18:14Осиё Кубоги. Ўзбекистон Индонезияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  4 18:09Футзал бўйича Осиё кубоги. Ярим финалда пенальтилар серияси орқали Ўзбекистондан ўтган Эрон финалда Таиландни қийинчиликсиз мағлуб этди ва 13-бор ғолибликни қўлга киритди  3 18:00Туркия Суперлигаси. "Кайсериспор" "Пендикспор" меҳмони бўлмоқда, Шукуров илк дақиқалардан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  2 18:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Арсенал" ўртасида Лондон дербиси бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:30А Серия. Чалханоглунинг дубли "Интер"га "Торино" устидан ғалабани тақдим этди  4 16:49Индонезия U-23 бош мураббийи: "Ўзбекистоннинг нега кўп гол уриб, дарвозасидан тўп ўтказмаслигини билиб олдим. Мен бу жамоага ютқазмаганман"  33 16:43Футзал бўйича Осиё кубоги. Хосе Венансио Лопес Тожикистонга қарши ўйиндан сўнг нималар деди?  7 16:08ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Елимай" билан дуранг ўйнади, Яхшибоев ва Умаров эса...  1 15:40"Бавария" — "Реал" ўйинини ким бошқариб боради?  14 15:15Тимур Кападзе Индонезияга қарши кечадиган ярим финал баҳсидан олдин нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  25 15:08"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси учун 80 млн евродан ортиқ таклиф қилади  1

Mbappe, Roys, Kroos, Modrich. Kim bilan hozirdanoq yozda shartnoma imzolash uchun muzokaralar o'tkazish mumkin? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Mbappe, Roys, Kroos, Modrich. Kim bilan hozirdanoq yozda shartnoma imzolash uchun muzokaralar o'tkazish mumkin? (mutolaa uchun)

SHartnomasini uzaytirmagan o'yinchilar 1 yanvardan boshqa klublar bilan muzokaralar o'tkazish huquqiga ega.

Bugun sizlar bilan ulardan eng mashhurlari bilan gaplashamiz.


Kilian Mbappe, PSJ

Hujumchi 2023/24 yilgi mavsum 21+2 qayd etdi.



U shartnomasi yarim yil qolganda Parij klubida qolish yoki qolmasligini bilmaydi. Agar u shartnomani uzaytirishga qaror qilsa, bu uzoq muddatli bo'ladi. Aks holda o'yinchiga "Bavariya" va "Real" ko'z tikib turibdi.

"Real"ning 2024 yilning qishida francuzga so'nggi bor murojaat qilishi malum – madridliklar yanvar oyi so'nggiga qadar kutishga tayyorlar, shundan so'ng boshqa maqsadlarga o'tishadi.


Adrien Rabo, "Yuventus"

Rabo – "Yuventus"ning asosiy o'yinchisi, u atigi ikkita o'yinni (sariq kartochkalar yig'ilib qolgani sabab "Kalyari" bilan o'yinni, jarohat sabab "Jenoa" bilan o'yinni) o'tkazib yubordi. Adrienning Turinda bo'lishi evrokuboklarga bog'liq – agar "Yuventus" u erga yo'llanma olsa, qolish imkoniyati oshadi.

"Yuventus" o'yinchi bilan shartnomani uzaytirishni muhokama qilmoqchi, ammo kelishvuga erishilmasa, Football Italia'ning malumotiga ko'ra, "Barselona" o'yinchini jarohatlangan Gavining o'rniga olishi mumkin.


Tomash Souchek, "Vest Xem"

"Vest Xem" tayanch o'yinchisi beshinchi mavsumdirki londonliklar safida o'ynamoqda va muntazam ravishda o'yinlarni to'liq o'tkazadi. Klub Souchekni saqlab qolmoqchi va bitimni yana bir yilga avtomatik uzaytirish bandini faollashtirishni rejalashtirmoqchi.



Bunga chexning CHLda o'ynash xohishi halal berishi mumkin. O'yinchini "Inter" kuzatmoqda, muzokaralar qishdayoq boshlanishi mumkin.


Petr Zelinski, "Napoli"

Polshalik yarim himoyachi Neapolda qolishni rejalashtirmayapti va "Inter" bilan dastlabki kelishuvga erishdi. Milanliklardan tashqari o'yinchiga "Yuventus" aloqaga chiqqan, ammo kelishuvga erishilmagan.

Zelinskining yozda ketish ehtimoli ko'proq – undan oldinroq ketishni rejalashtirmayapti. Agar "Napoli" qandaydir pul ishlab olish uchun sotishga qaror qilmasa...


Marko Roys, "Borussiya" (Dortmund)

"Dortmund" afsonasining kelajagi Edin Terzichga bog'liq. Roys ochiqchasiga murabbiyga qarshi chiqmoqda, u shu sabab "Maync"ga qarshi o'ynamadi, rahbariyat esa Terzich tomonda. Agar Edin qolsa, sardor o'yinchi shartnomasining so'nggiga qadar zaxirada o'tishi va yozda faoliyatini yakunlashi mumkin.



Mario Ermoso, "Atletiko"

Mario – "Atletiko"ning asosiy himoyachisi, Ispaniyadagi eng zo'rlaridan. Uning shartnomani uzaytirishiga shubha yo'q, bundan tashqari buni Diego Simeone talab qilmoqda. Ermosoga shuningdek Aleks Sandroga o'rinbosar izlayotgan "Yuventus" qiziqmoqda.


Koke, "Atletiko"

Koke faoliyatini "Atletiko"da yakunlashni orzu qiladi, ammo klub uning maoshini ikki baravarga kamaytirmoqchi. Marca malumotiga ko'ra, ispan yanvarda boshqa klublar bilan muzokaralar o'tkazmaydi, ammo o'ziga bo'layotgan munosabatdan xafa.


Gido Rodriges

Gido – kuchli tayanch xavbeki, bozordagi asosiy figuralardan. As yozishicha, Rodrigesni "Barselona" va "Atletiko" diqqat bilan kuzatmoqda, "Man Yunayted" tomonidan ham qiziqish bor. Argentinalik "Betis"ga top-klubga ketmoqchi ekanligini xabar qildi, u hatto qishda ham bunga qarshi emas.


Viktor Lindelyof, Aaron Van-Bissaka, Antoni Marsyal – MYU

Lindelyof – MYUning asosiy himoyachisi, ayniqsa raqobatdoshlari jarohatlari va Rafael Varanning yomon formada bo'lgan payti. SHved qolishni xohlamoqda, klub bitimni uzaytirish bandini faollashtirishni rejalashtirmoqda, ammo Viktorni bir oyga safdan chiqishga majbur qilgan jarohat rejalarni o'zgartirishi mumkin.

Van-Bissaka martda ajoyib formada edi va MYU asosiy tarkibida o'ynadi, ammo hozir yana kam o'ynamoqda va buning sababi jarohatlar. Aaron Erik ten Xagga yoqadi, unda bitimni uzaytirish bandi bor.

Marsyal – "Yunayted" shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayotgan yagona o'yinchi, francuz aniq ketadi. Antoni klubda deyarli 10 yil o'ynadi va baribir porlamadi, hozir hattoki saudiyaliklarga ham kerak emas ("Al Nasr"ga taklif qilishdi, klub francuzning jarohatlarga moyilligi sabab rad javobini berdi).



Mexdi Taremi, "Portu"

Yozda "Inter" va "Milan" 31 shli Taremini o'z saflariga qo'shib olishmoqchi edi, ammo "Portu" 20 mln evrodan ortiq so'radi. Italyanlar rad etishdi, endilikda eronlik bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolashmoqchi. Forvardning o'zi ham ketmoqchi.


Anxel Di Mariya, "Benfika"

Argentinalik shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Anxel joriy mavsumni "Benfika"da tugatib qo'yadi, keyinchalik faoliyatidagi ilk klubi bo'lmish Argentinaning "Rosario Sentral"iga qaytadi.


Aleks Meret, "Napoli"

Yoshligida Janluiji Donnarumma bilan taqqoslangan "Napoli"ning asosiy posboni. Meret Italiyada yuqori baholanadi, raqobatda Perluiji Gollinini osongina engdi.


Jorjino, "Arsenal"

"Arsenal"ning muhim qismiga aylandi, ammo italyan allaqachon 32 yoshda. La Gazzetta dello Sport'ning xabar berishicha, Jorjino Italiyaga qaytishga qarshi emas, unga "Yuventus" qiziqmoqda, ammo turinliklar ko'proq Petr Zelinskini afzal ko'rishmoqda.



Toni Kroos, "Real"

Toni 33 yoshda, u yozda faoliyatini yakunlashni o'ylab ko'rdi, ammo yana bir yil qoldi. Nemis "Madrid" darajasiga to'g'ri kelishiga ishonchi komil emas, shuningdek yoshlarga halaqit bermoqchi emas. Qaror hozircha yo'q, ammo Kroos xohlasa qoladi, "Real" darhol yangi shartnoma taklif qiladi.


Luka Modrich, "Real"

Modrich ham Kroos kabi faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda. Ammo, Zagrebning "Dinamo" klubida (38 yoshida!) yana o'ynashi mumkin, bunday variant ham ko'rilmoqda. Xorvat hozircha "Madrid"da ekan kelajagi haqida faqatgina Evrodan keyin o'ylab ko'radi.



Tiago Alkantara, "Liverpul"

Tiago joriy mavsum hali "Liverpul"da o'ynamadi, ammo "Barsa" unga jarohat olgan Gaviga o'rinbosar sifatida qaramoqda. Alkantara qaytishga qarshi emas, ammo uni sonidagi doimiy muammolar qiynamoqda. Balki 32 yoshli ispan faoliyatini yakunlar.


Joel Matip, "Liverpul"

"Liverpul" Matip bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmagandi, u endilikda jarohat oldi va mavsum so'nggiga qadar futbolsiz qoldi. Joel aniq ketadi, uni Artyur Teatga ehtimoliy o'rinbosar izlayotgan "Renn" kuzatmoqda.


Sports.ru'dan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика