Lukaku: "Jahon darajasidagi futbolchiman"
25 iyu 2021 21:28
Yangiliklar
Lukaku: "Jahon darajasidagi futbolchiman"
Belgiya hujumchisi Romelu Lukaku o'z yutuqlari haqida gapirdi.
"Men juda ko'p yutuqlarga erishdim, lekin har doim bundan ham ko'prog'iga erishishga harakat qilganman. Endilikda oldinga yana bir qadam tashlashga harakat qilaman. Maqsadim — Belgiya terma jamoasi bilan Evropa chempioni bo'lish.
Odamlar Robert Levandovski, Karim Benzema yoki Harri Keyn haqida gapirishganda, ularni "jahon darajasidagi o'yinchilar" deb atashadi. Ammo men haqimda gap ketganda, ular meni "yaxshi o'yinchi" deb atashdi. Bu meni yanada ko'proq ishlashga va kuchliroq bo'lishga undaydi. Hozirda men ham ushbu jahon darajasidagi o'yinchilar ro'yxatiga kirganman deb o'ylayman", — deya takidladi Lukaku.
Fikrlar