Lotar Matteus: Mourino Gvardioladan kuchli
04 avg 2015 08:55
Yangiliklar
Lotar Matteus: Mourino Gvardioladan kuchli
Bavariyaning afsonaviy futbolchisi Lotar Matteus Joze Mourinoni Xosep Gvardioladan kuchli murabbiy deb atadi.
Gvardiola dunyoning eng kuchli murabbiyi emas. Menga ko'proq Mourino yoqadi. U Gvardiolaga nisbatan ochiq, dangalchi hisoblanadi. Futbolchilar Joze doim o'ylaganini ularning yuziga aytishini takidlab kelishadi.
Pep Bavariyadan ketadi. SHartnomani uzaytirish uchun qishni kutib nima naf? Hozir uzaytir yoki ket. Gvardiolani juda hurmat qilaman, lekin bir narsaga oydinlik kiritsin: SHartnomani nega hozir uzaytirmayapsiz?
Bavariyani Yurgen Klopp boshqarishi mumkin, xorijliklardan – Mourino, ammo u CHelsidan ketmaydi, Anchelotti ham bor, – deydi Matteus.
Fikrlar