"Liverpul" Dias borasida PSJdan taklif olgani yo'q Yangiliklar

"Liverpul" Dias borasida PSJdan taklif olgani yo'q

"Qizillar" kolumbiyalik futbolchini sotmoqchi emas.

Angliyaning "Liverpul" klubi Franciyaning PSJ jamoasidan vinger Luis Dias bo'yicha hech qanday taklif olmadi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Hozircha 27 yoshli Dias borasida muzokaralar olib borilmayapti. "Qizillar" kolumbiyalik futbolchini sotmoqchi emas, parijliklar esa hozir boshqa ustuvorliklarga ega.

Luis Dias joriy mavsum "Liverpul" tarkibida 39 ta o'yinda harakat qilib, 11 ta gol urdi hamda 3 ta golli pas uzatdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика