"Liverpul" bosh murabbiyligi uchun yana bir nomzod paydo bo'ldi Yangiliklar

"Liverpul" bosh murabbiyligi uchun yana bir nomzod paydo bo'ldi

"Sporting" bosh murabbiyi ushbu lavozim uchun nomzodlardan biri sifatida ko'rilmoqda.

Portugaliyaning "Sporting" jamoasi bosh murabbiyi Ruben Amorim "Liverpul"da Yurgen Kloppning o'rnini egallashi mumkin, deb xabar beradi Nikolo Skira.

39 yoshli murabbiy "qizillar" bosh murabbiyligi uchun nomzodlardan biri sifatida ko'rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, yanvar oyida Yurgen Klopp ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etishini malum qilgandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика