So’nggi yangiliklar

19:39"Арсенал" кўрикка МЛСдан дарвозабонни таклиф қилди  0 19:17"Лейпциг" Хави Симонсни яна бир йил ўз сафида олиб қолмоқчи  0 18:54"Байер" ҳимоячиси "Бавария"га ўтиши мумкин  1 18:36Тиаго Силванинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  1 18:17Вирджил ван Дейк: "Эвертон"га қарши учрашувдагидек ўйин кўрсатсак, чемпион бўлолмаслигимиз аниқ"  4 17:55Анчелотти: "Барселона"да қолиш — Хави учун тўғри қарор"  10 17:36Энцо Фернандес учун мавсум якунланди  3 17:09Беллингем ва Родриго "Реал Сосьедад"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  4 16:55Саад Ал-Шеҳри: "Ушбу мусобақадаги таркибимиз, икки йил аввал чемпионликни қўлга киритган таркибимиздан кучлироқ"  21 16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  16 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   3 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  10 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  6 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  7

Krishtianu Ronaldudan haqiqiy do'stlik haqida hikoya Yangiliklar

Krishtianu Ronaldudan haqiqiy do'stlik haqida hikoya

Teglar :  Krishtianu Ronaldu
Bugun "Real" mega-yulduzi Krishtianu Ronalduning 31-tug'ilgan kuni.

SHu munosabat bilan portugaliyalikning o'zi so'zlab bergan do'sti haqidagi hikoyani yodga olishga qaror qildik.


"Muvaffaqiyatlarimda Albert Fantrauning katta xissasi bor va bu uchun undan minnatdorman. Biz bir paytlar yoshlar jamoasida birga o'ynar edik. O'shanda "Sporting"dan tashrif buyurgan odamlar bir o'yinda ko'p gol urganni akademiyaga olib ketishi haqida aytishdi.


Biz bu bahsda 3:0 hisobida g'alaba qozondik. Men birinchi golga mualliflik qildim, keyin Albert o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Uchinchi gol esa hammani hayron qoldirdi. Albert darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, posbonni aldab o'tdi va to'pni bo'sh qolgan darvozaga yo'llab qo'yishi mumkin edi. Ammo u to'pni menga oshirishga qaror qildi va men dubl qayd ettim. Kaminani akademiyaga qabul qilishdi. O'yindan so'ng undan nega bu ishni qilganini so'radim va shunda Alert quyidagicha javob berdi: "Sen mendan kuchliroqsan".


Bir necha yil o'tib jurnalist hikoya haqiqatligiga ishonch hosil qilish uchun Albertning uyiga yo'l oldi va Ronalduning do'sti barchasini tasdiqladi. Albertning so'zlariga ko'ra, u o'sha uchrashuvdan so'ng faoliyatini yakunlagan ekan, hozirda u ishsiz. O'sha paytda Albertning dang'illama uyi va mashinasi bor edi. Fantrau buni shunday izohladi: "Bu hammasi Ronalduning ishi".


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика