So’nggi yangiliklar

01:55"Байер" Германия кубоги финалида "Кайзерслаутерн"ни мағлубиятга учратиб, яна бир совринни ўзиники қилди!  0 00:58"Барселона" пул билан муаммолар сабаб Фликдан камроқ маошга рози бўлишни сўради  3 00:04Максим Шацких: "Бош ҳомийимиз ўз ҳисобидан ҳакамларга техника ва камера олиб бериш истагини билдирди, аммо таклиф рад этилди"  17 00:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Бетис"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:16"Ал Айн" — ОЧЛ ғолиби!  30 23:05Рўзиқул Бердиев: "Бугун биз кўп куч йўқотдик"  17 23:03Вадим Абрамов: "Насаф" яхши жамоа, аммо биз бу ўйинни очко йўқотдик деб ҳисоблаймиз"  15 22:57Туркия Суперлигаси. Турғунбоев ва Шукуров жамоалари ўртасидаги ўзаро баҳсда учта тўп киритилди  0 22:36"Ювентус" ҳимоячиси мавсум сўнггида клубдан кетади  1 21:58Бугун афсона охирги ўйинини ўтказади...  10 21:28Коутиньо "Ал Дуҳайл"дан кетди, у фаолиятини қаерда давом эттиради?  4 21:01Суперлига. Камчиликда қолиб кетган ва кўплаб вазиятларни кўкка совурган "Пахтакор" "Қизилқум" билан дуранг қайд этди  42 21:00Суперлига. 10 киши бўлиб қолган "Насаф" ўз уйида "Динамо" билан дуранг ўйнади  75 20:59Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  64 20:48"Зенит" "Ростов"ни мағлуб этди ва яна Россия чемпионига айланди  2

Kichik Doston Tursunovni taniysizmi? Yangiliklar

Kichik Doston Tursunovni taniysizmi?

Bu nom yangrasa, birdaniga milliy jamoamizning "terminator" himoyachisi, Xitoyning "CHuncin" klubi vakilini eslashingiz tabiiy.

Ammo tez orada ikkilana boshlaysiz. Quyidagi suratga etibor qarating.

Bu yigitcha roppa-rosa 21 yil oldin Andijonda tug'ilgan. Uning ota-onasi o'qimishli odam bo'lishini istashardi. SHu tufayli farzandlarini bazi fanlar chuqurlashtirib o'qitiladigan, ixtisoslashtirilgan maktabga berishdi. 6 yillik tahsildan keyin ilm-fanni bizga qoldirib, to'pchi bo'lishni tanlagan bolakay ayni paytda "Olimpik" klubi va O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sharafini himoya qilyapti. Bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan Dostonbek Tursunov bilan kichik suhbat uyushtirdik.


— Doston, qanday qilib "Olimpik" jamoasiga kelib qoldingiz?

— Men Baliqchi tumanida tug'ilganman. Futbolga boshqa tengdoshlarimga nisbatan ancha kech kirib keldim. 7-sinfga o'tayotgan paytimda Andijondagi futbol liceyiga qabul qilindim. Birinchi murabbiyim Yodgor aka Xurxonov Toshkentdagi musobaqaga olib kelgani esimda. U erda "Paxtakor"ning 2001 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilarini shug'ullantiradigan Stanislav Petrovich ko'rikka kelishimni aytgan. 1 haftalik sinovdan keyin "sherlar" tarkibiga qabul qilindim. SHu, ulg'aygandan keyin o'rinbosarlar jamoasida o'ynadim. 2021 yilning boshida esa Timur aka "Olimpik" tarkibiga jalb qildilar.

— Timur Kapadzening boshqa murabbiylardan ajralib turadigan 3 xislatini ayting.

— 1. O'yindan oldin har bir raqibni chuqur o'rganib, to'g'ri taktika tanlay oladi. 2. Futbol falsafasi juda kuchli, bu nazariy darslarimizda yaqqol bilinadi. 3. Eng mayda detallargacha etibor qilib, bizga nafaqat maydonda ustozlik qiladi. Balki uyda va ko'chada qanday yurish kerakligini ham o'rgatadi. Ehtimoliy xatolarimizning oldini olishga harakat qiladi.

— Nima deb o'ylaysiz, "Olimpik" loyihasi tug'ilmasa, bugun qaysi jamoa safida bo'lardingiz?

— Bu haqda o'ylab ko'rmagandim. 2021 yilning avvalida "Paxtakor" Pro ligaga jamoa qo'ymoqchi edi. O'shanda shug'ullanib turgandim. Keyin Timur akadan taklif keldi.

— 2021 yilgi o'yiningizdan ko'nglingiz to'ldimi?

— Yo'q, chunki yana ham o'sishim kerak edi. O'zimdan qoniqish hosil qilgan kunim o'sishdan to'xtab qolaman.

— "SHo'rtan" darvozasiga super gol kiritgan edingiz. O'sha bahs o'tgan mavsumdagi eng yaxshi o'yiningiz bo'ldimi?

— Menimcha, shunday. Lekin alam qiladigan tomoni ham bor. "Jar" stadionida o'tgan aynan o'sha o'yin translyaciya qilinmagani tufayli golni bugun tomosha qilolmaymiz.

— U-23 jamoamiz Parij Olimpiadasiga yo'llanma olsa, 2024 yilda kim etakchi bo'ladi?

— Bu borada aynan bir futbolchini ajratib ko'rsatolmayman. CHunki murabbiyimiz faqat jamoaviy o'yinga etibor qaratyapti va shu orqali muvaffaqiyatga erishmoqchi.

— Muxlislarda barcha futbolchilar katta maosh oladi va boy bo'ladi, degan qarash mavjud. "Olimpik" ham o'yinchilarga katta pul to'laydimi?

— Yo'q, unday emas. Bu jamoaga pul uchun emas, faqat o'sish uchun kelganmiz. To'lanayotgan pul o'zimizga etadi. Afsuski, sizga uning miqdorini aytolmayman. SHartnomamda bu taqiqlangan. Lekin bizda barcha o'yinchilarga bir xil oylik oladi.

— Doston, futboldagi eng katta maqsadingiz nima?

— Maqsadlar ko'p: Olimpiadada medal yutish, mundialga chiqish va Evropada o'ynash. 

— Doston Tursunovning kamchiliklari haqida gapiring.

— Jismoniy holatimda muammo bor. Ammo har kun shu kamchilikni bartaraf qilish uchun harakat qilyapman. O'zbekiston chempionatida bu muhim rol o'ynaydi.

— Suhbat uchun tashakkur. Tug'ilgan kunni yaxshi o'tkazing.

— Etibor uchun sizga ham rahmat. Iloji bo'lsa, futboldagi dastlabki ustozlarim Yodgor aka Xurxonov va Stanislav Petrovichga minnatdorchilik bildirmoqchiman.


Qadrli muxlis, ushbu futbolchini eslab qoling. Yaqin yillarda terma jamoamizning mudofaa qo'rg'onidagi Doston Tursunovlar soni 2 taga etishi mumkin. Ularning kichigini yana bir bor tavallud kuni bilan tabriklab, "Manchester Yunayted"da to'p tepishini tilab qolamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика