So’nggi yangiliklar

02:04Лига 1. "Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди, ПСЖ эса қийинчиликсиз ғалабага эришди  6 01:26"Барселона" янги ўйинчилар билан шартнома имзолай олмайди  5 01:25ЛаЛига. "Вильярреал" - "Реал Мадрид" 4:4  0 01:15ЛаЛига. "Атлетико Мадрид" - "Осасуна" 1:4  0 01:05ЛаЛига. "Барселона" - "Райо Вальекано" 3:0  0 00:50"Барселона" Испания суперкубоги ярим финалида "Атлетик" билан, "Реал" эса "Мальорка" билан ўйнайди  2 00:20Серия А. "Интер" - "Лацио" 1:1  0 00:00Ла Лига. Серлот "Реал"га 4та гол урди, "Барселона"дан йирик ғалаба ва "Атлетико"дан кутилмаган мағлубият  25 23:40Виталий Левченко: "Бугун мағлубиятга лойиқ эмас эдик"  8 23:15АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" 2:0  0 23:14Самвел Бабаян: "Бугунги футбол байрамида биз ғолиб бўлдик. Бундай дербиларда катта бўлганман"  32 23:10АПЛ. "Манчестер Сити" - "Вест Хэм" 3:1  0 23:05АПЛ. "Арсенал" - "Эвертон" 2:1  0 22:47Миржалол Қосимов: "Бугун очиқ футбол гувоҳига айландик"  8 22:40АПЛ. "Челси" - "Борнмут" 2:1  0

Kibersportdagi "Real". Evropa klubi ketma-ket ikkinchi marta Dota 2 bo'yicha jahon chempioniga aylandi Yangiliklar

Kibersportdagi "Real". Evropa klubi ketma-ket ikkinchi marta Dota 2 bo'yicha jahon chempioniga aylandi

Joriy yilning 15-25 avgust kunlari Xitoyning SHanxay shahrida Dota 2 bo'yicha norasmiy jahon chempionati - The International turniri bo'lib o'tdi.

Sovrin jamg'armasi 36 mln. dollar bo'lgan musobaqada 18ta kibersport klublari ishtirok etdi. Turnir "Mercedes-Benz Arena" nomli kibersport stadionida bo'lib o'tdi. 

G'olib jamoa 15 mln. dollardan ko'proq mukofot puliga ega bo'ladi va bu mablag'ni 5 kishi yoki 6 kishi (murabbiy bilan) teng bo'lishib oladi. Kibersport olamidagi bu yilning eng yirik turnirida o'tgan mavsum ham jahon chempioni bo'lgan OG nomli Evropa klubi zafar quchdi. Ilk marotaba bitta klub ketma-ket ikki marta The International g'olibiga aylandi.



Turnir jadvalini quyidagicha ko'rinish oldi:

Malumotlarga ko'ra, ushbu turnirning yakuniy bahsi - grand finalni 2 mln. akkaunt orqali jonli efirda tomosha qilishgan.


The International musobaqasida O'zbekistonda tug'ilgan ikki kibersportchi - Akbar Bo'taev (Sonneiko - Na'Vi klubi) va Artur Babaev (Arteezy - Evil Geniuses)lar ishtirok etishdi. Akbar o'z jamoasi bilan 13-16 o'rinni, Artur esa 5-6 o'rinni egalladi. Bundan tashqari, ilk bora Dota 2 bo'yicha jahon chempionatida qirg'izistonlik kirebsportchilar qatnashishdi. Evgeniy Ri (Blizzy) va Bakit Emiljanov (Zayac) Na'Vi tarkibida MDH sharafini himoya qilishdi.



Ushbu musobaqada g'olib bo'lgan OG jamoasining 5 vakili kibersport tarixida eng ko'p daromad topgan o'yinchilarga aylanishdi.


Turnirning oxirgi kunida Dota 2 bo'yicha keyingi yil o'tadigan jahon chempionatiga SHveciya poytaxti Stokgolm mezbonlik qilishi elon qilindi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика