So’nggi yangiliklar

15:02Эдерсон учун мавсум тугади  1 14:37Украина терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби аниқ  3 14:08"Бавария"нинг 11 нафар футболчиси машғулотни ўтказиб юборди  0 13:43Суперлига. 8-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  8 13:23"Арсенал" янги уй либосини тақдим этди  3 12:59"Барселона" Хавини ишдан бўшатади  8 12:34"Лидс" "Норвич"ни тор-мор этиб, Чемпионшип плей-оффининг финалига чиқди  0 12:13ОФК янги форматдаги мусобақаларни таништирди  10 11:56Ҳаким Фузайлов — "Хоразм" клуби бош мураббийи  9 11:34Рўзимбой Аҳмедов — "Хоразм" ФК бош директори  6 11:19ЎФА тасдиқлади. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Янги Зеландияга қарши ўйнайди  2 10:47Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин  1 10:20«Манчестер Юнайтед» собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади  9 09:53«Ал Насср»нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас  6 09:25Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери. Рўйхатдан МЮнинг уч нафар футболчиси жой олди  6

Kiberfutbol. “Championat.asia kubogi” g'olibi “Metallurg” klubi kiberfutbolchisi Qahramon Solihboev Yangiliklar

Kiberfutbol. “Championat.asia kubogi” g'olibi “Metallurg” klubi kiberfutbolchisi Qahramon Solihboev

Teglar :  Kiberfutbol
UCFGA Associaciya championat.asia sayti bilan hamkorlikda “championat.asia kubogi” 7-8-9 fevral kunlari bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada jami 72 ta kiberfutbolchi ishtirok etdi. Mana shu 72 ta ishtirokchi orasida “shammy” niki bilan turnirda qatnashgan Bekobodning “Metallurg” klubi kiberfutbolchisi Qahramon Solihboev finalga qadar etib bordi va finalda “Bunyodkor” klubi kiberfutbolchisi Muhammadamin Turg'unboev bilan bellashdi.


Musobaqa g'olibini aniqlovchi final bahsida “Metallurg” klubi kiberfutbolchisi Qahramon Solihboev raqibini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib “championat.asia kubogi” g'olibi bo'ldi. Birinchi o'rin egasi bosh sovrin playstation 4 va birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi. Ikkinchi o'rinni esa “Bunyodkor” klubi kiberfutbolchisi Muhammadamin Turg'unboev egalladi va ikkinchi darajali diplom bilan taqdirlandi. Turnirda uchinchi pog'onani “Qo'qon-1912” klubi kiberfutbolchisi Dilshod Matyakubov egalladi va uchinchi darajali diplom va esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi. 






Taqdirlash marosimiga championat.asia sayti bosh muxarriri Nodirxo'ja Yuldashev va Qarshining “Nasaf” klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Eldor Suyunov tashrif buyurdi. 


SHuning bilan UCFGA Associaciya championat.asia sayti bilan hamkorlikda o'tkazilgan “championat.asia kubogi” nihoyasiga etdi. Turnir tashkilotchilari UCFGA Associaciya prezidenti Azizbek Pattaxovga va championat.asia sayti bosh muxarriri Nodirxo'ja Yuldashevga musobaqa ishtirokchilari o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Mana shunday turnirlar tez-tez o'tkazilib turish tarafdori ekanligini takidlashdi.







Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика