Kiberfutbol: Bugun va ertaga 7-tur bahslari bo'lib o'tadi
04 fev 2017 16:10
Yangiliklar
Kiberfutbol: Bugun va ertaga 7-tur bahslari bo'lib o'tadi
4 va 5 fevral kunlari kiberfutbol bo'yicha PCFLning oliy hamda birinchi liga uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Markaziy uchrashuvlar:
7-turning markaziy o'yinlari qatoriga Muhammadamin Turg'unboev ("Bunyodkor") - Qahramon Solihboev ("Metallurg") hamda Sirojiddin Kamolov ("Bunyodkor") - O'ktam Ibragimov ("Lokomotiv") bahslarini kiritishimiz mumkin. Bu yigitlar turnir jadvalining yuqori qismida sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishmoqda.
Turnir jadvalida yaqqol peshqadam bo'lib turgan o'zbek kiberfutboli afsonasi Abdusapi Qayumov ("Lokomotiv") "temiryo'lchilar"ning yana bir vakili Sanjar Usmanov bilan to'qnash keladi. Ayni damda uchrashuvlar boshlab yuborilgan. Bobur Bobomurodov ("Buxoro") turning ilk bahsida "Qo'qon-1912" vakili "Scudo7" nikli SHuhratni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
7-tur
Fikrlar