So’nggi yangiliklar

19:56Эндрик нега "Барселона" ёки ПСЖ эмас, "Реал"ни танлагани айтди  0 19:34"Бавария" Венсан Компани масаласида муаммога дуч келди  4 19:13ПРО-Лига. "Дўстлик" мавсумдаги илк ғалабасини "Олимпик-MobiUz"га қарши баҳсда қўлга киритди  1 18:40"Тоттенхэм" Доминик Соланкени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 18:21Смирнов спорт юристи: "Сафонов трансфери деярли ҳал бўлган"  0 17:53Рамзан Қодировнинг 18 ёшли ўғли "Ахмат" президентига айланди  5 17:27Сурия ва Россия терма жамоалари ўртоқлик ўйини ўтказиши мумкин  1 17:05Денис Глушаков ва Одил Аҳмедов иштирокидаги мастер-класс қандай ўтди?  2 16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  4 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  7 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  2 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  5 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   3 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  7 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1

Joze Mourino: "To'rtinchi o'ringa loyiq salohiyatga ega emasmiz" Yangiliklar

Joze Mourino: "To'rtinchi o'ringa loyiq salohiyatga ega emasmiz"

"Roma" bosh murabbiyi A Seriya 35-turi doirasida "Bolonya"ga qarshi durangdan keyin savollarga javob berdi.

"Men bu o'yindan faxrlanaman. CHunki tarkibimizda 15 yoshli bolakay tushsa ham, yoki ayollar jamoasidan futbolchi tushsa ham, biz baribir professionallik va taktik principlarimizga sodiq qolamiz. Bu menga yuksak faxr tuyg'usini his qilishga majbur qiladi. 

Bu Svilar va Missori uchun debyut edi, Taxirovich ham unchalik ko'p o'yin amaliyotiga ega emas va biz Tyago Motta qo'l ostida yaxshi shakllangan, kurashuvchan jamoaga qarshi to'p tepdik. Umumiy olganda yaxshi o'yin o'tkazdik. 

Endi "Roma" kuchli to'rtlikdan olti ochkoga ortda qolmoqda, lekin Mourino bir necha bor takidlaganidek, parallel ravishda ham A Seriya, ham Evropa Ligasidagi kurash jamoani tinkasini quritmoqda. 

"Muxlislar meni eshitishi zarur. Biz bir necha hafta jadvalda ikkinchi yoki uchinchi o'rindaligimizda, men doim aytgandim, jamoa haftasiga bitta o'yin o'tkaza oladi. O'yinlar soni oshgani sari, har ikki musobaqadagi yo'lni munosib bosib o'tish uchun imkoniyatlarimiz etmay qoldi. Biz hozirda to'rtinchi o'ringa loyiq salohiyatga ega emasmiz.  

Ha, biz doim musobaqa tanlamaslikka harakat qilamiz. Biroq ikki yoki uch oydan buyon shu narsani takidlashga majbur bo'lyapman. 

Evropa Ligasidagi g'alaba avtomatik ravishda kelasi mavsum CHempionlar Ligasi yo'llanmasini beradi, bu maqsadga etishimizga esa ikkita o'yin qoldi. 

"O'tkazayotgan mavsumimiz — fantastik. Odamlar nima desa der, tanqid qilar, yutsak yoki mag'lubiyatga uchrasak natijalarimizni tahlil qilar, chempionatni to'rtinchi yoki ettinchi o'rinda yakunlarmiz, biroq men uchun imkoniyatlarimizdan maksimal ravishda foydalandik. Bu men uchun shunchaki fantastika. Bu turda ham navbatdagi qiyin o'yinni o'tkazdik. Durang menimcha, mag'lubiyatdan yaxshiroq natija. Belottining vaziyatida gol urish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lgandik, lekin bizga yaqqol penaltini berishmadi. SHunday ekan, hammasi yaxshilikka". 


Endi Mourino jamoani Evropa Ligasi yarim finalida "Bayer"ga qarshi javob bahsiga tayyorlashi zarur. 

"Veynaldum safga qaytdi va 60-65 daqiqa o'ynay olardi. Biroq CHelik jarohat olgach, bitta o'zgarish yo'qotishni istamadim va Jojdinoni ertaroq alishtirdim. CHelik payshanba kuni bizga yordam bera olishi so'roq ostida, Paulo Dibalaning maydonga tushishi esa katta so'roq ostida qolmoqda". 

Oxirgi haftalarda Mourinyu o'zining sobiq shogirdlari bilan murabbiy sifatida ro'baro keldi: Tyago Motta, Xabi Alonso va Deyan Stankovich. 

"Bu o'zgacha tuyg'u. Demak, vaqt tez o'tmoqda, ular ham, xuddi farzandlarim kabi katta bo'lishmoqda. SHuncha yildan keyin ham bu erda qolish uchun kuchim bor. Odamlar men va Anchelottidan charchashi, tanqid qilishi mumkinligini bilaman, ammo biz doim shu erdamiz.

Nozima To'xtamirzaeva tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика