So’nggi yangiliklar

07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  0 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  1 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  6 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  62 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  3 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  1 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  10 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  10 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  21 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  8

Jerrardda 6, Runida 5, Ronalduda 4, Keynda 3... Yangiliklar

Jerrardda 6, Runida 5, Ronalduda 4, Keynda 3...

Bugun Angliya premer-ligasida mart oyining eng yaxshi futbolchisi nomi elon qilindi.

Unda Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Xarri Keyn laureat bo'ldi. SHunday qilib, Angliya terma jamoasi azosi faoliyatida uchinchi bor APLda oyning eng yaxshisi bo'ldi. 2015 yil yanvar va fevral oylarida ham Keyn tengsiz bo'lgandi.

Ushbu sovrin 1994 yildan buyon o'z egalariga topshirilib kelinmoqda.

Oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lish bo'yicha "Liverpul" sobiq sardori Stiven Jerrard mutloq rekordchi. Ayni paytda AQSHda o'ynayotgan yarim himoyachi olti marta shunday sovringa ega chiqqan. Robin van Persi hamda Ueyn Runi hisobida beshtadan sovrin bor.



Dennis Bergkamp, Terri Anri, Frenk Lempard, Krishtianu Ronaldu, Pol Skoulz va Alan SHirer to'rt martadan oyning eng yaxshisi bo'lishgan.

Xarri Keyn kabi 3 martadan laureat bo'lganlar ro'yxati: Serxio Aguero, Robbi Kin, Piter Odemvingie, Ruud Van Nistelroy, Garet Beyl, Duayt York, Eshli Yang.



Olti marta bu sovrin bir vaqtning o'zida ikki futbolchiga topshirilgan. So'nggi marta shunday holat 2014 yil mart oyida sodir bo'lgandi. O'shanda "Liverpul" klubining ikki vakili Luis Suares va Stiven Jerrard eng yaxshi deb topilgandi.



Sovrinning eng birinchi egasi germaniyalik Yurgen Klinsmann hisoblanadi. 1994 yil avgust oyida "Tottenxem" hujumchisi ushbu sovringa loyiq ko'rilgan edi.



Klublar borasida sovrin eng ko'p "Manchester Yunayted" futbolchilariga topshirilgan - 33 marta. Keyingi o'rinlarni "Arsenal" (28) va "Liverpul" (22) egallab turishibdi.

To'rt futbolchi ketma-ket ikki oy bu sovringa ega chiqqan: Dennis Bergkamp (1997 avgust va sentyabr), Krishtianu Ronaldu (2006 noyabr va dekabr), Xarri Keyn (2015 yanvar va fevral), Jeymi Vardi (2015 oktyabr va noyabr).


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика