So’nggi yangiliklar

17:05Денис Глушаков ва Одил Аҳмедов иштирокидаги мастер-класс қандай ўтди?  0 16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  0 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  0 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  0 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  3 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   3 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  4 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6

Jerom Etame: "CHetdan takliflar bor, lekin O'zbekistonda qolishni xohlayman" Yangiliklar

Jerom Etame: "CHetdan takliflar bor, lekin O'zbekistonda qolishni xohlayman"

O'tgan mavsumni "Lokomotiv" tarkibida o'tkazgan kamerunlik hujumkor yarim himoyachi chempionat yakunida erkin agentga aylandi.

"Temiryo'lchilar" safida Superliga va Kubok o'yinlarini qo'shib hisoblaganda jami 31 uchrashuvda ishtirok etib, 8ta gol urgan Jerom Etame saytimizga bergan intervyusida yangi mavsumni ham shu erda o'tkazish niyati borligini malum qildi. 

- Jerom, ishlar qanday?

- Hozircha hammasi yaxshi. Oilam davrasida qishki tatilni o'tkazyapman.


- O'tgan yil siz uchun qanday o'tdi?

- "Lokomotiv"da o'zimni ko'rsatishga harakat qildim. Yangi jamoada 8ta gol urdim, menimcha, birinchi mavsum uchun bu yaxshi natija bo'lsa kerak. Afsuski, "Lokomotiv"ning Proligaga tushib ketgani yaxshi bo'lmadi. Bundan hammamiz qattiq xafa bo'ldik, lekin bu - futbol. CHempionat tugagach, erkin agentga aylandim. Uyga ketib biroz hordiq chiqardim, so'ngra yana Toshkentga qaytdim. Kelganimga to'rt kun bo'ldi. 


- Qaytishingizga qaraganda yana qolish niyatingiz bormi?

- To'g'risi, men ham shu maqsadda qaytdim. O'zbekistonda kamida yana bir yil futbol o'ynamoqchiman. Bu er menga juda yoqadi, futbol darajasi baland, qolaversa ayolimga ham yoqadi.


- Oldingizda variantlar bormi? Keyingi rejalar qanaqa?

- Takliflar chetdan bor, lekin aytib o'tganimdek, hech bo'lmasa yana bir yil O'zbekistonda qolib futbol o'ynamoqchiman. To'g'risi, men hali o'z so'zimni aytganim yo'q. SHu bois chetdan bo'layotgan takliflarga ko'p etibor bermayapman. O'zbekistonda qolib Jerom Etame qanday futbolchi ekanligini ko'rsatishni xohlayman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика