So’nggi yangiliklar

15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  7 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  1 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  3 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  1 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  7 11:30Бенземага Франциядан харидор чиқди  0 11:05Хаби Алонсо мавсумдаги илк мағлубиятдан кейин: "Бу оғриқли"  5 10:53"Реал" Крооснинг ўрнига кимни олиб келмоқчи?   11 10:32Лукман — Европа лигаси финалида хет-трик қайд этган тарихдаги иккинчи футболчи  2

Javlon Salahitdinov: "Bakaev ham nomzodlar orasida bor edi. Ammo..." Yangiliklar

Javlon Salahitdinov: "Bakaev ham nomzodlar orasida bor edi. Ammo..."

"So'g'diyona" jamoasi Superliganing 6-turida "Paxtakor"ga mag'lub bo'ldi (1:2). Jizzaxliklar hamon muvaffaqiyatsizliklar girdobida qolmoqda. Klub rahbariyati 4-turdan so'ng murabbiyni o'zgartirishga qaror qildi. Aftidan Ulug'bek Bakaev qaytishi kutilgandi, biroq so'nggi pallada chernogoriyalik Ivan Boshkovich nomzodida to'xtalindi.

Bu borada  "So'g'diyona" direktori Javlon Salahitdinov saytimizga o'z munosabatini bildirdi.

- Dastlab yaqinda jamoada amalga oshirilgan murabbiylar o'zgarishi haqida...

- Hamma ko'rdi uydagi 3ta uchrashuvimizda 1 ochkogina ishladik. "Olimpik" bilan bir kishi ko'p bo'lib o'ynaganimizga qaramay g'alaba qozona olmadik. Namanganda yirik hisobda mag'lub bo'ldik. Umuman olganda natija yaxshi bo'lgani yo'q. Istefogacha 4ta turdan 3tasini mezbon sifatida qabul qildik. SHu bois murabbiylar shtabini vazifasidan ozod qildik. Ivan Boshkovich bilan aloqaga chiqdik. Tez kunda kelishuvga erishildi. 

- "Navbahor" bilan o'yindan oldin "So'g'diyona" Ulug'bek Bakaevni ortga qaytarayotgandi. Bu nima uchun amalga oshmadi?

- To'g'ri. Ulug'bek Bakaev bilan ham aloqaga chiqqandik. Hammasi gaplashildi, deya olaman. U biroz vaqt berishini so'radi. Kutdik, Namangandagi o'yindan keyin yana aloqaga chiqdik. Bu paytda "Buxoro"ga ketishini malum qildi. 

- Yorqin Nazarov o'tgan yili mavsum tugashiga 2 tur qolganda jamoani qabul qilib olgandi. Yangi mavsumga tarkibni murabbiy yig'di, tayyorladi. SHu nuqtai nazardan Yorqin Nazarovning ishini qanday baholash mumkin?

- Tarkibni o'zlari jamladilar. Hamma tashkiliy ishlarni qilib berdik. To'g'ri qishda biroz muammo bo'ldi. Umuman bu paytda hamma bir xil holatda edi. Turkiyada ham yig'in o'tkazdik. Hamma imkoniyatni berganmiz. Bilmadim hujumchilarimiz kuchsizlik qilyaptimi, vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. 

-  "So'g'diyona" uchun bu yil pasayish mavsumi bo'ladimi? Umuman klub bunga tayyormidi?

- Endi 6ta tur o'tdi. O'rta o'rinlardagi jamoalar bilan o'rtada katta farq yo'q. Bitta g'alabadan so'ng yigitlarni o'ziga bo'lgan ishonchi ortadi. G'alaba kerak. 2022 yil avgust oyidan beri g'alaba qozonganimiz yo'q. 

- Yozgi transferlar vaqtida yangi murabbiyning talabiga ko'ra tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?

- 3-4ta o'zgarishlar qilamiz. Hujumda oqsayapmiz. Ishlashda davom etamiz. 


Abdulaziz Iskandarov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика