So’nggi yangiliklar

17:27Сурия ва Россия терма жамоалари ўртоқлик ўйини ўтказиши мумкин  0 17:05Денис Глушаков ва Одил Аҳмедов иштирокидаги мастер-класс қандай ўтди?  0 16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  0 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  2 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  1 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  3 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   3 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  7 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5

Javlon Guseynov: “Menimcha, Indoneziyaning Osiyo kubogi mezbonligini qo'lga kiritish imkoniyati past deb o'ylayman” Yangiliklar

Javlon Guseynov: “Menimcha, Indoneziyaning Osiyo kubogi mezbonligini qo'lga kiritish imkoniyati past deb o'ylayman”

Xabaringiz bor, hamyurtimiz Javlon Guseynov ayni vaqtda faoliyatini Indoneziyaning “Borneo” klubida davom ettirmoqda.

Yaqinda uning jamoasi mamlakat Prezident kubogi finaliga qadar etib bordi va hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yangi mavsum oldidan Guseynov bilan bog'lanib, fikrlarini oldik. 

- Javlon, jamoangiz final uchrashuvida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Dastlab, final borasida fikrlaringiz qanday?

- Biz Prezident kubogi finalida “Arema”ga qarshi o'ynadik. Final ikki uchrashuvdan iborat bo'ldi. Birinchi bahs mehmonda o'ynadik va 1:0 hisobida yutqazib qo'ydik. Javob o'yinida o'z maydonimizda to'p tepganimizga qaramay, raqib darvozasini gol urolmadik, yakunda 0:0 hisobi qayd etildi. To'g'risi, omadimiz kelmadi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra, finalni boy berib qo'ydik. 

- “Borneo” yangi mavsumda o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?

- Bu yilgi maqsadlarimiz doimgidek, katta. OFK kubogida ishtirok etish uchun sovrinli o'rinlarning birini qo'lga kiritish hisoblanadi. Jamoamizning ashaddiy ishqibozlari bor. Ularga xursand qilish uchun maydonga chiqamiz. Mavsum ertaga boshlanadi. Biz 24 iyul kuni o'z o'ynimizni o'tkazamiz. CHempionat aprel oyining dastlabki haftasiga qadar davom etadi. 

- Bu yil jamoa bilan shartnomangiz yakunlanadi. Undan keyingi rejalaringiz qanday?

- SHartnomam 2023 yilning fevralida yakunlanadi. Bu erda uch mavsumdan beri o'ynayotganim sababli, menga yaqin bo'lib qoldi. SHu sabab avvalo “Borneo”ning taklifini kutaman. Agar ulardan taklif bo'lmasa, boshqa jamoalarni ko'rib chiqishim mumkin. 

- Indoneziyada asosan nechta jamoa chempionlik uchun kurashadi?

- Asosan beshta jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi. 

- Yaqinda internet tarmoqlarida Indoneziya 2023 yilgi Osiyo kubogini o'tkazish istagida taklif bergan. Aytingchi, mamlakat bu musobaqani qabul qilishga tayyormi?

- Xabarim bor. Bu ko'pchilik yangilik bo'ldi. Lekin 2023 yilda Indoneziyada 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tadi. Menimcha, bunday ikki turnirni o'tkazishga tayyor emas. CHunki buyoqda ichki chempionat ham bor. Menimcha, Osiyo kubogi mezbonligi uchun imkoniyatlar kam. Lekin stadionlari va boshqa tomonla hamma narsa tayyor.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика