So’nggi yangiliklar

10:20Анчелотти «Реал Мадрид» президенти Пересни Чемпионлар лигаси финалига чиққанидан кейин мақтади  1 10:19"Шўртан" ва "Қўқон-1912" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 09:52Хвича Кварацхелиянинг кейинги жамоаси маълум  1 09:27Криштиану Роналду: «Ҳеч қачон таслим бўлманг»  4 09:00«Боруссия» финалда «Реал Мадрид»га мағлуб бўлса, 5 миллион бонус олади  18 08:36ПСЖга Мбаппенинг ўрнига ким келиши маълум  4 08:11«Байер» 60 йиллик рекордни янгилади  5 07:48Про лига. Бугун 7-тур баҳслари якунланади  0 07:23EКЛ. «Олимпиакос» уйида бўладиган финалга йўл олди  0 06:28Тохир Кападзе: "Бу йигитлар ўзбек футболининг келажаги"   4 06:10Европа лигаси. "Байер" - "Рома" 2:2   0 06:05Европа лигаси. "Аталанта" - "Марсель" 3:0   0 06:00Саудия чемпионати. "Ал Уҳдуд" - "Ал Насср" 2:3   1 02:40Испаниянинг 2-лигасидаги клуб "Реал"ни енгиш борасида "Боруссия"га ўз ёрдамини таклиф қилди  10 02:04Европа лигаси. "Байер"нинг мағлубиятсиз серияси давом этади, финалдаги рақиб — "Аталанта"  29

Jamshid Saidov: "Vazifani bajardik" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Vazifani bajardik"

O'zbekiston Kubogining 3-turi doirasida "Lokomotiv" maydonidagi g'alabadan so'ng "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- O'yinning borishi biz kutgandek o'tdi va natija ham qanoatlantirdi. Guruhdan chiqdik, kurashishda davom etamiz.

- Kubokdagi 3ta o'yin qanday taassurot qoldirdi?

- Dastlab o'zimizdan past ligada bo'lgan "Olimpik Mobiuz"ga qarshi o'ynadik va o'shanda yoshlarga imkoniyat berdik, 2:1 hisobida mag'lub bo'ldik. Ikkinchi o'yinda tarkibni o'zgartirdik. Nima desam bo'ladi, pastki liga vakillari bilan o'ynash juda qiyin, chunki ularda ishtiyoq yuqori bo'ladi, Superliga vakillari esa bo'shashibroq o'ynashadi. SHu sababli kubok o'yinlarida asosan yoshlar maydonga tushishadi va bu ularga tramplin vazifasini o'taydi. SHu sababli yoshlar bu o'yinlarda o'zlarini ko'rsatib, nimalarga qodirligini namoyish qilishlari kerak. Bu esa keyinchalik ularga imkoniyat berilishi uchun xizmat qiladi. Barchasi yaxshi o'tdi, oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik.

- "Lokomotiv" Sizga begona klub emas, "Qizilqum"ga ketishingizga qadar bu klubda ishlagansiz.

- "Lokomotiv" men uchun qadrdon klub. Bu erda ishlaganman, yaxshi xotiralar, xissiyotlar qolgan. SHu sababli bu erga kelish, tanishlarni ko'rish yoqimli. Bu erda uzoq vaqt ishlaganman, bu klubdan mamnunman. "Lokomotiv"ga chempionatdagi o'yinlarda omad tilayman.



Reyting:    

Fikrlar

-1   
27 apr 22:39:08
JAFAR TOLIBOV
QOYIL JAMSHED AKA RAHMAT
championat.asia
Яндекс.Метрика