Jahon chempioni Turkiya terma jamoasini boshqarishi mumkin Yangiliklar

Jahon chempioni Turkiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

U bu o'rinda hamyurtini almashtiradi.

Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi SHtefan Kunc ishidan ayrilishi mumkin, deya xabar bermoqda "Tuttomercatoweb". 

Turkiyaliklar besh turdan keyin 10 ochko bilan ikkinchi o'rinda. Bu Evro-2024 yo'llanmasini kafolatlagan bo'lsa-da, mahalliy federaciya natijalardan norozi.

Vinchenco Montella va Yoaxim Lyov variantlari ko'rib chiqilmoqda. Italiyalik murabbiy Turkiyada ishlagan, ammo terma jamoalarni boshqarmagan. Yoaxim Lyovda bu borada ustunlikka ega. U 16 yil davomida Germaniya terma jamoasiga ustozlik qilib, ularni 2014 yilda jahon chempioniga aylantirgan va besh marta yirik turnirlarning yarim finaliga olib chiqqan. Lyov uzoq o'tmishda oz bo'lsa-da, Turkiyada ishlagan.

Eslatib o'tamiz, Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasini tark etgan 2021 yilning yozidan beri hech qaerda faoliyat yuritmayapti.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика