So’nggi yangiliklar

14:49"Порту" Сержиу Консейсау билан шартномани узайтирди. Унга "Милан" қизиқаётганди  0 14:21АПЛ жамоалари "Шахтёр" ярим ҳимоячисига даъвогар  0 13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  37 13:50Футзал бўйича Осиё Кубоги. Афғонистон Ироқни уйига кузатиб қўйди  4 13:22Шенсни "Ювентус" билан шартномасини узайтиришдан бош тортди  2 12:58"Челси" вингерини маълум шартлар асосида қўйиб юборишга тайёр  3 12:31"Милан" "Штутгарт" етакчисига қизиқиш билдиряпти  0 12:05Ши Таэ Йонг: "Ўзбекистон ва Саудия учрашувини стадиондан томоша қиламан. Корея мусобақани эрта тарк этгани учун бироз хафаман"  9 11:40"Интер" эгалари ўзгариши мумкин  1 11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  1 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   6 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  17

Islombek Ismoilov: "Yozyovon-Lochinlari" 2018 yil oliy ligada qatnashishni maqsad qilgan" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Yozyovon-Lochinlari" 2018 yil oliy ligada qatnashishni maqsad qilgan"

O'zbekiston Birinchiligining 6-turida Farg'onaning "Yozyovon-Lochinlari" jamoasi liga etakchisi "Oq-tepa"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba nashidasini surdi.

Ochig'i, deyarli hech kim mezbonlardan bunday g'alabani kutmagandi. Uch kunda avval Farg'onaning boshqa bir jamoasi "Cementchi" yutqazgan poytaxtliklarning vodiyga amalga oshirgan ikkinchi safari ham omadsiz chiqdi. Natijada "Oq-tepa" turnir jadvalida yanada pastlagan bo'lsa, "Yozyovon-Lochinlari" sezilarli darajada yuqoriladi. Biz uchrashuvdan keyin mezbonlar ustozi, yosh mutaxassis Islombek Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Dastavval, "Oq-tepa"ga qarshi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Uchrashuvni o'zingiz ham ko'rdingiz. SHiddatli, kurashlarga boy tarzda o'tdi. "Oq-tepa" jamoasi safida tajribali o'yinchilar borligini bilardik. Buni futbolchilarga ham tushuntirgandik. O'ylashimcha, bugun ishtiyoq tajribadan ustun keldi. Yigitlardagi g'alabaga bo'lgan ishtiyoq g'alabaning asosiy omili bo'ldi. Ammo raqib o'yin borasida bizdan yaxshiroq edi.



- Raqibning kuchidan kelib chiqqan holda shogirdlaringizni bugungi uchrashuvga qanday qilib tayyorlagan edingiz?

- Hamma o'yinga bir xil tayyorlanamiz. "Lokomotiv-BFK"ga qarshi uchrashuvdan keyin odatdagidek mazkur o'yinga ham tayyorgarlik ko'rdik. G'alaba qozonishni rostakamiga xohlagandik, maqsadimizga etdik. Nasib qilsa, sekin-sekin natijalarimiz bundan-da, yaxshilanadi. Bilasiz, klubimizning hozirgi holati ideal darajada emas. SHundan kelib chiqib, aytadigan bo'lsak, hozirgi natijalarimizni yomon, deb bo'lmaydi. Yaqin kelajakda Yozyovonda ham "Cementchi", "Oq-tepa" singari professional klub faoliyat ko'rsatadi. SHu yo'lda ishlayapmiz.

- Maydonning sifatida alo darajada emasligi ko'rinib turibdi. Bugungi g'alabada bu ham rol o'ynadi, deb o'ylaysizmi?

- To'g'ri, biz doim shu maydonda mashg'ulot o'tkazamiz, raqiblarni qabul qilamiz. "Oq-tepa" aksincha, suniy qoplamali maydonda o'ynaydi, shug'ullanadi. Bu o'z tasirini o'tkazishi aniq. SHu bois, bizning maydonda o'ynagan raqiblar qiynaladi. Ammo faktni shuki, bugun har ikkala jamoa ham shu maydonda to'p surdi. Yuqorida aytganimdek, bugungi g'alabaning zamirida futbolchilarimizning ishtiyoqi yotibdi.

- Hisob 3:1 ko'rinish olganiga oddiy hol sifatida qaradingizmi yoki ajablandingizmi?

- Bizni har doim Quvasoyning "Cementchi" jamoasi bilan solishtirishadi. (kulib) Kecha klubimiz rahbarlari "Cementchi" "Oq-tepa"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi, sizlar ham shu hisobda yutasizlar, deya shart qo'yishgan edi. Albatta, raqibning kuchidan kelib chiqqan holda biz vada bermasdan, harakat qilishimizni aytgandik. CHunki quvasoyliklar bilan bizni solishtirib bo'lmaydi. Ularda yaratilgan sharoit bilan bizning sharoitlar orasida er bilan osmoncha farq bor. Sababi, "Cementchi" oliy ligaga chiqishga harakat qilyapti. Ochig'i, rahbarlarimiz oldimizga shart qo'yganidan keyin g'alabaga umid qilgandik, lekin 3:1 ni emas, 1:0, 2:1 hisobidagi g'alabaga erishishni o'ylagandik. Umumiy manoda, g'alabaga ishongandik.

- Bugun nechanchi goldan keyin g'alaba qozonishlaringga ishonch hosil qildingiz?

- Hakam o'yinni yakunlovchi xushtagini chalmagunicha g'alabaga ishonmadim. Boisi, yigitlar uchta gol urishganidan keyin biroz xotirjamlikka berilishyapti. Bu holatga ko'p tushyapmiz. O'tgan yili "Zomin"ni  3:0 hisobida yutib turganimizda, xotirjamlikka berilganimiz sababli, 8 daqiqa ichida 3ta gol o'tkazib yuborganmiz. Qaysidir o'yinda safarda 0:2 hisobida yutayotgan vaqtimizda 4 daqiqa ichida darvozamizdan 2ta gol olib chiqdik. SHuning uchun ham 3:0 dan keyin vaziyat o'zgarib ketishidan qo'rqib turgandim. Men uchun hisob yirik ko'rinish olmasa yaxshi edi. Aytganimdek, biz hisob yiriklashgani sari o'yinimizni bo'shashtirib yuboramiz. Xudoga shukr, bugun bunday bo'lgani yo'q. Aniqrog'i, ikkinchi uchrashuvki yigitlar gol urishganidan keyin bo'shashmasdan so'nggi daqiqalargacha harakat qilishyapti.

- Jamoangizning ushbu mavsumdagi ishtiroki haqida ham gapirib o'tsangiz.

- Oldimizga muayyan bir vazifa qo'yilmagan. Jamoaning imkoniyatidan kelib chiqqan holda yuqori o'rinlar uchun kurash olib boramiz. Kuchli uchlikmi yoki beshlik, buning juda katta ahamiyati yo'q. Lekin yildan-yilga rivojlanib, kamchiliklarni bartaraf qilib, 2018 yil oliy ligada qatnashishni maqsad qilganmiz. Yani, shu reja asosida ish olib boryapmiz.



- Reja bo'lgani yaxshi. Har qanday jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yishi kerak. SHu maqsad yo'lida qandaydir ishlar amalga oshirilyaptimi?

- Etarlicha o'zgarishlarni amalga oshirdik, deb o'ylayman. Xususan, bu yildan jamoada o'ynayotgan futbolchilar vaqtida maosh va mukofot pullarini olishmoqda. Ovqatlanish racioni yo'lga qo'yildi. Futbolda bu ikki jihat muhim rol o'ynashini barcha biladi. Qolaversa, jamoa azolari to'liq kiyintirildi. Jamoa o'tgan yili birinchi ligada debyutini nishonlaganida futbolchilar maosh olishmagan. Yangi mavsum uchun eski tarkib saqlab qolindi. Aytganimdek, o'yinchilarga sharoitlar yaratib berildi. Klub rahbarlarining rivojlanish dasturi bor. Nasib qilsa, shu dastur bo'yicha bosqichma-bosqich rivojlanib boramiz, degan umiddaman.

- Kelajakda rahbarlar sizga ishonishda davom etsa, jamoani mahalliy yigitlar bilan shakllantirasizmi?

- Hozirgi tarkibimizdagi yigitlar asosan Farg'ona viloyatidan. Qo'l ostimda boshqa viloyatdan futbolchi yo'q. Agar chetdan futbolchi taklif qilish imkoniyati tug'ilsa va u mening qarashlarimga to'g'ri kelsa, albatta chaqirishim mumkin. Biroq hozir bunday bo'lmasligi haqiqatga yaqinroq. Boisi, yaxshi o'yinchi ayni vaqtda Yozyovonga kelib o'ynamasa kerak. Buning uchun klub avvalo chempionatda yuqori o'rinlarni egallab, nom qozonishi lozim.

- Rahbariyat rivojlanish dasturi bo'yicha ishlayotgani, o'zgarishlarni amalga oshirayotganini aytib o'tdingiz. Siz murabbiy sifatida nimalarni o'zgartirdingiz?

- Ochig'i, klubga kelgan kunimdan boshlab, ko'proq tashkiliy ishlarga etibor qaratdim. Futbolda mayda narsalar bo'lmaydi, deyishadi. O'yinchilarning to'g'ri ovqatlanishidan tortib, yotoqxona-yu, safar o'yinlariga borib kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida transportini ham nazardan chetda qoldirmayapmiz. Klubimiz rahbari Dilmurod aka Ergashev futbolni yaxshi ko'radigan inson. SHunchaki, bu kishiga to'g'ri yo'l ko'rsatish kerak edi. Yosh bo'lsam ham rahbarimiz bilan maslahatlashimiz, rivojlanishning bosqichma-bosqich yo'lidan birga boryapmiz. Ko'p narsalarga o'zgartirishlar kirityapmiz. Oddiy misol, tez orada jamoamiz o'z avtobusiga ega bo'ladi. Qolaversa, kelasi yildan klubning o'z bazasi ham bo'ladi. Qisqasi, har yili jamoaning rivojlanishi uchun 2-3ta jiddiy o'zgarishlarni amalga oshiryapmiz.

Furqatbek NISHONOV

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика