So’nggi yangiliklar

12:07Федерико Кьеза Туринни тарк этади — томонлар янги шартнома бўйича келиша олишмади  1 11:43Ўзбекистон U-20 - Жанубий Корея U-20: Жамоамизнинг асосий таркиби маълум  7 11:00Асрор Алиқулов: "Шўртан" билан ўйинда провакацияларга учрадик"  2 10:34Алексей Естафеев:" Чемпионат пешқадамига қарши ўйинда ўзимизни яхши кўрсата олдик"  3 10:05Улуғбек Бакаев: "Мағлуб бўлишимиз ҳам мумкин эди"  3 09:38Аббос Файзуллаев — ЦСКАнинг май ойидаги "Энг яхши футболчиси"  5 09:07Бугун Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Корея Республикасига қарши баҳс олиб боради  1 08:40Анвар Бердиев: "Ҳаққоний ғалабага эришдик деб ўйлайман"  5 08:09Мбаппе «Реал Мадрид»га ўтганидан сўнг илк бор фикр билдирди  11 07:40Про лига. Бугун 11-тур якунланади  1 07:05Ўртоқлик ўйини. Англия - Босния ва Герцеговина 3:0  0 07:00Ўртоқлик ўйини. Германия - Украина 0:0  0 02:12Ўртоқлик ўйини. Германия терма жамоаси сафида Олмалиқда туғилган йигит майдонга тушди, немислар Украинани таслим қила олишмади  13 01:45Иккинчи таймдаги голлар Англия терма жамоасига йирик ғалаба тақдим этди  1 01:37Айни дамда дунёнинг энг қиммат уч футболчиси "Реал"да  3

Islom Kenjaboev - Koreyada bir o'zi qolib ketgani, "Nasaf", "Qizilqum"ga o'tishi va agentlar haqida Yangiliklar

Islom Kenjaboev - Koreyada bir o'zi qolib ketgani, "Nasaf", "Qizilqum"ga o'tishi va agentlar haqida

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Andijon" bilan uchrashuvga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Hamidjon Aktamov shogirdlari ayni paytda Toshkentda shug'ullanishmoqda.  Jamoaning kechagi mashg'ulotidan oldin ikkinchi davra oldidan tarkibga jalb etilgan Islom Kenjaboevga  bir nechta savollar bilan yuzlandik. Yarim himoyachi "CHeju Yunayted" safida K1 liga doirasidagi 1 ta o'yinda qatnashdi. SHuningdek, Janubiy Koreya Kubogida 1 ta o'yinda maydonga tushdi.  

- Janubiy Koreyadagi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lmagani tabiiy hol. O'yin amaliyotisiz qolib ketishingiz murabbiy ishonch bildirmagani bilan bog'liqmi yoki boshq omillar ham to'sqinlik qildimi?

-  "CHeju Yunayted"ga bosh murabbiyning o'zi istab chaqirgandi. Janubiy Koreyaga borganimdan so'ng 14 kunlik karantinda bo'ldim. Bu muddat ichida to'rtta tur o'tib ketdi. Mashg'ulotlar orqali sport formamni tikladim. Lekin o'yin amaliyoti yo'q edi. Buning sababini murabbiydan so'raganimda hali formaga kirmaganimni, sabr qilishimni aytdi. 10ta tur o'tgach nihoyat kubok o'yinida maydonga tushirdi. Ushbu uchrashuvda to'liq 90 daqiqa harakat qildim. Navbatdagi bahslarga tayyor bo'lib turishimni takidladi. Biroq yana o'sha holat takrorlandi. Ularning fikrini bilib bo'lgandim. O'ynamagandan ko'ra O'zbekistonga qaytishni afzal, deb bildim. Janubiy Koreyada ham bir nechta jamoalardan qiziqishlar bo'ldi. Oilaviy sharoit to'g'ri kelmagani uchun qaytdim.

- Texnikasi va tezligi kuchli futbolchi hisoblanasiz. Aksariyat futbolchilarimiz Evropa klublarining nazariga tushish maqsadida Belarus, Estoniya, Litva kabi chempionatlarga yo'l olishmoqda. SHunday ekan "CHeju Yunayted"ga o'tish xato qaror bo'lmadimi?

- Janubiy Koreya klubini o'zim tanladim. Boshqa variantlar ham bor edi. Agar murabbiy imkoniyat berganida o'ynab keta olardim. O'zimni ko'rsatardim. Bunga nima sabab bo'lganini o'zim ham tushunmadim. 

- Eshitishimizga qaraganda "Nasaf"dan ham sizga qiziqish bo'lgan ekan...

- Qandaydir xabarlar qulog'imga chalindi. Lekin o'zimga hech kim qo'ng'iroq qilmadi. "Nasaf"dan taklif bo'lishini kutdim. Biroq asosiy maqsadim uyga qaytish edi. Ota-onam ham uyda bo'lishimni istashdi. 

- "Qizilqum"ga o'tishingiz qay tariqa yuz berdi? 

- Jamoa yuqori o'rinlar uchun kurashmoqda. SHu sababli ham "Qizilqum"ni tanladim. SHu yo'sinda va ko'tarinki ruhda davom etsak ijobiy natijalarga erishamiz. 

- Legioner sifatida qisqa muddat xorijda bo'lib qaysidir manoda ko'nikmaga ega bo'ldingiz. Keyingi rejalaringiz qanday?

- Janubiy Koreyaga borib kelish men uchun katta dars bo'ldi, deya olaman. O'z ustimda yanada ko'proq ishlashim kerakligini anglab etdim. 

- Bugungi kunga kelib futbolchilarimizning xorij jamoalariga o'tishida agentlar katta rol o'ynamoqda. Sizning agentlar borasidagi fikrlaringiz qanday?

- To'g'ri ahamiyati katta. Agent maydonga chiqib futbol o'ynab bermaydi-ku. Ammo jamoalarni tanlashda muhim rol o'ynaydi. 

- Gohida futbolchi agentga ishonib aldanib qolayotgan holatlar ham uchramoqda...

- Ochig'ini aytaman O'zbekistonda agentlar yaxshi ishlamaydi. Janubiy Koreyaga borgach bir o'zim qolib ketdim. Boz ustiga til borasida ham qiynaldim. Legioner bo'lib ko'rish qiziq edi boshida. Mayli deb hammasiga rozi bo'ldim va bordim. Borsam esa hammasi boshqacha. Menga hech narsani tushuntirishmadi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика