So’nggi yangiliklar

15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  1 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   1 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  4 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  7 11:30Бенземага Франциядан харидор чиқди  0 11:05Хаби Алонсо мавсумдаги илк мағлубиятдан кейин: "Бу оғриқли"  5

Intervyu. Zoran Marushich - "Torpedo" va "Neftchi"dan taklif bo'lgani, hakamlik va maydonlar, Yaxshiboev hamda Murzaev raqobati Yangiliklar

Intervyu. Zoran Marushich - "Torpedo" va "Neftchi"dan taklif bo'lgani, hakamlik va maydonlar, Yaxshiboev hamda Murzaev raqobati

Intervyu vaqti.

Suhbatdoshimiz "Navbahor"ning serbiyalik hujumchisi Zoran Marushich. Ayni paytda 8ta gol bilan jamoasining to'purari bo'lib turgan forvardga bir nechta savollar bilan murojaat qildik. Aytish mumkinki, u qishda "Torpedo" yoki "Neftchi"ga yo'l olishi mumkin edi. Lekin yakunda "Navbahor" variantida to'xtaldi. Bu haqida batafsil quyida. 

- Zoran keling suhbatimizni siz gol muallifiga aylangan "Surxon"ga qarshi o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan boshlasak...

- Rahmat. Jamoadagilar o'yin oson bo'lmasligini va masuliyatni his qilib turgandi. Avvalgi o'yinga qaraganda yanada og'ir bo'lishini kutganimiz rost. Etarlicha tayyorgarlik ko'rib maydonga chiqdik va 3 ochko oldik. Bundan barcha xursand. 

- Ayni paytda 8ta gol urgansiz va mavsum yakuniga qadar o'yinlar ko'pligini hisobga olganda yana nechta to'p kiritishni rejalashtiryapsiz?

- Hozirgi ko'rsatkichlarimdan yanada yaxshirog'ini qayd etish uchun ishlamoqdaman. Biroq to'g'risini aytganda men uchun jamoam birinchilikni boy bermasligi muhim ahamiyat kasb etadi. 

- Yuqoridagi natijani o'zingiz uchun etarli, deb hisoblaysizmi?

- Bunday o'ylamayman. Men maydonda borimni beraman. Xulosani esa mavsum yakunida bergan maqul.

 

- Davralar oralig'ida hujumdagi raqobatni kuchaytirish uchun Mirlan Murzaev va Jasur Yaxshiboev taklif qilindi...

- Jamoaga juda yaxshi kirishib ketishdi. Bu hujumchilarni yomon, demagan bo'lardim. Ularning yordamida o'yinimiz yanada kuchayadi va yaxshilanadi, deya olaman. Maqsadimizga erishishimizga yordam berishadi. 

- Aksariyat legionerlar O'zbekistonga kelishdan avval bu erda to'p tepish oson, deb o'ylashadi. Kelganlaridan so'ng aksincha fikr bildirishadi. Sizda bu borada qanday xulosalar bor?

- Osiyoda to'p tepish ko'nikmasi menda yo'q edi. O'zbekistonda o'ynagan do'stlarimdan bu haqida so'radim. Bu shunchaki oddiy chempionat emas. SHaxsan o'zim buni ko'rdim. O'yinlar, natijalar aytib turibdi. Jismoniy jihatdan ko'p kuch talab qiladigan liga. 

- Eshitishimga qaraganda sizni qishda "Torpedo" va "Neftchi" o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan...

- To'g'ri. Biz muzokaralar o'tkazdik. Yakunda shuni his qildimki, "Navbahor" bilan maqsad va vazifalarimiz yagona. Men "Navbahor"ni, "Navbahor" esa meni tanladi. 

- CHetdan kelgan legioner sifatida Superligadagi tashkilotchilik, hakamlar va maydonlarga qanday baho berasiz?

- Tashkilotchilikka to'xtalsam, barchasi yaxshi darajada. Yanada yaxshilash uchun harakat qilishayotgani quvonarli. Futbol maydonlari ajoyib holatda. Muxlislar tinimsiz qo'llab-quvvatlashadi. Hakamlarning professional darajada ishlashayotgani yoqimli. To'g'ri har bir o'yinda 50/50 vaziyatlar bo'lyapti. Ular futbol qoidalariga, standartlariga rioya qilishadi. SHu bois fikrlarim ijobiy.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика