So’nggi yangiliklar

02:40Чехия кубоги финалидан кейин мухлислар можаро келтириб чиқарди  0 02:13"Манчестер Сити" Чемпионшип финалидан 20 млн фунт-стерлинг ишлаб олиши мумкин  0 01:56А Серия. "Кальяри" сўнгги дақиқада ўтказилган тўп эвазига "Фиорентина"га ютқазди, Шомуродов майдонга тушмади  11 01:29"Милан" янги мавсум учун мўлжалланган уй либосини тақдим этди  0 01:12Саудия Премьер-лигаси. "Ал Насср" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  1 00:48Мбаппе Мадриддан уй сотиб олди ва Рамосга қўшни бўлди  0 00:31"Ал Ҳилол" "Милан" футболчиси учун 175 млн евро товон пули тўлашга тайёр  0 00:14Раньери фаолиятини якунламоқчи эмас, у терма жамоада ишламоқчи  2 23:57Умарали Раҳмоналиев: "'Рубин' келаси мавсум медаллар учун кураша олади"  3 23:20Левандовски: "Мбаппенинг "Реал"га келишидан қўрқмаймиз"  8 23:03Еврокубокларнинг 2027 йилгача бўлган финаллари ўтказиладиган шаҳарлар маълум  4 22:46Асрор Алиқулов: "Бундай майдонда жароҳат олиш даражаси юқори бўлади"  1 22:29Неъматилло Қуттибоев: "Бу ўйинда ғалаба қозонган жамоа жадвалда бир кунга бўлса ҳам биринчи ўринга кўтариларди"  0 22:12Футзал бўйича Олий лиганинг ғолиб ва совриндорларини тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 21:55Фарҳод Нишонов: "Дўстлик"га ҳар томонлама ютқаздик"  1

Intervyu. SHahboz Jo'rabekov: "Navbahor"da chempion bo'lish uchun hamma narsa bor edi" Yangiliklar

Intervyu. SHahboz Jo'rabekov: "Navbahor"da chempion bo'lish uchun hamma narsa bor edi"

O'tgan mavsum Superligada bronza medallariga ega chiqqan "Navbahor" tarkibida o'zgarishlar boshlandi

Qishki transferlar vaqtida tarkibga jalb qilingan SHahboz Jo'rabekov "lochinlar" safini tark etdi. Malumot uchun, futbolchi Superligada 14ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi. O'zbekiston kubogida murabbiylar 4ta o'yinda ishonch bildirishdi. Mavsum yakunlari yuzasidan SHahboz Jo'rabekovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Faoliyatingizda birinchi marotaba jamoa almashtirdingiz. Mavsum boshida "So'g'diyona"ni "Navbahor"ga o'zgartirish to'g'ri qaror bo'ldimi? Umuman Namangandagi faoliyatingiz nimasi bilan esda qolarli bo'ldi?

- Avvalambor taklif uchun katta rahmat. To'g'ri, faoliyatimda birinchi marotaba jamoa almashtirdim. "So'g'diyona"dagi 8 yillik faoliyatimdan so'ng yangi sahifa ochishga qaror qilgan edim. Ochig'i bu mavsumdan ko'nglim to'lmadi. Jarohatlar, o'yin amaliyotining kamligi, ruhiy tomonlama stresslar sport formamdan chiqib ketishimga sabab bo'ldi, deb o'ylayman. "Navbahor"ga o'tganligim men uchun har tomonlama dars bo'ldi. Mavsumni juda yaxshi boshlaganimga qaramay ikkinchi davrada o'yin amaliyotiga ega bo'lganim yo'q. Eng alamli tomoni shundaki, Osiyoning nufuzli musobaqasi OCHLda debyut qila olmadim. Ishonamanki, OCHLda o'ynayman va o'z so'zimni aytaman. Namangandagi faoliyatim davomida yangi do'stlar orttirdim. "Navbahor"dagi vaqtlarim esdan chiqmaydi. Bu jamoada eng kuchli futbolchilar bilan birga to'p tepdim va faoliyatimda ilk bor bronza medallarini qo'lga kiritdim. "Navbahor"ga o'tish qarorimni to'g'ri ham, noto'g'ri ham deya olmayman. Buning sabablari etarlicha. "Navbahor"ga futbolchi sifatida o'sish, legionerga aylanish va milliy terma jamoadan taklif olish uchun o'tgandim. Pul men uchun ikkinchi darajali edi. Namangandagi insonlar buni juda yaxshi bilishadi. 

- "Navbahor"da Samvel Babayan qo'l ostida to'p tepishning foydali va qiyin taraflari bo'ldimi?

- Samvel Babayan boshchiligida to'p tepishning o'ziga yarasha foydali va qiyin paytlari bo'ldi. Foydali jihati shuki, jamoadagi har bir futbolchiga yutuqlari va kamchiliklarini alohida yakkama-yakka tushuntiradi. Tartibga qattiq amal qiladi. Qiyin kechgani, menga nisbatan ishonmasligi. Men ko'proq hujumga o'tish va erkinroq o'ynashni istadim. Samvel Babayan esa avval himoyaga, hujumga esa 2-3 martta o'tishimni aytardi. Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Men Samvel Babayannig taktikasiga mos kelmaganim uchun zaxirada qoldim. Bu bilan murabbiyni aybdor qilishdan yiroqman, chunki mendan ham xatolar o'tgan. Murabbiyni muhokama qilish bizning vakolatga kirmaydi. Natijaga murabbiy javob beradi. Lekin ochig'ini aytaman, futbol ichida va atrofida bu inson bilan ishlashga qiynaldim. Fikrimcha, Samvel Babayan bilan boshqa ishlamasam kerak. 

- O'tgan mavsumda chempion yana "Paxtakor" bo'ldi. "Navbahor"ga bu borada nima etishmadi? 

- Bilasizmi, chempion bo'lish uchun "Navbahor"da hamma narsa bor edi. Lekin bizning emas, xudoning aytgani bo'lar ekan. Biz harakat qildik va nasibamizga yarashasini oldik. Qaerdadir oddiy xatolar sabab yutqazdik. "Paxtakor" o'z o'yinlarini yutdi va chempion bo'ldi. Menimcha, nima uchun chempion bo'la olmaganimizni murabbiylardan so'rash kerak. "Navbahor"ga o'tishimning asosiy sabablaridan biri ham chempion bo'lish edi. Afsuski, nasib qilmadi. "Navbahor" bir kun chempion bo'ladi albatta. Jamoaning jonkuyar muxlislari bunga haqlidirlar. 

- Katta futbolda Davron Fayziev davrida debyut qilgansiz Keyinchalik Aleksandr Mochinov, Igor SHkvirin, Sergey Lushchan, Ulug'bek Bakaev bilan ishladingiz. Qaysi murabbiy qanday qirralaringizni ocha oldi va o'sishingizga turtki bo'ldi?

- Davron Fayziev qo'l ostida katta futbolda debyut qilganim kechagidek esimda. U paytdagi va hozirgi "So'g'diyona"ning farqi katta. Mochinov va SHkvirin murabbiyligida o'ynash nasib qilmagan. Jarohat sabab 7 oyga yaqin maydonga tushmaganman. Sergey Lushchan esa meni futbolga qaytardi. Sergey Ivanovich yoshlarga imkoniyat berishni yaxshi ko'rardi. Bu murabbiy futbolni tark etgan joyimdan ortga qaytardi. Istaysizmi yoki yo'q, 19-20 yoshingizda oilaga yordam berishingiz kerak. Menda ham shunday paytlar edi. Ulug'bek Bakaev meni yangi darajaga olib chiqqan murabbiylardan biri hisoblanadi. Hozirgacha Fayziev va Bakaevdan maslahat olaman. 

- Taniqli sobiq futbolchi Qobil Aliqulovning farzandisiz. Otangiz ko'proq qaysi jihatlaringizni tanqid qiladi?

- To'g'ri aytdingiz. Otam o'z davrlarida to'p tepganlar va yaxshi nom qoldirganlar. Dadam eng yaqin va birinchi tanqidchim bo'ladilar. Ishonasizmi, otam o'yinlarimni ko'rgani stadionga kelmaydilar. Men o'yinga kelsam, fikring bo'linadi, deb aytadilar. Qo'shimcha qilib aytishim mumkinki, otam futbolchilarni haqorat qilishsa ayniqsa onasini haqorat qilsa asablari buziladi. "3 yildan beri barqaror o'ynayapsan. Haligacha darvozaga kam tepasan. Ko'proq zarba bersang gol urasan. SHoshib futbol o'ynaysan. Muhimi xato qilishdan qo'rqma",- deydilar. 

- O'tgan mavsum Superligada qaysi hujumchiga qarshi o'ynash qiyin bo'ldi?

- Superligada sifatli hujumchilar talaygina. Dragan CHeran, Silvanus Nimeli, Rubin Xebay va boshqalar. Ularning hammasi bir-biridan ustun. Yuqoridagi 3 hujumchiga qarshi o'ynash qiyin bo'ldi. Bundan tashqari Martin Boake va Zabihillo O'rinboevga qarshi ikkinchi qavatda kurashish oson emas. 

- "Navbahor"dan keyingi rejalaringiz qanday?

- Jamoani to'liq tark etganim yo'q. Yaqin kunlarda barchasi aniq bo'lib qoladi. Ayni futbolga chanqoq yoshdaman. Hozircha 2-3ta jamoalardan takliflar bor. Tez kunlarda bir qarorga kelaman. Jarohatdan qutuldim. Mashg'ulotlarni boshlab, sport formamga qaytish uchun shug'ullanmoqdaman. Biz reja qilganimiz bilan xudoning aytgani bo'ladi. 2024 yilda barchasini boshqatdan boshlaymiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика