So’nggi yangiliklar

12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  1 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  1 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  11 08:50Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор  8 08:34Шеригини «нокаут» қилган Бекмуродов жарима тўлайди. ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари эълон қилинди  14 08:21Депайнинг агенти: «Бу ёлғон»  4 07:50«Реал Мадрид» келаси ҳафта 2 нафар футболчи билан шартномани узайтирганини эълон қилади  0 07:28Суперлига. Бугун ғалаба қозонмаганларнинг тўқнашувига гувоҳ бўламиз  1 00:56Де Брюйне "Арсенал"га қарши ўйингача сафга қайтиши кутилмоқда  5 00:35Тони Кроос "Реал Мадрид"да қолади!  5 00:05Лотар Маттеус: "Байер" – дунёдаги энг кучли клуб. Улар менга эски "Барселона"ни эслатишяпти"  15

Intervyu. Omar Momani Balotelli, O'zbekiston va boshqalar haqida Yangiliklar

Intervyu. Omar Momani Balotelli, O'zbekiston va boshqalar haqida

Mashhur karikaturachi rassom Omar Momanining championat.asia saytiga bergan eksklyuziv intervyusi!

-Nima uchun Balotellini doimo cho'chqa bilan birga chizasiz? Bu ko'p muxlislar uchun qiziq...

Balotelli uyida haqiqatdan ham cho'chqa boqadi. Uning nomi Super. Men uni rasmlarini aynan o'sha cho'chqasi bilan birga chizib ko'rdim. Qarasam, ushbu kombinaciya muvaffaqiyatli chiqdi. SHundan so'ng Balotelli haqidagi suratlarimga uning cho'chqasini ham qo'shib chizishni boshladim.


-O'zbekiston haqida nimalarni bilasiz?

O'zbekiston Markaziy Osiyodagi mamlakatlardan biri va o'z vaqtida Sobiq Ittifoq tarkibida bo'lgan. Poytaxti esa Toshkent shahri.

-O'zbek futboli haqidachi, nimalarni bilasiz?

O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyodagi kuchli va qiyin raqiblardan biri. Terma jamoa hech qachon jahon chempionatida ishtirok etmagan. Biroq, ular istalgan raqibga boshog'riq bo'ladilar.
SHuningdek, ular Osiyo Kubogi o'yinlarida ham muvvaffaqiyatli ishtirok etadilar.
Terma jamoa futbolchilaridan Rossiyada faoliyat olib borayotgan Vitaliy Denisovni ham bilaman.

-Nima uchun Osiyo futboli, hususan Osiyo CHempionlar Ligasi haqida suratlar chizmaysiz?

Mening goal.com bilan loyiham asosan Evropa mamlakatlari ligasiga qaratilgan. Biroq,  boshqa qitalar futboli haqida ham turli suratlar chizishni maqsad qilib qo'yganman.

-Sevimli jamoangiz qaysi?

Italiyaning “Milan” klubi.


-Hozirgi kunda dunyoning eng mashhur karikaturachisisiz. Bunda goal.com saytining o'rni katta. Sizni karikatura olamidagi Messi deb tasavvur qiladigan bo'lsak, kimni Ronaldu deb hisoblaysiz?

Ushbu sayt mening suratlarimni dunyo bo'ylab yoyilishida katta rol o'ynadi. Lekin, men o'zimni ushbu sohaning Messisi deya olmayman. Menga Rikardo Macolli, Rudi Gundersen, Marko Zias, 442oons va boshqalarning ham suratlari yoqadi.


-Iordaniya terma jamoasining o'yinlarini ko'rib turasizmi? Agar ko'rsangiz, ularning O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yinlarini ko'rganmisiz?

Iordaniyaning barcha o'yinlarini ko'raman. SHuningdek, jamoaning O'zbekiston terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan o'yinlarini ham kuzatganman.

(Rassomning JCH-2014 saralashi doirasidagi Iordaniya - O'zbekiston to'qnashuviga atab chizgan surati. "Paxtakor"da chiroqlar o'chib qolgani yodingizdami?)


-O'zbek futboli muxlislariga tilaklaringiz...

O'zbekiston terma jamoasiga Osiyo Kubogida g'alaba qozonishni va Jahon CHempionati saralash bahslaridagi omadli ishtirokni tilayman. Ularga chin qalbimdan omad tilayman!



Javoblaringiz uchun rahmat!

Intervyuning rus tilidagi ko'rinishi

Intervyuning ingliz tilidagi ko'rinishi


Aziz To'xtamurodov

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика