So’nggi yangiliklar

20:00"Тоттенхэм"ни 4 нафар футболчи тарк этди  0 19:43Ўзбекистон МТЖ Туркманистонга қарши баҳсдан олдинги расмий машғулотни ўтказди. Аббос Файзуллаев интервью берди  0 19:15АПЛда VAR бекор қилинмайди  0 18:56Ўзбекистон олимпия терма жамоаси посбони йиғинга жароҳат билан келган. Унинг ўрнига бошқа футболчи чақирилди  1 18:39Александр Крестинин "Локомотив"га тайинлангани ҳақида фикр билдирди  1 18:17Тожикистон терма жамоаси дарвозабони Россия клубига ўтмоқда  2 17:50"Астон Вилла" "Челси" хавбеки трансфери устида ишламоқда  1 17:26Зайнутдинов РПЛга қайтмоқда  5 17:00"Насаф" – "Локомотив" беллашувида ҳакамлар 2 та кечириб бўлмайдиган хатога йўл қўйишди. Суперлига 10-туридаги ҳакамлик таҳлили  3 16:35Расмий хабар: "Локомотив" Александр Крестинин билан келишувга эришди   8 16:13Сане Компани ҳақида: "Сити"да бирга ўйнаганимизда бир кун сенинг мураббийинг бўламан деганди. Афсуски, бу рўй берди"  1 15:39ESPN: Родри дунёнинг энг яхши ярим ҳимоячиси, Топ-3да Беллингем ва Эдегор бор  6 15:13Расман: Антонио Конте — "Наполи" бош мураббийи  5 14:41ESPN: Алиссон дунёнинг энг яхши дарвозабони, Аргентинани чемпион қилган Мартинес иккинчи.  6 14:13Туркманистонга қарши учрашувларда кимлар майдонга тушган ва гол урган? Ўзаро ўйинлар тарихи  10

Intervyu. Manuchexr Safarov: "Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisidan chiqqan taklif "Lokomotiv"ga kelishim uchun etarli bo'ldi" Yangiliklar

Intervyu. Manuchexr Safarov: "Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisidan chiqqan taklif "Lokomotiv"ga kelishim uchun etarli bo'ldi"

Ikkinchi davrada yana bir tojikistonlik futbolchi O'zbekiston Superligasida to'p tepadi.


Rasman: "Lokomotiv" Osiyoning 2021 yildagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachisini tarkibiga qo'shib oldi


Gap Tojikiston terma jamoasi futbolchisi Manuchexr Safarov haqida ketmoqda. Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Persepolis"dan "Lokomotiv"ga ko'chib o'tgan futbolchi bilan bog'lanib ayrim savollarimizga javob oldik. 

- Avvalo yangi jamoangiz bilan tabriklayman. "Lokomotiv" varianti qaerdan paydo bo'ldi? 

- "Lokomotiv" sport direktori Server Jeparov taklif bilan chiqdi. U o'zbek futbolida o'z obro'yiga ega futbolchi bo'lgan, ikki karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. Undan klubdagi vaziyat, maqsadlar haqida so'radim. SHuning o'zi etarli bo'ldi. Bu klub Osiyoda yaxshi nomga ega. Qolaversa, bir necha karra mamlakat chempioni. 

- O'tgan yili OCHL bahslaridan so'ng "Istiqlol"dan "Persepolis"ga o'tdingiz. Qizig'i klub bilan yana 2 yillik shartnomangiz bor edi. Bu borada qandaydir jiddiy sabab yuz berdimi?

- Ochig'i bu erda futbol juda og'ir. Ko'proq jismoniy kuchga tayaniladi. Faqat yugurishingiz kerak. O'zbekistonda ko'proq texnikaga etibor beriladi. SHartnomam bor edi. Lekin o'yin amaliyoti kamlik qildi. Natijada ketishga qaror qildim. 

- Eron futboli saviyasi ko'proq qaysi jihatlari bilan yodda qoldi?

- Mashg'ulot maydonlari, stadionlar deyarli bir xil saviyada. Ikkinchidan mashg'ulot tugasa ham, yana 1-2 soat qo'shimcha ishlashadi. 

- "Lokomotiv" varianti yuzaga kelganda, kimdir bilan maslahat qildingizmi yoki o'zingizning istaganingiz tufayli amalga oshdimi?

- Agentim o'zbek klublarini yaxshi biladi. Bundan tashqari, Zoir Jo'raboev bilan maslahatlashdim. "Lokomotiv"da barcha iliq qarshi oldi. Insoniylik tomondan alo darajada. Hamma o'z ishiga professional. Ikkita o'yinda maydonga tushdim. Moslashishda muammo ko'rmayapman. Jamoadagilar yordamini ayamayapti. 

- O'ziga hos almashish yuz berdi. Ehsoni Panshanbe Eron klubiga ketdi, siz o'zbek jamoasiga keldingiz...

- Ehsoniga omad tilayman. Yuqorida aytganimdek men o'zim uchun yaxshi chempionatda o'yin amaliyotiga ega bo'lishim kerak edi. 

- Etibor bersak, O'zbekiston chempionatida sobiq "Istiqlol"chilar ko'pchilikni tashkil qilmoqda. Mana yaqinda murabbiy Vitaliy Levchenko "Neftchi" bosh murabbiyiga aylandi. Nima deb o'ylaysiz, ushbu mutaxassis ikkinchi davrada vaziyatni o'zgartira oladimi?

- Vitaliy Levchenko yaxshi mutaxassis. "Neftchi" Zoir Jo'raboevni taklif qildi, lekin shartnoma bois "Surxon" qo'yib yubormadi. Agarda jamoa bir oilaga aylansa, murabbiyning ko'rsatmalarini bajarsa vaziyat o'zgarishi mumkin. 

- Turnir jadvalidagi intrigani hisobga olsak, ikkinchi davrada qanday kurash kutyapsiz?

- Imkon qadar o'zimni ko'rsatishga, jamoaga yordam berishga harakat qilaman. CHempionlik uchun kurashuvchi jamoalar bitta emas, bir nechta. Bu yoqimli albatta. Murabbiylarim Vitaliy Levchenko, Anvar Norqulov, Alisher To'xtaev, Farruh Berdievdan olgan o'gitlarim "Lokomotiv"da ham foyda keltiradi, deb o'ylayman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика