So’nggi yangiliklar

12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  2 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  2 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  3 11:30Бенземага Франциядан харидор чиқди  0 11:05Хаби Алонсо мавсумдаги илк мағлубиятдан кейин: "Бу оғриқли"  4 10:53"Реал" Крооснинг ўрнига кимни олиб келмоқчи?   6 10:32Лукман — Европа лигаси финалида хет-трик қайд этган тарихдаги иккинчи футболчи  1 10:10"Барселона" Фликни қачон бош мураббий сифатида эълон қилиши маълум  10 10:0166 ёшли Гасперини фаолиятидаги биринчи совринни қўлга киритди. У Европа лигаси тарихига ҳам кирди  6 09:04Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Ҳиндистон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  1 08:46"Челси" таклифини рад этган Германия терма жамоаси собиқ мураббий Испанияга боришни истамоқда   1 08:15Футзал. Бугун мавсумнинг сўнгги учрашувлари ва тақдирлаш маросими бўлиб ўтади. Тадбирга Муниса Ризаева ҳам келади  0 07:50Адемола Лукман: "Бу кун ҳаётимдаги энг яхшиси бўлди"  5 07:26Про лига. Бугун Тошкент ва Нукусда учрашув бор  0

Intervyu. Farruh Ikromov: "Qiyin kunlarni o'tkazdim. Ortimdan har xil gaplar yog'ildi. "Surxon" muxlislaridan uzr so'rayman" Yangiliklar

Intervyu. Farruh Ikromov: "Qiyin kunlarni o'tkazdim. Ortimdan har xil gaplar yog'ildi. "Surxon" muxlislaridan uzr so'rayman"

Jarohatdan so'ng yashil maydonga qaytgan Farruh Ikromov bilan intervyu.

Bir yil oldin O'zbekiston milliy terma jamoasi safida jarohat olib safdan chiqqan Farruh Ikromov kecha "Surxon" bilan uchrashuvning 63-daqiqasida Pavel Mogilevec bilan almashtirildi. Qaytishini gol bilan nishonlagan futbolchi termizlik ishqibozlar bilan bo'lgan vaziyatdan so'ng hakam tomonidan chetlatildi. O'yin yakunlangach yarim himoyachiga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- Avvalo yashil maydonga qaytganingiz bilan tabriklaymiz. Umuman bu boradagi birinchi hissiyotlar bilan o'rtoqlashsangiz...

- Buni so'z yoki ikki og'iz gap bilan tushuntirish qiyin. Ammo bu kunni kelishini juda kutgandim. 

- O'yinga juda yaxshi kirishib ketdingiz. Ko'rinib turibdiki, jismoniy holatingiz chakki emas. Bundan ham ertaroq qaytishingiz mumkinmidi?

- Juda og'ir kunlarni boshimdan o'tkazdim. Buni oila azolarimdan boshqa odam bilmaydi. U kunlar ortda qolganiga xudoga shukur deyman. Jismoniy holatim yaxshi. Bu borada menga katta yordam bergan, "Bunyodkor" klubida ish olib borayotgan fitness murabbiy Dilobar Saydullaevaga katta rahmat aytib qolaman. Meni maydonga qaytishimga mehnati singgan insonlardan biri bo'ladi.  

- "Surxon" darvozasiga urgan golingizdan so'ng yuzaga kelgan mojaroni qanday izohlaysiz? O'sha vaziyatni eslasak...

- Bir yil davomida to'p tepmadim. Ortimdan turli gaplar yog'ildi. Gol urdim va ichimdagilarni chiqardim. Biroq hissiyotlarimni "Surxon" muxlislariga ko'rsatmoqchi emasdim. Hissiyotla ostida menga eng yaqin tribuna termizlik muxlislar o'tirgan joy edi. Meni noto'g'ri tushunishmasin. Barchasi hissiyotlar bilan bog'liq. Ulardan uzr so'rab qolaman. 

- Jiddiy jarohatdan so'ng aksariyat futbolchilar o'zini ehtiyot qilib, yana qaytalamasligi uchun avaylab o'ynaydi. Natijada to'liq ko'rsatishi, avvalgi darajasiga qaytishi bir muncha qiyin kechadi. SHu jihat sizni havotirga solmayaptimi?

- Fikrimcha, siz o'zbekistonlik futbolchilarni nazarda tutdingiz. Evropada jarohat olgan futbolchini jiddiy ravishda har tomonlama qo'llab-quvvatlashadi. Hech kimga kerakmasdek bo'lib qolmaydi. Jarohati bo'lsa ham hurmat qilishadi. SHuning uchun menda ortiqcha qo'rquv yo'q. CHunki men evropaliklar qo'lidaman. 

- Demak tiklanish jarayonlari xorijlik mutaxassislar bilan bo'ldi?

- Jarrohlik amaliyotim Italiyada o'tkazildi. Buning uchun O'FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. 

- Bilishimizga qaraganda, Serchko Katanecning shtabida faoliyat yuritayotgan fizioterapevt Ian Katanec bilan Slovakiyada shug'ullandingiz...

- Ha. Buni ham aytib o'tish kerak. Jarrohlik amaliyotidan so'ng son mushaklari uchun Ian Katanec bilan oz fursat tiklanish mashqlarini olib bordim. Qolaversa, oila azolari meni juda iliq kutib olishdi. Ushbu murabbiyga va oilasiga tashakkurimni bildirib qolaman.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика