So’nggi yangiliklar

16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  0 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  0 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  2 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   2 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  4 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  7

Intervyu. Ehsoni Panshanbe: "Bir kun kelib O'zbekistonga yana qaytaman. Faoliyatimda o'zgarish qilishim kerak edi" Yangiliklar

Intervyu. Ehsoni Panshanbe: "Bir kun kelib O'zbekistonga yana qaytaman. Faoliyatimda o'zgarish qilishim kerak edi"

Teglar :  Exsoni Panshanbe
Intervyu vaqti!

Yozgi transferlar oynasida "Navbahor"ni tark etgan Exsoni Panshanbe endilikda faoliyatini Eronning "Zob Ahan" jamoasida davom ettiradi. Tojikistonlik yarim himoyachi bu borada saytimizga fikrlarini bildirdi. 

- "Zob Ahan" taklifi haqida...

-  "Zob Ahan" bir yarim oy avval taklif bilan chiqqan edi. Yakunda rozilik bildirdim. Bor gap shu. 

- "Navbahor"ni tark etishingiz o'yin amaliyoti bilan bog'liqmi?

- SHunday desak to'g'ri bo'ladimi. Murabbiy bilan gaplashdik. U barchasini to'g'ri tushundi. Menga o'yin amaliyoti kerak edi. 

- Bilishimizga qaraganda, sizga bir qator o'zbek klublari aniqrog'i "Neftchi" qiziqish bilirgan ekan?

- "Neftchi" va O'zbekistondan chorlovlar bo'lgandi. Vitaliy Levchenko bilan o'z vaqtida ishlaganman. U ajoyib murabbiy. Lekin faoliyatimga o'zgartirish kiritish vaqti kelgandi. Baribir qachondir yana O'zbekistonga qaytaman. 

- Yangi jamoangiz bilan nechchi yilga shartnoma imzoladingiz?

- 1+1 ko'rinishida shartnoma imzoladik. 

- Ikkinchi davrada "lochinlar"ning imkoniyatini qanday baholaysiz?

- "Navbahor" mavsumning birinchi qismini munosib tarzda o'zi istagandek tugatdi. Ikkinchi davrada kurash juda kuchli kechadi. Jamoaga qiyin bo'lishi aniq. Lekin yigitlarni nimalarga qodirligini bilaman. SHunisi aniqki, Superligada o'tkinchi o'yin bo'lmaydi. 

- Garchi klubda yaxshi sharoitlar yaratilgan, kuchli futbolchilar jalb qilingan bo'lsada natija ko'ngildagidek kechmadi. Sizningcha nima etishmadi?

- Avvalgi yil yaxshi o'yin ko'rsatgan edik. Ikkinchi davrada darvozamizdan kam to'p olib chiqdik. Klubda barcha sharoitlar bor. Lekin o'yinda yakun etmagandi. Muxlislarga faqat sog'lik tilayman. Ular har qanday holatda ham jamoa bilan birga. O'zbekistondagi eng yaxshi muxlislar. Jamoaga ishonishlarini so'rab qolaman. Namangan viloyati hokimi futbolni juda yaxshi ko'radi. U klub uchun barcha ishni amalga oshirmoqda. Bunday insonlar futbolda juda kam. "Navbahor" chempion bo'lishini juda istayapti.  SHunchaki bunday jonkuyar odamni qadrlashimiz lozim.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика