So’nggi yangiliklar

17:27Сурия ва Россия терма жамоалари ўртоқлик ўйини ўтказиши мумкин  0 17:05Денис Глушаков ва Одил Аҳмедов иштирокидаги мастер-класс қандай ўтди?  0 16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  0 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  2 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  1 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  3 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   3 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  9 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  7 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5

Igor Sergeev: "Terma jamoa ustozi shunday qaror qabul qilgan bo'lsa, sabablari bordir" Yangiliklar

Igor Sergeev: "Terma jamoa ustozi shunday qaror qabul qilgan bo'lsa, sabablari bordir"

Teglar :  Igor SergeevTobol
Kozog'iston chempionatida kechagi kun to'liqligicha hamyurtlarimizga ataldi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

"Tobol" sharafini himoya qilayotgan o'zbekistonlik hujumchi Igor Sergeev  "SHaxtyor Karagandi"ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Futbolchi saytimizga taasurotlari va terma jamoaga chaqirilmagani bilan bog'liq savollarga javob berdi. 

Tobol Kostanay

Igor Sergeev - 20', Igor Sergeev - 57'

Premier League . 3-tur

14/03/2023, 17:00

1
:
2
Tugadi

Shakhter Karagandy

Aidos Tattybayev - 90'

45'
90'
20'  Igor Sergeev
57'  Igor Sergeev
90'  Aidos Tattybayev


- Igor dubl va jamoangizning g'alabasi bilan tabriklaymiz. Umuman taasurotlar va hissiyotlar bilan bo'lishsangiz?

- Albatta, gol urganimdan xursandman. Yana bir quvonarli jihati bu uchrashuvda g'alaba qozondik. "SHaxtyor Karagandi"ga qarshi qiyin o'yin bo'ldi, deya olaman. Lekin jamoamiz o'z maydonida to'p tepdi. Muxlislarimizni xursand qila oldik, deb o'ylayman. SHunday ekan taasurotlar ajoyib. 

- Qozog'iston chempionatining bu turi o'zbekistonliklar benefisiga aylandi. Sizdan tashqari Bobir Abdixoliqov, SHahboz Umarov ham gol urdi...

- Albatta, bundan xabarim bor. Bu shunchaki zo'r. Bizning futbolchilar o'zlarini boshqa chempionatda ham ko'rsatayotganiga ijobiy qarayman. Ularga omad tilayman. 

- Bobir Abdixoliqov Belarus chempionatidan so'ng, Qozog'istonda ham o'zining nimalarga qodirligini ko'rsatmoqda. Bu uning ligalar orasida farq bo'lishiga qaramasdan tezda moslashib ketganidanmi?

- Yaxshi hujumchi. Agarda yanada rivojlanishda davom etsa, kuchli tomonlarini ko'rsata olsa, faqat mamnun bo'laman. Bobirga faqat muvaffaqiyat yor bo'lsin, deb qolaman. 

- Ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol. Dastlab O'zbekiston terma jamoasiga chaqirilganingiz haqidagi xabarni o'qidik. O'FA taqdim qilgan ro'yxatda esa yo'q edingiz. Bu vaziyatga qanday izoh bera olasiz?

- Terma jamoa ustozi shunday qaror qabul qilgan ekan, demak, buning sabablari bor. O'zim haqimda shuni aytishim mumkinki, bo'lg'usida chaqiruv olish uchun yanada ko'proq ishlashim kerak. 

- O'zbekiston Superligasi dastlabki ikki turi "Paxtakor" uchun omadsiz o'tdi. Bu holatni kutilmagan deyish mumkinmi? Keyingi turda "Navbahor" bilan o'yin kutmoqda...

- Ha, chindan bu kutilmagan holat. Ochig'i, nega bunday natija qayd etilganini bilmayman. Lekin ishonamanki, "Paxtakor" xatolari ustida ishlaydi va maqsadi sari oldinga intilishda davom etadi. "Navbahor" bilan o'yinda esa kuchli jamoa yutsin. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика