So’nggi yangiliklar

02:00ЕЧЛ. "Боруссия Д" ўз уйида ўтган ярим финалнинг илк баҳсида ПСЖни мағлуб қилди  22 01:57Роналду "Ал Насср"ни Қирол кубоги финалига олиб чиқди. Финалдаги рақиб - "Ал Ҳилол"  2 01:38Арне Слотнинг "Ливерпул"даги илк трансфери ким бўлиши маълум  0 00:43"Реал" ой ўйинчисини аниқлади. У Винисиус ёки Родриго эмас  0 00:34Эрон. "Персеполис" "Сепахон" билан дуранг қайд этиб, биринчи ўринга кўтарилиб олиш имконияти йўққа чиқарди  0 00:04Ўзбекистон U-23 терма жамоаси финалга тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ  1 23:55Файзуллаевга қизиқаётгани айтилган "Парма" А Серияга қайтди  3 23:32Лунин "Реал Мадрид" билан узоқ муддатли янги шартнома имзолайди  0 22:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Хурсандчилик ўтиб кетди. Ҳозир финалга тайёргарлик кўряпмиз"  11 22:30U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  12 22:08Эрон. "Истиқлол" очко йўқотди ва биринчи поғонани хавфда қолдирди. Машарипов деярли тўлиқ ўйнади  0 21:35"МЛС – Месси учун болалар майдончаси"  5 21:15Ўзбекистон Суперлигаси. 6-турда ишлайдиган расмийлар   2 20:55Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ  3 20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2

Iborohimhalil Yo'ldoshev: "Qayrat" jamoasi meni iliq kutib oldi va jamoaga yaxshi kirishib ketdim. Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" Yangiliklar

Iborohimhalil Yo'ldoshev: "Qayrat" jamoasi meni iliq kutib oldi va jamoaga yaxshi kirishib ketdim. Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Qayrat" klubi futbolchisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev saytimizga intervyu berdi

- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi yurishini boshladi. Ushbu musobaqa va dastlabki raqib haqida gapirib o'tsangiz?

- Olimpiyachilar o'rtasidagi Osiyo kubogi har doim juda qiziqarli va kurashlarga boy bo'lgan musobaqa. O'zbekiston ham ushbu musobaqa ancha muffavaqiyatli tarzda qatnashib kelgan. Oltin va kumush medallirini qo'lga kiritganmiz. Kechagi uchrashuv haqida gapiradigan bo'lsam, Malayziyaga qarshi biroz qiynaldik. O'zi birinchi uchrashuvlar har doim qiyin va masulyatli bo'ladi. Malayzi terma jamoasi ham ancha yaxshi jamoa ekanligini isbotladi. Ular to'pni yaxshi nazorat qilishdi. Biz bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz. Keyingi uchrashuvlarda buni isbotlashimiz kerak.

- Olimpiya terma jamoalari orasida qaysi jamoani kuchli deya etirof eta olasiz va qaysi jamoa vakillarini musobaqa favoriti deya ko'rsata olasiz?

- Mening fikrimcha, Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari musobaqa favoriti va Osiyo mintaqasida eng kuchlilardan biri. O'zbekiston terma jamoasi ham favorit deya olaman. O'tgan yili o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida aynan shu uch terma jamoa medallarni qo'lga kiritgandi. Musobaqa endi boshlandi, birinchi turning o'zidayoq qaysidir terma jamoani yaqqol favorit sifatida ko'rsatish qiyin.

- Yangi mavsumda jamoangiz o'zgartirdingiz va Qozog'istonning eng kuchli jamoalaridan biri "Qayrat" klubida o'ynamoqdasiz. Yangi jamoangizga ko'nikish jarayoni qanday kechmoqda? "Qayrat" jamoasining maqsad va rejalari qanday. "Qayrat" hozirgi kunda Qozog'iston milliy chempionatida peshqadamlik qilmoqda va hali mag'lubiyatga uchragani yo'q?

- Jamoaga yaxshi qo'shildim deb o'ylayman. Jamoa o'zimga juda yoqdi. Jamoadoshlarim ham iliq kutib olishdi. Bosh murabbiyga ham minnatdorchilik bildiraman, sababi u menga ishondi va ko'p imkoniyat bermoqda. Eski jamoamda so'ngi olti oy davomida o'yin amaliyotiga ega bo'lgamaganimga qaramay barcha uchrashuvlarda asosiy tarkibda o'ynayapman. Qozog'iston chempionati ham etarlicha kuchli ekan. "Ordabasi", "Astana", "Qayrat" va "Aktobe" kabi jamoalar mahalliy chempionatning eng kuchli klublari hisoblanishadi.

- Qozog'iston chempionati eng qizigan pallasiga kirmoqda, ammo shunga qaramay siz klubingizdan ruxsat oldingiz va olimpiya terma jamoasi ihtiyoriga etib keldingiz. "Qayrat" jamoasidan ruxsat olish qanchalik qiyin bo'ldi?

- Klubimdan ruxsat olish juda qiyin. Osiyo kubogi FIFA kunlarida o'tkazilmayotgani sabab, muammolarga duch keldik. "Qayrat" meni qo'yib yuborish niyatida emas ekanligini oldindan aytdi. Lekin O'FA ikki-uch marotaba muzokara o'tkazdi va rad javobini oldi. Biroq O'zbekiston futbol associaciyasi oxirigacha harakat qildi va yakunda kelishuvga erishildi. SHu sabab terma jamoa ihtiyoriga kelib qo'shildi. Asosiy tarkibda o'ynayotganim tufayli bosh murabbiy ham Osiyo kubogiga borishimga qarshi edi, ammo O'FA kelishuvga erisha oldi.


Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
19 apr 22:29:28
Bebeto 81
Шу бизани футболистларга умуман беш кетмадим,турнирнинг энг кучли ва энг киммат жамоа булса хам Япония ва Кореядан куркади булар...
+1   
19 apr 18:11:15
furqat umarov
Jamik Eshnazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Sochdi ob yurgin ukam bangiga oxshamasdan
Aqllilar ozlarincha nima diyishasan? Sochi va soqoli bn nima ishin bor? Intervyusini korib chiqishsen bilasan nimaga soch soqol qoyishini. Har xolda sanlarnikidan diniy bilimi yaxshi
+1   
19 apr 17:31:16
Tim Rut
Soqoli chiqqanidan keyin qoʻyadi bir tekis qib , nima bu yopishtirib qoʻyilgana oʻxshidi
+1   
19 apr 17:16:29
Jamik Eshnazarov
Sochdi ob yurgin ukam bangiga oxshamasdan
   
20 apr 12:04:42
Davronbek Abduvaliev
Омадингларни берсин.
   
20 apr 12:04:32
Davronbek Abduvaliev
Омадингларни берсин.
   
20 apr 02:29:13
Otabek live
Bebeto 81 foydalanuvchining fikriga javob berish
Шу бизани футболистларга умуман беш кетмадим,турнирнинг энг кучли ва энг киммат жамоа булса хам Япония ва Кореядан куркади булар...
Toʻgʻri aytasiz. Uni ustiga ikki yil oldingi chempionatdayam shu hozirgi tarkib qatnashgan, faqat 23 yoshlilarni olib kelgan Saudiyadan yutqazgan xolos, 2-oʻrinni olgan. Tajriba bor. Nimaga duxi yoʻq ekan. Shu jalolga oʻxshagan futbolchiyam rostan kerak ekan jamoaga
championat.asia
Яндекс.Метрика