So’nggi yangiliklar

23:34Эрон. "Персеполис" "Истиқлол Ҳузистон"га қарши фантастик камбэк қайд этди. Ўрунов ғалаба голини урди ва жамоасини биринчи ўринга олиб чиқди!  0 23:12Тимур Кападзе: "Дуранг адолатли натижа бўлди. Айрим футболчилар жамоамизни ёзда тарк этиши мумкин"  3 23:03Муҳсин Низомиддинов: "Бухоро" билан дуранг ўйнаш осон иш эмас"  0 22:42Веско Стешевич: "Менимча, "Навбаҳор" гол урган вазиятда ўйин қоидаси бузилганди"  8 22:25Улуғбек Бакаев: "Ўйин дуранг натижага мос ўтди"  1 22:21Самвел Бабаян: "Бугун ғалабага ўйнамадик. Натижа адолатли бўлди"  27 22:08"Шанба кунидан бошлаб стадиондаги мухлислар сони биттага кўпаяди" – Хави "Барселона" мухлислари билан хайрлашди  5 21:42Суперлига. "Олимпик" – "Андижон" (0:0). Highlights  8 21:25Суперлига. "Олимпик" ва "Андижон" нурсиз дурангга имзо чекди  43 21:10Сафонов кетиши керак, лекин ПСЖга эмас...  2 21:00Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги ўриндаги "Металлург" билан дуранг ўйнади  137 20:25ПСЖ Хвича учун 100 млн евро таклиф қилди, бироқ...  1 19:58Про лига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" учрашуви нурсиз дуранг билан тугади  13 19:40VAR хатоларидан энг кўп жабр кўрган АПЛ клублари аниқланди  5 19:16"Реал" футболчиси ЕЧЛ финалини ўтказиб юборади  1

Abdujamol Isroilov: "Dinamo"ga hammasini boshqatdan boshlash uchun keldim" Yangiliklar

Abdujamol Isroilov: "Dinamo"ga hammasini boshqatdan boshlash uchun keldim"

Transferlar oynasi vaqtida faol harakat qilayotgan yana bir jamoa - "Dinamo".

Samarqandliklar yangi mavsum arafasida tarkibini xorijlik va mahalliy ijrochilar bilan to'ldirmoqda. Klub uzoq vaqt jarohati sabab katta futboldan chetda qolgan Abdujamol Isroilovni ortga qaytardi. Malumot o'rnida takidlash lozimki, yarim himoyachi 2017 yilgi mavsumda aynan shu jamoada to'p tepgan edi. 


- Futbol jamoatchiligi Abdujamol Isroilovni ancha payt yo'qotib qo'ydi. Ikki yildan oshiq maydondan tashqarida yurdingiz. Bunday paytda "Dinamo" taklifi siz uchun kutilmagan tuyuldimi?

- To'g'risi, o'sha og'ir jarohatimdan keyin ko'p vaqt o'tdi. SHunga qaramasdan, menga ishonch bildirib, taklif qilgani Uchqun Qobilov va Andrey SHipilovga minnatdorchiligimni bildiraman. Katta futbolni "Dinamo"da boshladim. Nima uchun qaytganimni bilasizmi?  Hech narsani o'ylamay, hammasini boshqatdan boshlash uchun keldim. 

- Jarohatdan keyin o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Xudoga shukur, hozirda hammasi alo darajada. Ikki mahal suniy qoplamali maydonda shug'ullanmoqdamiz. Mashg'ulotlar jarayonida jarohat o'z tasirini o'tkazayotgani yo'q. Erkin harakat qilishimga to'sqinlik qilmayapti. 

- O'tgan yili katta futbolni tugatish qaroriga kelgan ekansiz...

- Ha, orada malum vaqt shunday fikr ham yuzaga keldi. Hattoki, umuman mashg'ulot o'tkazmagan paytlarim ham bo'ldi. Ammo oyog'im yaxshilangani sari ishonch uyg'ona boshladi. Natijada qatiy ravishda mashg'ulotlarni davom ettirdim. 

- Yashil maydonga qaytishingiz nima uchun bunchalik ko'p vaqtni oldi? Jarohatingiz tuzalishi cho'zilgani sababi nimada?

- Ochig'i o'zim ham bilmadim. Oyog'imning lat egan qismi yaxshi tuzalayotgandi, ammo yugurishga qiynalayotgan edim. Jarrohlik amaliyotidan so'ng gipsda 5 oy o'tirib qoldim. Oyoqda qon aylanishi uchun harakatlanish kerak ekan. 

- Bugungi "Dinamo" 5 yil avvalgiga qaraganda qanchalik o'zgargan?

- Har tomonlama o'zgarishlarga qo'l urilgani ko'rinib turibdi. SHaroitlar ancha yaxshilangan. 

- Jamoada futbolchilarni o'ynatadigan murabbiy. Natijaga va o'yinga ham u javobgar. "Dinamo"ning serbiyalik murabbiyi siz bilan gaplashib ko'rdimi?

- Jamoaga futbolchilarni murabbiy tanlaydi. Meni taklif qilishganda serbiyadan murabbiy kelayotganini, unda ijobiy taassurot qoldirsamgina jamoada qolishimni aytishdi. Predrag Rogan bizni ko'rikdan o'tkazdi. U bilan gaplashdik. Qolishimni aytdi. Yakunda shartnoma imzoladim. 

- "Navbahor" muxlislari sizni yaxshi ko'rishadi. Ortda qolgan vaqt mobaynida ijtimoiy tarmoqlarda sizni qo'llab-quvvatlab turishdi...

- Gapingiz rost. "Navbahor" muxlislarini yaxshi ko'raman. Qaerda bo'lsam ham omad tilashadi. "Dinamo"ga o'tganimda ezgu tilaklar bildirishdi. Bundan xursandman. Qachonlardir yana ularning qarshisida to'p tepaman. "Dinamo" ishqibozlariga ajoiyb tarzda kutib olishgani uchun tashakkur. Joriy yilda ham samarqandliklarni xursand qilishga harakat qilamiz. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика