So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  54 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  1 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  6 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  4 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  18 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  4 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  5 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  3 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  40 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

Harobadan chiqqan millioner - Terri Anri Yangiliklar

Harobadan chiqqan millioner - Terri Anri

Bugun Franciya terma jamoasining sobiq futbolchilaridan biri Terri Anri haqida malumotlar keltiramiz.

Terri Daniel Anri (francuzchasiga Thierry Daniel Henry) - franciyalik futbolchi. Hujumchi va qanot yarim himoyachisi sifatida o'ynagan. Kelib chiqishi - otasi Gvadelupedan. Onasi esa Martinikadan. O'tmishda ushbu mamlakatlar Franciyaning mustamlakalari bo'lgan.

51 ta gol bilan Franciya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. "Arsenal" safida 175 ta gol kiritgan.
Taniqli futbolchi 1977 yilning 17 avgustida Parij atrofidagi Lez-Yuli shaharchasida tug'ilgan. Oilasi qashshoq, harobada yashagan. Bolaligida ham o'ziga o'xshagan bolalar bilan birga katta bo'lgan. Aynan ular bilan birga futbol o'ynashni o'rgangan. Anrining onasi uning talim olishini istardi. Otasi esa uning mashhur sportchi bo'lishini orzu qilardi. Farzandida katta istedodni ko'rgan ota uni qo'llab-quvvatlashda davom etadi. 7 yoshli Terrining jismoniy ko'rsatkichlari juda yaxshi bo'lgan va uni mahalliy "Lez Yuli" futbol jamoasiga qabul qilishgan. Otasi uning futbol mashg'ulotlariga jiddiy etibor qaratar, diqqat bilan kuzatardi. Hattoki bir safar uning futbol o'yinidan so'ng kech qolgani uchun ishidan ayrilib ham qolgan. Anri keyinchalik bolaligida futbolni jon dilidan sevmaganini, shunchaki otasini xursand qilish maqsadida to'p tepib yurganini tan olgan.


"Monako"

1990 yilda Terri 13 yoshligida "Monako" skauti nazariga tushadi. SHundan so'ng klub akademiyasiga qabul qilinadi. 1994 yilda esa klub bilan shartnoma imzolaydi va ilk bor Franciya birinchi ligasida debyut qiladi. O'shanda klub bosh murabbiyi Arsen Venger Anrida chap qanot yarim himoyachisi sifatida foydalangan. Ilk mavsumda futbolchi 18 marotaba maydonga tushib, 3 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.
Keyinchalik esa uni hujum chizig'iga o'tkazishadi. 1996/97 yilda u o'zining ajoyib o'yinlari evaziga jamoasi bilan Franciya chempionligini qo'lga kiritadi. Uning istedodi albatta Evropa grandlari nazaridan chetda qolmadi va "Real" vakillari unga 6 yillik shartnoma taklif qilishdi. Anri ushbu shartnomaga imzo chekdi. Ammo, bazi sabablarga ko'ra u shartnomani bekor bo'lishini istaydi. Yakunda 100 000 francuz franki jarima to'lagan futbolchi yana "Monako"da qoladi.
Keyingi mavsumda u yanada o'sishga erishadi. ECHLda debyut qiladi. Turnir davomida 7 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. O'shanda "Monako" ECHLda yarim finalgacha etib borgandi. Bu orada terma jamoaga jalb qilindi va o'z yurtida bo'lib o'tgan JCHda g'oliblikni qo'lga kiritdi.  SHundan so'ng uning "sovchi"lari yanada ko'paygandi. Yakunda esa u 10,5 million funt evaziga "Yuventus"ga ko'chib o'tadi.

"Yuventus"

Italiyadagi birinchi va oxirgi mavsum futbolchi uchun omadsiz bo'ldi. 16 ta o'yinda maydonga tushgan Anri bor yo'g'i 3 ta gol kirita olgandi. SHundan so'ng uni transferga qo'yishadi va 1999 yilda u 10 million funt evaziga sobiq murabbiyi Arsen Vengerning oldiga - "Arsenal"ga ko'chib o'tadi.

"Arsenal"

U 1991 yildan beri "Arsenal"ga muxlislik qilardi va aynan London klubida dunyo futboli yulduziga aylana oldi. Avvaliga barchasi qiyin bo'lgan. U yangi jamoasi safida bir oydan ko'p vaqt gol kirita olmagan. O'sha mavsum yakunida esa uning raqib darvozalariga kiritgan gollari soni esa 26 tani tashkil qilardi! O'sha mavsumda "Arsenal" APLda ikkinchi o'rinni egallagan, UEFA kubogida esa finalda "Galatasaroy"ga imkoniyat boy berib qo'yilgandi.



Evropa chempionatidan g'olib sifatida qaytgan futbolchi ajoyib formada edi. Kiritilgan gollarning kamligiga qaramay, futbolchi "Arsenal"ning eng yaxshi to'purari va asosiy tarkibning almashtirib bo'lmas futbolchilaridan biri hisoblanardi. 2001/02 yilgi mavsum esa juda omadli o'tadi. "Arsenal" APLda g'olib, Angliya Kubogi finalida esa "CHelsi" 2:0 hisobida mag'lub etiladi. Ushbu turnirlarda futbolchi raqiblar darvozasiga 32 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. 12 fevral kuni esa u klub safidagi 100 golini kiritgan.

2002/03 yilgi mavsum ham yomon o'tmagan. 32ta gol va 23 ta golli pas. Ajoyib natija. SHunday emasmi? CHempionlik qo'ldan boy berilgan bo'lsada, Angliya Kubogi munosib himoya qilinadi. Mavsum davomida to'purarlar ro'yxatini boshqarib borgan futbochi so'nggi o'yinlardagina bitta gol farqi bilan Rud van Nistelroyga yutqazib qo'yadi.

2003/04 yilga mavsumda esa "Arsenal" APLda mag'lubiyat nimaligini bilmasdan chempionlikni qo'lga kiritgan. Qahramonimiz esa Bergamp, Vieyra, Pires kabi futbolchilari bor "Arsenal"ning etakchisi hisoblanardi. FIFA talqini bo'yicha yil futbolchisi nominaciyasida Ronaldinodan so'ng ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan. 39 ta gol bilan "Oltin butsa" sohibiga aylangan.



2005 yilda jamoadan Vieyra ketganidan so'ng Anri "Arsenal" sardoriga aylangan.

2006/07 yilgi mavsum futbolchi uchun og'irroq o'tadi. Aniqrog'i, jarohatlar Anriga o'z o'yinlarini namoyish etishga imkon bermaydi.


"Barselona"

2007 yilning 25 iyunida kutilmaganda futbolchining "Barselona"ga o'tayotgani haqida rasmiy xabar chiqadi. 24 million evro evaziga Kataloniyaga ko'chib o'tgan futbolchi "Barsa" bilan  4 yillik shartnomaga imzo chekadi. U yangi jamoasida ham "Arsenal"dagi kabi 14-raqamni oladi. "Barsa" safidagi ilk golini 2007 yilning 19 sentyabrida "Lion"ga qarshi ECHL o'yinida kiritadi. Oradan 10 kun o'tib esa jamoa safidagi ilk xet-trigini amalga oshiradi. O'shanda u uchta golni "Levante" darvozasiga kiritgandi. Kataloniyadagi ilk mavsumida jamoa 19 ta gol bilan jamoa to'purariga aylangan.

2008/09 mavsumda esa klub safidagi ilk sovrinini qo'lga kiritadi. 2009 yilning 13 mayida Ispaniya Kubogi finalida "Atletik" mag'lub etiladi. Biroz vaqtdan so'ng esa ECHL va Primerodagi g'oliblik... O'sha mavsumda Messi - Eto'O - Anri uchligi 100 tadan ko'p gol kiritgandilar. Keyin esa Ispaniya va UEFA superkubogi, klublar o'rtasida jahon chempioniga aylanadilar.

Kelasi mavsumda esa u yosh hujumchi Pedro Rodriges bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi va 15 tagina o'yinda maydonga tushadi. Mavsum so'ngida esa klub prezidenti Joan Laporta agar futbolchi istasa yozda jamoadan ketishi mumkinligini malum qiladi.



"Nyu-York Red Bullz"

2010 yilning iyulida Anri MLSning Nyu-York Red Bullz jamoasi bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi. Jamoa safidagi debyut 31 iyul kuni "Dinamo"ga qarshi o'yinga to'g'ri kelgan. Ilk golini esa 28 avgustda San-Xose Ertkveyks darvozasiga kiritdi. 16 sentyabr kuni esa "Dallas"ga qarshi o'yinda golni nishonlayotgan Anri raqib posboni Kevin Xartmanga jarohat etkazib qo'yadi va ahloq qo'mitasi tomonidan 2000 dollar jarimaga tortiladi. 2011 yilning martida esa MLSdagi tanaffus vaqtida u o'zi uchun qadrdon bo'lgan "Arsenal" safida mashg'ulotlarda qatnashib yurdi. 2012/13 yilgi mavsumda esa ijara asosida "kanonirlar" safida o'ynadi. 2013 yilda MLSda yil o'yinchisi deb topilgan. 2014 yilning 1 dekabrida esa Terri Anri futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida elon qildi. 16 dekabrdan boshlab esa Britaniyaning "Sky Sports" telekanalida jurnalist sifatida ishlashni boshladi.


Terma jamoa

Anri ilk marotaba 1997 yilning iyun oyida Franciya terma jamoasi tarkibida debyut qildi. O'shanda franciyaliklar Janubiy afrikaliklarni 2:1 hisobida mag'lub etgandilar. Terma jamoasi bilan 1998-yilgi JCHda, 2000 yilgi Evropa chempionatida ishtirok etgan va oltin medallarni qo'lga kiritgan.



2006 yilgi Germaniyada bo'lib o'tgan Mundialda esa kumush medallar sohibiga aylangan. O'shanda futbolchi turnirning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar qatorida bo'lgandi. Turnirning ramziy terma jamoasiga kiritilgan.

Umumiy hisobda u Franciya terma jamoasi safida 123 ta o'yinda maydonga tushgan va 51 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика