So’nggi yangiliklar

17:05Денис Глушаков ва Одил Аҳмедов иштирокидаги мастер-класс қандай ўтди?  0 16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  0 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  0 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  0 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  3 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   3 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  4 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6

"Hali asosiy maqsadimga erishganim yo'q" - "Dinamo"ning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi SHohruh Abdurahmonov Yangiliklar

"Hali asosiy maqsadimga erishganim yo'q" - "Dinamo"ning 2021 yildagi eng yaxshi futbolchisi SHohruh Abdurahmonov

Samarqandning "Dinamo" jamoasi 2021 yil Pro liga yakunlariga ko'ra ikkinchi o'rinni egalladi va Superligaga yo'llanma oldi.

Bir so'z bilan aytganda Samarqandga katta futbol qaytdi. Bunda esa jamoadagi barcha o'z hissasini qo'shdi. Xabaringiz bor, "Dinamo" jamoasi bir necha yillardan beri har mavsum oxirida eng yaxshi futbolchini taqdirlash ananasini yo'lga qo'yib kelmoqda. Joriy mavsum ushbu etirof maydonda harakatlari va uzoqdan yo'llangan gollari bilan ajralib turgan SHohruh Abdurahmonovga nasib qildi. Biz "Neftchi" bilan kechgan so'nggi tur bahsidan so'ng uni suhbatga chorladik. 

- "Dinamo" ikki yillik tanaffusdan so'ng Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Vazifa muddatidan avval bajarib bo'lingani navbatdagi uchrashuvlarga salbiy tasir qilgani yaqqol ko'rindi...

- Avvalambor barchan muxlislarni Superliga yo'llanmasi bilan tabriklayman. Ikki yil deganda biz o'z maqsadimizga erishdik. Albatta Pro liga tugashiga bir nechta tur qolganda vazifa bajarildi. Bu qanchalik tasir qilganini so'nggi o'yinlardagi natijalar ham aytib turibdi. 

- Mavsum davomida "Neftchi" bilan raqobatlashish qay darajada qiyin kechdi? 

- Ko'ryabsiz so'nggi ikki yilda Pro liga saviyasi ancha oshdi. Musobaqada raqobat sezilarli darajada kuchaydi. Superliga yo'llanmasi uchun kurashish qiziqarli kechdi. "Neftchi" haqli ravishda birinchi o'rin bilan Superligaga yo'llanma oldi. "Olimpik" bu yil tashkil topganiga qaramasdan har bir o'yinda kurashdi. "Nurafshon"ga qarshi o'yinlar ham oson bo'lgani yo'q. 

- Joriy yilgi mavsum SHohruh Abdurahmonov uchun shubhasiz omadli o'tdi, deya olamiz. Futbolchining qirralarini ochilishi va o'yini yorqin kechishi murabbiyga bog'liqmi?

- Mening fikrimcha, ha. Futbolchining qay darajada to'p tepishi murabbiyga bog'liq, deb o'ylayman. Joriy yilgi muvaffaqiyatlarim uchun murabbiylarimga va jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. 

- 2019 yil "Paxtakor" o'rinbosarlaridan "Dinamo"ga ko'chib o'tgan edingiz. Samarqand klubi sizning transferingizni sotib olgandi. Bizdagi malumotlarga qaraganda o'shanda jamoa 500 million so'm to'lagan ekan...

- To'g'ri 2019 yilda meni "Paxtakor"dan sotib olgan. Lekin transfer narximning ochig'i bilmayman. 

- SHu kungacha jamoada ko'p bor tarkib o'zgardi. Futbolchilar almashdi. Boshqa jamoalardan takliflar bo'lganmi? O'sha mavsum Superligada Van Persi uslubida urgan golingizdan so'ng haridorlaringiz ko'paygandi. "Dinamo"da sizni ushlab turgan narsa nima?

- Superligada ishtirok etgan yilimiz juda ko'p tajribali ijrochilar bilan to'p tepgandim. Ulardan o'zim uchun foydali jihatlarni o'zlashtirdim. Tajriba orttirdim. Siz aytayotgan gol kutilmaganda yuz bergan edi. Vaziyat shuni taqozo qildi va gol urdim. Lekin takliflar haqida mening xabarim bo'lmagan.

- SHohruh Abdurahmonov kecha qanday edi, bugun qanday? Kelajakni qaysi jamoa bilan bog'lamoqchisiz?

- Meni shu darajaga kelishimga oilam, murabbiylarim sababchi. Oldin hech bunday natijaga erishishimga ishonmasdi. Oldimga maqsad qo'ydim va shu yo'lda ishonch bilan harakat qilmoqdaman. Hali asosiy maqsadimga erishganim yo'q. Bo'lg'usida faoliyatimni qaysi klub bilan bog'lashim aniq emas. 

- Maqsadingiz "Paxtakor"ga kuchli bo'lib qaytishmi yoki oldinga harakat qilish?

- Maqsadim xudo xohlasa APLda to'p tepish. Albatta faqat oldinga qarab intilaman.  


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика