So’nggi yangiliklar

10:52ОКМКнинг "Нефтчи" билан ўйин учун қайдномаси маълум  0 10:04ОЧЛ. "Ал Айн" биринчи ва охирги чемпион  2 09:45"Пахтакор" ва "Қизилқум" муроса кўчасини танлаган учрашувдан галерея  1 09:09Футзал. Бугун Жаҳон чемпионатига қуръа ташланади   5 08:48"Нефтчи" Фарғонада 8 йилдан бери ОКМКни мағлуб эта олмаяпти. Левченко Қосимовни сўнгги бор қачон ютган?  3 08:10"Қизилқум" 14 йилдан сўнг "Пахтакор"дан Тошкентда очко олди   9 07:45Франция кубоги финал. "Лион" - ПСЖ 1:2   0 07:40Англия кубоги финал. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:2   1 07:32Суперлига. "Бунёдкор" "Сўғдиёна"га қарши. Фарғонада ёнадиган ўйин бор   4 07:25ОФК Чемпионлар лигаси финал. "Ал Айн" - "Йокогама Маринос" 5:1   3 07:20УЕФА аёллар Чемпионлар лигаси финали. "Барселона" - "Лион" 2:0   12 07:15Германия кубоги финал. "Кайзерслаутерн" - "Байер" 0:1   0 07:10ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис" 0:0   0 07:05Серия А. "Ювентус" - "Монца" 2:0   0 07:00Серия А. "Милан" - "Салернитана" 3:3   0

"Guruhdan mehnatimiz bilan chiqqanmiz. "Al SHabab"da yo'q narsa "Nasaf"da bor" - Marko Stanoevich yana nimalar dedi? Qachon safga qaytadi? Yangiliklar

"Guruhdan mehnatimiz bilan chiqqanmiz. "Al SHabab"da yo'q narsa "Nasaf"da bor" - Marko Stanoevich yana nimalar dedi? Qachon safga qaytadi?

"Nasaf" OCHL pley-off uchrashuvida 19 fevral kuni Saudiya Arabistonining "Al SHabab" jamoasi bilan to'qnash kelishidan xabaringiz bor.

"Ajdarlar" mazkur uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Lekin tarkibda ayrim yo'qotishlar ham yo'q emas. Noyabr oyi oxirlarida jarrohlik amaliyotini o'tkazgan Marko Stanoevich bo'lajak rasmiy o'yinda maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori. 

Al Shabab

Husain Al Monassar - 12', Ever Banega - 54'

AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur

19/02/2023, 22:00

0
:
2
Tugadi

Nasaf Qarshi

45'
90'
7'  Hassan Tambakti
12'  Husain Al Monassar
12'  Ever Banega
54'  Ever Banega
54'  Husain Al Monassar
70'  Hattan Sultan Bahbri (Fahad Al-Muwallad)
83'  Cristian Guanca (Turki Al-Ammar)
89'  Riyadh Sharahili (Majed Omar Kanabah)
90'  Nader Abdullah Al Sharari (Saeed Al-Rubaie)
65'  Sherzod Nasrulloev (Muhammadjon Rahimov)
65'  Golib Gaybullaev (Shukhrat Mukhammadiev)
79'  Javokhir Sidikov (Nodirbek Mukarov)
79'  Jurabek Mannonov (Shakhzod Akromov)
79'  Oybek Bozorov (Sukhrob Nurulloev)

- Marko ayni paytda holatingiz qanday? "Al SHabab" bilan o'yingacha tiklanishga ulgurasizmi?

- Noyabr oyi oxirlarida "Dinamo" bilan o'yinda olgan jarohatimni davolatish maqsadida jarrohlik amaliyotiga qo'l urdik. Tiklanish reja bo'yicha davom etmoqda. Mazkur jarayon yakunlangach jamoa ixtiyoriga qaytaman. Menimcha, "Al SHabab" bilan o'yinga ulgurmayman. 

- Taxminan qachon safga qaytishingiz mumkin? Qancha vaqt kerak bo'ladi?

- Hozir biror aniq gap ayta olmayman. 

- "Nasaf"dagilar bilan aloqada bo'lib turibsizmi?

- Bosh murabbiy, futbolchilar bilan doimiy ravishda aloqadaman. Albatta ob-havo ham tayyorgarlikka tasirini o'tkazyapti. Lekin bu tasir qilmaydi, deb o'ylayman. Oldinda Turkiya yig'ini ham bor. 

- Boshqa jamoalarda jiddiy va ko'zga ko'rinarli transferlar amalga oshyapti. "Nasaf"da katta o'zgarish ko'rmayapmiz. Bu OCHL va chempionlik uchun havotirlarni oshirmaydimi?

- Yaxshi tomoni shuki, "Nasaf" o'z tarbiyalanuvchilariga ishonadi. O'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat beradi. Boshqa jamoalar qiziqtirmaydi. Men faqat "Nasaf"ni o'ylayman. 

- OCHLdagi raqib jiddiy. "Al SHabab" o'sha pallada zo'r sport formasida bo'ladi, tabiiyki bizda hali chempionat boshlanmagan. Bunda ustunlik saudiyaliklar tomoniga o'tib ketmaydimi?

- Albatta, raqib oddiy jamoa emas. Ularda bor narsa bizda yo'q, bizda bor narsa ularda yo'q. Jamoamizda yoshlik shijoati katta ustunlik berishiga ishonaman. Guruhdan tasodifan chiqmaganimizni isbotlashimiz kerak. Mehnatimiz bilan keyingi bosqichga yo'l oldik. O'z imkoniyatlarimizdan foydalanishimizga hech kim to'sqinlik qilmaydi. 


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика