So’nggi yangiliklar

10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   1 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  5 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  9 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  20 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  34 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан-ўйингача"  1

Futbol yulduzlari olimpiya atletlari bo'lganida qaysi sport turida kurash olib borgan bo'lishardi? Yangiliklar

Futbol yulduzlari olimpiya atletlari bo'lganida qaysi sport turida kurash olib borgan bo'lishardi?

Bazi futbol yulduzlari millionlar o'yinidan tashqari boshqa sport turlari bilan ham shug'ullanib turishadi yoki bolalikda shug'ullanishgan.

Etiboringizga 10 nafar futbolchi olimpiya atletlari bo'lganida qaysi sport turida kurash olib borishi mumkinligini taqdim etamiz.


Ueyn Runi. Runi futboldan tashqari boks bilan shug'ullanib turishini barcha yaxshi bilsa kerak. Agar Ueyn futbolchi bo'lmaganida, qo'l-qopli sport turida jahon chempioniga aylanishi ham mumkin edi.



Keylor Navas. Navas o'tgan mavsumda "Real" darvozasiga belgilangan juda penaltilarni qaytardi hamda Ispaniya chempionati va CHempionlar ligasi bahslarida o'zining ajoyib reakciyasi bilan darvozasini ishonchli qo'riqladi. Keylor bu reakciyasi bilan ston tennis ustasi bo'lishi mumkin.



Branislav Ivanovich. Ivanovich himoyada ishonchli o'ynashidan tashqari, to'pni autdan uzoqqa tashlab bera olishi bilan ham mashhur. Serbiyalik o'zini nayza uloqtirishda sinab ko'rsa bo'ladi.



Zlatan Ibragimovich. MYUning yangi hujumchisi Zlatan Ibragimovich futbol bilan birga taekvondoda ham kuchli sportchi ekanligini isbotlagan. SHveciyalik xatto qora belbog' sohibiga aylangan. U Olimpiada o'yinlarida qaysi sport turida kurashishini tushungan bo'lishingiz aniq. Agar Zlatan taekvondoni tanlaganida, hozir Ibragimovich - SHokin jangini kuzatgan bo'larmidik.



Lionel Messi. Messi Olimpiada o'yinlarining qaysi sport turiga mos tusharkin deb o'ylayapsizmi? Leoning o'yinlariga yaxshilab etibor bersangiz, u tinmay raqiblari ustidan sakrab o'tadi yoki sirpanib kelayotganlarga chap berib qoladi. Argentinalikka to'siq oshib sakrash sporti mos tushsa kerak deb o'yladik.



Krishtianu Ronaldu. Ronalduning jismoniy qobiliyatlarini hisobga olsak, uni deyarli barcha sportga tavsiya qilsak bo'ladi. Ammo portugaliyalik balandlikka sakrash bo'yicha bir necha karra olimiya chempioni bo'lishiga shubha qilmaymiz.



Buffon, Bonuchchi, Kellini va Barzali. Bu italiyaliklar himoya qo'rg'onida sinxron harakat qilishini juda ko'p bora ko'rganmiz. Sinxron harakatlar qaysi sport turida juda muhim? Sinxron suzish.


 Andrea Pirlo. "Maestro"ni bu ro'yxatga qo'shmaslik katta xato bo'lar edi. Pirlo aniq uzatmalari, Tayger Vudsning fantastik zarbalariga o'xshab ketadi. Italiyalik futbolchini golf musobaqasida ko'rish juda qiziq bo'lardi.



Daniele De Rossi. Bu futbolchi o'zining kurashuvchanligi va irodasi bilan mashhur. De Rossi bu fazilatlar bilan dzyudo sport turida Rishod Sobirovga qarshi tatamiga chiqishi kerak.



Sesk Fabregas. Sizda "ispaniyalikni nega bu ro'yxatga qo'shishdi?" degan savol paydo bo'lishi mumkin. Fabregas ishtirok etgan o'yinlarni etibor bilan tomosha qilsangiz, Sesk uchrashuvlarning 3dan 2 qismini yurib o'tkazadi. Yarim himoyachi sportcha yurish bahslarida qatnashsa, nechanchi bo'lib finisha etib keladi deb o'ylaysiz?


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика