So’nggi yangiliklar

09:26Виржил ван Дейкнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:00Тимур Кападзе Парижга бориши мумкин бўлган ёши катта футболчилар ҳақида фикр билдирди  16 08:36Аббосбек Файзуллаев «Спартак»ка қарши учрашувдан олдин олинган сариқ бўйича журналистларнинг саволига жавоб берди  4 08:12Навбатдаги йирик мағлубиятдан сўнг тен Хаг истеъфо ҳақида фикр билдирди  9 07:47Sofascore. Гол урган Файзуллаев кечаги баҳсда неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:19Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  1 06:50РПЛ. ЦСКА - "Рубин" 2:2   1 06:45Лига 1. "Лилль" - "Лион" 3:4   0 06:40АПЛ. "Кристал Пэлас" - "Манчестер Юнайтед" 4:0   0 06:35Саудия чемпионати. "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" 1:2   0 06:30Серия А. "Удинезе" - "Наполи" 1:1   0 02:08Лига 1. "Лион" 10 дақиқада 3та гол уриб, ажойиб камбэк ижро қилди  2 02:00АПЛ. "Кристал Пэлас" МЮни "ер тишлатди"  36 01:47А Серия. "Наполи" "Удинезе" билан дуранг ўйнади ва келаси мавсум ЧЛда ўйнаш имкониятидан деярли маҳрум бўлди  1 01:04БАА. Азиз Ғаниев жамоаси чемпионлик учун курашни давом эттирмоқда  1

Futbol o'rniga kibersport Yangiliklar

Futbol o'rniga kibersport

Ayni damda koronavirus tufayli butun dunyo bo'ylab odamlar bir joyda to'planishi mumkin bo'lgan barcha tadbirlar bekor qilinmoqda.

Futbol o'yinlari ham bundan mustasno emas. Biroq kibersport musobaqalari haqida bunday deya olmaymiz. Bir necha kun oldin LaLiga vakillari FIFA20 o'yini bo'yicha musobaqa tashkil qilib, unda haqiqiy futbolchilar ishtirok etishini taminlashdi. Ushbu o'yinlarni minglab ishqibozlar tomosha qilishdi.

Kibersport musobaqalarining tomoshalari kundan-kunga ortib bormoqda va o'quvchilarimizga ushbu yo'nalishda o'tkazilayotgan eng so'nggi musobaqalarni taqdim etishga qaror qildik.


Dota 2

Ayni damda Dota 2 bo'yicha WeSave! Charity Play xayriya turniri o'tkazilmoqda. Unda har bir zonaning (MDH, Evropa, SHimoliy Amerika, Janubiy Amerika, janubi-sharqiy Osiyo, Xitoy) mashhur jamoalari o'zaro bellashishmoqda. Ushbu turnirdan tushgan pullar koronavirusga qarshi kurashga sarflanadi.

Ushbu o'yinlarni Twitch.tv platformasi (sayti) orqali WePlay kanallarida tomosha qilishingiz mumkin.



CS GO (Counter Strike Global Offensive)

SHu kunlarda ESL tomonidan tashkil etilgan ESL Pro League Season 11: Europe musobaqasi davom etmoqda. Evropaning eng kuchli 18ta jamoasi 3ta guruhga bo'lingan. Bugun "A" va "B" guruhlaridagi so'nggi o'yinlar bo'lib o'tadi.


Guruh g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichga yo'l olishadi, 2 va 3-o'rinni egallagan jamoalar pley-off o'yinlarini o'tkazib, navbatdagi bosqich uchun kurash olib borishadi. Turnirning sovrin jamg'armasi 531 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Musobaqa chempioni 75 000 dollarini qo'lga kiritadi.

Ushbu musobaqada yagona o'zbekistonlik kibersportchi mavjud. SANJI niki ostida o'ynayotgan Sanjar Kuliev "Virtus.pro" sharafini himoya qilmoqda. Ushbu jamoa "C" guruhida va ushbu oltilik o'yinlari 26 martdan start oladi.

Ushbu turnir o'yinlari Twitch.tv platformasi (sayti)dagi MainCast kanalida namoyish etilmoqda. Bugungi bahslar Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика