So’nggi yangiliklar

02:19Англия. Муҳаммадали Ўринбоев "Брентфорд B" таркибида гол урди ва жамоасининг ғалабасига ҳисса қўшди  3 01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  2 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  2 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  7 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  18 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  14 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  34 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  14

Futbol olamidagi egizaklar FOTO Yangiliklar

Futbol olamidagi egizaklar FOTO

Aka-uka futbolchilar juda ko'plab topiladi, lekin egizak futbolchilar qo'l bilan sanarli darajada kam.

Quyida futbol olamidagi egizaklar bilan tanishtiramiz.

Ervin Klemers va Xelmut Klemers. GFR.

Tug'ilgan sanasi: 24 mart 1949 yil.

Qiziq fakt: 1974 yilgi Jahon chempionatiga Xelmut diskvalifikaciya qilingan ukasining o'rniga borgan. Germaniya chempionati doirasidagi o'yinlardan birida Ervin hakamni haqorat qilgani uchun Nemis futbol ittifoqi uni terma jamoadan chetlatgan. O'sha mundialda GFR chempionlikka erishgan...


Andreas Ravelli va Tomas Ravelli. SHveciya.

Tug'ilgan sanasi:
13 avgust 1959 yil.

Markaziy himoyada o'ynagan Andreas u qadar taniqli emas. Biroq u dunyoga mashhur akasidan bir yil oldin SHveciya terma jamoasida debyut qilgan.

Gilermo Barros Skelotto va Gustavo Barros Skelotto. Argentina.

Tug'ilgan sanasi: 4 may 1973 yil.

Qiziqarli fakt: futbolchilikni tugatgach Gilermo Lanus klubi bosh murabbiyiga aylandi. Gustavo esa klub texnik direktori lavozimini egalladi. Hissiyotlarga boy egizaklar murabbiylar o'rnida original ko'rinishardi.

Frank de Bur va Ronald de Bur. Gollandiya.

Tug'ilgan sanasi: 15 may 1970 yil.

Qiziqarli fakt: Gollandiyalik egizaklar birgalikda beshta klubda o'ynashgan: Ayaks, Barselona, Reyndjers, Al-Rayyan va Al-SHamal.


Fil Nevill va Treysi Nevill. Angliya.

Tug'ilgan sana: 21 yanvar 1977 yil.

Fil Nevillning Gari ismli akasi borligini barcha biladi. Biroq Treysi ismli egizagi borligini bilmasa kerak. Treysi ham sportchi bo'lgan, u netbol (basketbol turi) bo'yicha Angliya terma jamoasi safida o'ynagan.

Hamit Oltinto'p va Halil Oltinto'p. Turkiya.

Tug'ilgan sana: 8 dekabr 1982 yil.

Qiziq fakt: Gelzenkirxenda tug'ilgan aka-ukalar deyarli butun faoliyatini Bundesligda o'tkazishdi. Halil Turkiya chempionatida 28 yoshida, Hamit esa 29 yoshida debyut qilgan.

Filipp Degen va David Degen. SHveycariya.

Tug'ilgan sana: 15 fevral 1983 yil.

David bir necha yil oldin sog'ligi bilan bog'liq muammo tufayli futbolchilikni tugatdi, Filipp hozirgi kunga qadar Bazelda o'ynamoqda.

Vasiliy Berezuckiy va Aleksey Berezuckiy. Rossiya.

Tug'ilgan sana: 20 iyun 1982 yil.

Qiziq fakt: Aleksey uzoq vaqt akasidan ko'ra qobiliyatliroq va kuchliroq futbolchi deb hisoblangan. CSKAga Lesha Vasyadan yarim yil oldin kelgan. Rossiya terma jamoasida ham akasidan 4 oy oldin debyut qilgan.

Lars Bender va Sven Bender. Germaniya.

Tug'ilgan sanasi: 27 aprel 1989 yil.

Ular Brannenburg, Unterxaxing, Myunxen 1860 yoshlar jamoalarida birga o'ynashgan. Kattalar orasida esa faqat Myunxens klubida birga faoliyat olib borishgan. 2009 yilda egizaklarning yo'llari ayro keldi: Sven Dortmundda Borussiya safida, Lars esa Leverkuzenda Bayer tarkibida to'p tepmoqda.

Kirill Kombarov va Dmitriy Kombarov. Rossiya.

Tug'ilgan sana: 22 yanvar1987 yil.

Bir biriga tomchi quyib qo'ygandek o'xshaydigan futbolchilar Dinamo safida o'ynashardi, 2010 yilda esa birgalikda Spartakka o'tishdi.

Fabio da Silva va Rafael da Silva. Braziliya.

Tug'ilgan sana: 9 iyul 1990 yil.

Yaqin o'tmishda egizaklar birgalikda Manchester Yunayted klubida o'ynashardi. Ayni paytda Fabio Kardiff Sitida, Rafael esa Franciyada Lion sharafini himoya qilmoqda.


Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика