So’nggi yangiliklar

20:09"Кайсериспор" — "Трабзонспор". Таркиблар маълум  0 19:57Кувайт — Ўзбекистон. Жамоамиз вакиллари стадионда  0 19:55"Боруссия"нинг ЕЧЛдаги муваффақияти МЮга 3,4 миллион фунт фойда келтирди  0 19:34"Ньюкасл" футболчиси Англияда уй қураётгани туфайли клубдан кетишни истамаяпти  6 19:10Равшан Аҳмедов: "Олимпик"нинг барча жабҳаларда "Локомотив БФК"дан устунлиги кўриниб турди"  0 19:04Сервер Жепаров: "Ўзбекистон кубогида гуруҳдан биринчи ўрин билан чиқиш вазифаси қўйилган"  2 18:55Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Кувайтга қарши таркиби маълум  19 18:52Февзи Давлетов: "Учрашув биз учун осон ўтмади"  0 18:34Ўзбекистон Кубоги. "Олимпик MobiUZ" ва "Локомотив" баҳсида 4 та гол, 2 та қизил карточка кўрсатилди   1 18:30Ўзбекистон кубоги. "Локомотив"да кутилмаган дуранг, "Олимпик"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  3 18:22РПЛ. "Рубин" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлашди, ҳакам Ашурматовга қизил карточка кўрсатди  0 18:07Ўзбекистон Кубоги. "Сурхон" "Чиғатой" билан ўйинда иродали ғалабага эришди  1 18:00Гвардиола "Челси"га қарши ўйиндан аввал Палмерни мақтаб қўйди  1 17:38"Рома"нинг Лукакуни сотиб олишга пули йўқ  3 17:00Ироқ ОТЖ етакчиси: "Ўзбекистон кучли терма жамоа эканлигига шубҳа қилмаймиз, аммо плей-офф ҳақида ўйлашга ҳали эрта"  13

Fotomaqola: "Championat.asia"ning "Santyago Bernabeu"ga sayohati Yangiliklar

Fotomaqola: "Championat.asia"ning "Santyago Bernabeu"ga sayohati

Kecha "Real" Madrid jamoasining "Santyago Bernabeu" stadionida joylashgan muzeyiga qilingan sayohatni etiboringizga havola qilgan edik. Navbat, stadionni o'ziga.

"Santyago Bernabeu" stadioni jahonning besh yulduzli arenalari qatoridan joy olgan va u UEFAning eng yuqori sifat, 4 kategoriya talablariga javob beradi. Stadionni qurilishi 1944 yil boshlangan va uch yil o'tib, 1947 yilning 14 dekabr kuni foydalanishga topshirilgan. 1982 va 2001 yillar davomida ikki marotaba qayta rekonstrukciya qilingan.

Mazkur arena ikkita katta finalga mezbonlik qilgan. Bular Evro-64 va JCH-82 finallaridir. SHuningdek, 1957, 1969, 1980 va 2010 yillargi ECHL finallari ham Ispaniya poytaxtining muhtasham stadionida bo'lib o'tgan.

Arenaning tagida turar ekansiz. Bu erlarda yaqin o'tmishning top futbolchilari, Zidan, Raul, Ronaldo, Figo va Roberto Karlos kabi yulduzlarni ko'z oldingizdan o'tkazasiz. Ayniqsa Zidanni ECHL finalida "Bayer" darvozasiga urgan goli, Raulni yulduzli onlar. Futbolda qayta tug'ilgan Ronaldoning fintlari...

81044 nafar muxlisga mo'ljallangan stadionga kirgan kishi haqiqiy futbol arenasiga tushgandek bo'ladi. Stadion futbolchilardan ko'ra, muxlislar uchun ancha qulay. Jamoa marketing xizmatining faolligi tufayli muxlislarning qadami to'xtamaydi. Tribunaning tomiga etibor qaratishingizni so'rardim. Maxsus issiq tarqatuvchi pechkalar tagida qishning sovug'ida ham mazza qilib o'yinlarni tomosha qilasiz. Arab stadionlarida maxsus sovutgichlarni ko'rgan edim, bu erda isitgichlarga qoyil qoldim. SHuning uchun ham Evropa stadionlari yil bo'yi muxlislar bilan to'lib toshar ekan.


Santyago Bernabeu va Rafael Salgadoning tashabbusi bilan o'sha payt 1.7 ml evroga tushgan bu stadionga "Nuevo CHamartin" deb nom berdilar. 1955 yil esa unga "Santyago Bernabeu" nomi berildi. Boisi, aynan uning qo'l ostida jamoa ketma-ket 5 marotaba bugungi ECHLni qo'lga kiritgan edi. 

Muzeyga sayohat davomida muxlislar stadionni ichiga ham kirish huquqiga ega bo'ladilar. O'zbekistondan tashrif buyurgan ishqibozlar ham bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermadilar.

Ishonmaysiz, bu dushxonada kuni kecha Ronaldu, Beyl, Marselo va Benzema kabi futbolchilar yuvinganlar. Ko'rinishidan oddiy. Stadionda bu kabi bo'limlarga katta joy ajratilmagan. Oliy liga jamoalarimizning dushxonalariga kirsangiz, bundan ancha katta joyni ko'rasiz. Evropaning top klublari har bir kv.mdan imkon qadar foydalanishga harakat qilishadi. 

Har bir futbolchini kiyim almashtiradigan o'rindiqlari mana shunday ajratilgan. O'rindiqlar esa taxtadan bo'lib, umumiy ko'rinishda. Bu erda ham ancha joy tejalgan. Lekin dizayn borasida bizni o'rganadigan narsalarimiz ko'p ekan. Bejizga "Flitvud Taun" Toshkentda "Lokomotiv" bazasi va stadionini ko'rib havas qilmagan ekan. 

Ronaldoning echinish xonasidagi qo'shnisi Toni Kross ekan. O'rindiqlarga o'tirish mamuriyat tomonidan taqiqlanadi. O'yindan keyin maxsus lentalar yordamida ular to'sib qo'yilar ekan.

Aynan mana shu nuqta orqali maydonga chiqib borasiz...

"Real"dagi muhitni xis qilish maqsadida, kecha internet orqali Ronalduga atab olingan filmni tomosha qildim. Ronalduni stadiondagi taqdimoti 2009 yil bo'lib o'tgan. Muxlis to'lib toshgan arenada, men turgan nuqtadan dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri stadionga chiqib keladi. 

Bu esa ikki nafar legionerdan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasining muxlislari

Qo'qonga salom!

"Santyago Bernabeu" maydoniga tushishga ruxsat berilmaydi.


Stadiondan chiqaverishda siz matbuot anjumani zaliga kirasiz va istaganingizcha intervyu berasiz...


Albatta o'zingizga ))

Hattoki, "kimda savol bor", deb murojaat ham qilishingiz mumkin.

Anjumanlar xonasidan keyin siz to'ppa-to'g'ri marketingchilar qo'liga tushasiz. "Real" Madrid jamoasining eng so'nggi modelidagi savdo do'koni sizning ixtiyoringizda.


"Real" tarixi bilan tanishar ekansiz, chiqaverishda hech yo'g'i bitta to'p olasiz. Original futbolkalarning narxlari 75 evrodan boshlanadi. 


Keyingi har bir qadamingiz pul. Masalan, do'stimizga ECHL ramzi tushirilgan 90 evrolik futbolkani oldik. Uni oldiga JCH embelmasini tushirasiz, yana 5 evro. Orqasiga ismini yozdirasiz. SHu tariqa Umidga atalgan futbolka 115 evroga aylandi. Agar sizning ismingiz Baxtimurod bo'lsa 10ta harf bu 5 evrodan 55 bo'ladi. Mana pulni "sog'ib" olish qanday bo'ladi. Yaxshisi "BAXTI" deb yozdirganingiz maqul. 25 evro bo'ladi. Raqamga ham alohida 5 evro. Xullas har bir harakat 5 evroga teng.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика